Tiklanishdan milliy yuksalish sari



Yüklə 59,67 Kb.
səhifə10/11
tarix08.02.2023
ölçüsü59,67 Kb.
#83541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
14-mavzu. Sh.Mirziyoyev islohotlari (1)

Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
Toshkentda Afg‘oniston bо‘yicha xalqaro konferensiya bо‘lib о‘tdi (2018-yil 26-27-mart). Unda 20 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Prezident SH.Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bо‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Ekstremizmga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. “Maxsus hisoblar”dan chiqarilgan 20 ming nafardan ziyod fuqaroning qariyb 16 ming nafari ijtimoiy reabilitatsiya qilindi.
Markaziy Osiyo mintaqasini barqaror rivojlantirish strategiyasini birgalikda shakllantirish va bu jarayonda davlat, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati va biznes о‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash maqsadida Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi о‘tkazildi (2018-yil 5-8-iyun).
Turkmanboshi (Turkmaniston) shahrida Orolni qutqarish xamlqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlar rahbarlarining kengashi bо‘lib о‘tdi. Unda SH.Mirziyoyev Orol fojeasi oqibatlarini bartaraf etish borasida Orolbо‘yini Ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish, Orolbо‘yi zonasida transchegaraviy tabiiy hududlar tashkil etish, chо‘l sharoitiga chidamli о‘simlik kо‘chatlarini yetishtirish bо‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish kabi takliflarni ilgari surdi. Majlisda shuningdek, Orolbо‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bо‘yicha kо‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fond tuzildi. Bundan tashqari ushbu yilda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolbо‘yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi.
О‘zbekiston va Markaziy Osiyoda birinchi atom elektr stansiyasining qurilishi loyihasi amalga oshirish boshlandi. “Rosatom” va “О‘zatom” agentligi bilan hamkorlikda qurilish ishlari 2028-yilda yakunlanishi belgilandi.
2006-yildan buyon ilk marotaba О‘zbekiston diniy sohadagi AQSH Davlat Departamentining “alohida tashvishli mamlakatlar” rо‘yxatidan chiqarib tashlandi. 2018-yil 12-dekabrda О‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining maxsus “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy va Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni о‘rganishga ixtisoslashgan 5 ta ilmiy maktab ochildi.
О‘zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islon universitetlari negizida О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi. О‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” hayriya jamoat fondi tashkil etildi.
2018-yil 22-23-noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari bо‘yicha Osiyo forumi bо‘lib о‘tdi. Anjuman yakunida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
2019-yilda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida “Xalq baxshichilik san’ati festivali” (5-10-aprel, Termiz), “Sharq taronalari” musiqiy festivali (26-30-avgust, Samarqand) va “Birinchi xalqaro xunarmandchilik festivali” (10-15-sentabr, Qо‘qon), Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – umumiy uyimiz” mavzusidagi xalqaro konferensiya о‘tkazildi.
Ayni paytda О‘zbekistonda jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon, 166 tasi xirstian, 8 ta yahudiy tashkiloti, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishna jamiyati, 1 ta budda ibodatxonasi va О‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyatlaridir.
О‘zbekiston fuqarolari uchun “Umra” ziyoratlari kvotasi bekor qilindi. “Umra” qiluvchi fuqarolar soni 30 000 taga yetdi. “Haj” ziyoratchilari soni esa 5000 dan 7,200 taga kо‘paydi. Masjidlar soni 2066 taga yetdi.
2019-2021-yillarda Prezident topshirig‘iga kо‘ra 5 ta “Mehr” 1-2-3-4-5 insonparvarlik aksiyalari о‘tkazilib, 531 ta О‘zbekiston fuqarosi Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi qurolli mojarolar kechayotgan hududlardan о‘z vatanlariga qaytarildi.
Ashxabodda bо‘lib о‘tgan MDH sammitida О‘zbekiston birinchi marta 2020-yil MDHga raislik qilishi haqida qaror qabul qilindi. 2019-yilda О‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining tо‘laqonli a’zosiga aylandi.
Markaziy Osiyo respublikalari Bosh vazirlari о‘rinbosarlari ishtirokida birinchi

Yüklə 59,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin