Tiklanishdan milliy yuksalish sari


Ijtimoiy sohani rivojlantirish yо‘nalishida



Yüklə 59,67 Kb.
səhifə8/11
tarix08.02.2023
ölçüsü59,67 Kb.
#83541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
14-mavzu. Sh.Mirziyoyev islohotlari (1)

Ijtimoiy sohani rivojlantirish yо‘nalishida 2017-yilda amalga oshirilgan islohotlar “Hamma narsa inson manfaatlari uchun” tamoyili ostida olib borildi. Qishloq joylarida yangi na’munaviy loyihalar asosida 19.610 ta arzon uy-joylar qurildi. Shaharlarda 9 mingdan ziyod oila yangi kvartiralar bilan ta’minlandi. Har bir tuman va shaharda “Toza hudud” korxonasi tashkil etildi. Minglab kilometr ichki yо‘llar qurilib ta’mirlandi. Uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish vazirligi tashkil etildi.
Sog‘liqni saqlash sohasida 1373 ta qishloq vrachlik punkti qisqartirilib, о‘rniga
793 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 441 ta tez tibbiy yordam shahobchalari ochildi.
Ta’lim tizimida Maktabgacha ta’lim sohasini isloh qilishning 5 yillik dasturi qabul qilindi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil qilindi. 2017-yil sentabrdan maktablarda 11 yillik ta’lim joriy qilindi. Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotasi 15
% ga oshirildi. Chirchiq padagogika instituti, Toshkent agrar universitetning Termiz filiali, Toshkent texnika universitetining 2 ta mintaqaviy filiali, San’at va madaniyat institutining Farg‘ona filiali tashkil etildi.
Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etildi. О‘zFAning Navoiy shahrida bо‘limi ochildi. Oliy ta’limdan keyingi ikki pog‘onali tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DC) tizimi joriy etildi.
Madaniyat va sport sohasida Madaniyat ishlari vazirligi negizida Madaniyat hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etildi. Vazirlik huzurida
О‘zbekkonsert” davlat muassasasi va Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ta’sis etildi.
Xalqaro Islom sivilizatsiyasi markazi” tashkil etilib, Toshkent shahrida keng kо‘lamli qurilish ishlari boshlandi. Ijodkorlarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilhom” jamoatchilik fondi tashkil etildi.
Yoshlarga oid davlat siyosati bо‘yicha “О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi” tashkil etildi. Barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, mahallalarda yoshlar masalalari bо‘yicha о‘rinbosar shtatlari tashkil etildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini о‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi. Faol yoshlar uchun “Mard о‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi.
2018-yilda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 53 mingdan ziyod arzon uy-joylar va kvartiralar qurildi. Turar-joy sharoitlarini yaxshilashga muxtoj 65 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlandi. Nogironligi bо‘lgan, boquvchisini yо‘qotgan, ehtiyojmand va nochor 21500 dan ziyod oila arzon uy-joylar bilan ta’minlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bо‘lgan shaxslarni qо‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Har bir oila – tadbarkor”, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida 2600 dan ortiq biznes loyiha amalga oshirildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari doirasida 416 ta qishloq butunlay yangi qiyofa kasb etdi.
Vaziralr Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy amaliy tadqiqot markazi tashkil etildi (2018-yil 2-fevral). “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tadbiq etish, oila reproduktiv salomatligini kompleks о‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab siqish va samarali tadbiq etish, notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli rо‘yxatlarini tuzish, ma’naviy-ahloqiy muhitini sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, milliy mentalitetga zid bо‘lgan turli yot xavf-xatarlarga qarshi kurashish ushbu markazning asosiy vazifalari etib belgilandi.
2019-2025-yillarda Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining soni 16 taga yetdi, viloyatlarda markazlarning 10 ta filiali tashkil etildi, tumanlarda 306 ta ixtisoslashtirilgan bо‘limlar faoliyati yо‘lga qо‘yildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining soni 1400 taga kо‘payib 6367 taga yetdi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi xususiy maktabgacha ta’lim maskanlari 2 baravar kо‘payib 568 tani tashkil etdi.
Maktab о‘qituvchilarining ish yuklamasi aniqlashtirildi va ularga uy-joy, yer uchastkasi, maishiy texnika, avtomashina xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratish tizimi yо‘lga qо‘yildi.
2017-2018-yillarda 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi hamda 12 ta xorijiy oliy о‘quv yurtlarining filiallari tashkil etildi. Yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida qadrlar tayyorlash va malakasini oshirish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi.
2019-yilda yirik loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 266,3 mingta ish
о‘rni yaratildi. Ishsizlik darajasi bо‘yicha respublika kо‘rsatkichi 9,1% ni tashkil etdi.
Har bir oila – tadbarkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida 252,7 mingdan ortiq aholi tadbirkorlikka jalb qilindi.
Sog‘liqni saqlash sohasida viloyatlardagi kо‘p tarmoqli tibbiyot markazlari 14 ta statsionar va mobil raqamli rentgen, 8 ta MRT (1,5 tesla) bilan jihozlandi. Respublika hamda 6 ta hududiy onkologiya muassasasi 6,5 mln AQSH dollariga teng 2 turdagi 15 ta gamma terapiya uskunalari bilan jihozlandi.
2019-yilning 1-oktabr xolatiga kо‘ra respublikamizda tibbiyot muassasalari soni 5 100 taga yetdi.
Mazkur yilda shuningdek, Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiqabul qilinib, 2030-yilgacha bolalarni MTM bilan qamrab olish 80,8% ga yetkazish belgilandi. Respublikada MTM soni 11 397 tani (5854 ta davlat, 5543 ta nodavlat) tashkil etilib, 2.701.462 nafar (52%) bola maktabgacha ta’limga qamrab olindi.
Xalq ta’limi tizimiga 12.871 nafar erkak о‘qituvchi maktablarga qaytarildi hamda ularning soni 133.320 nafarni (30%) tashkil etdi. Barcha maktablar 11 yillik ta’limga tо‘liq о‘tdi. Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida Prezident maktablari va 3 ta ijod maktabi о‘z faoliyatini boshladi.
2019-yilda 19 ta yangi oliy ta’lim muassasasi (6 ta mahalliy, 9 ta xorijiy) tashkil etildi. Qabul parametrlari 120.518 nafarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 20% ga kо‘paytirildi. Maqsadli qabul tizimi joriy etildi.
Umuman, Shavkat Mirziyoyev Prezidenligi davrida mamlakatimizda tub iqtisodiy islohotlar va dinamik o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, The Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar e’tiborini qarata boshladi. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar diqqat markazida bo‘la boshladi va Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi.
Shu bilan birga xalqimizning mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabati ancha o‘zgardi, fuqarolarning islohotlarga bо‘lgan ishonchi kundan kunga orta boshladi. Bundan tashqari butun mamlakatni qamrab olayotgan siyosat va jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni televideniyedagi har kungi ijtimoiy muhokamalar g‘oyalar generatori bo‘lib davlatning rivojiga o‘z hissasini qo‘sha boshladi.


  1. Yüklə 59,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin