NDKI akademik litseyida o‘zbek tiliga
davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlab
“Til –millat g’ururi va iftixoridir” mavzusida tadbir
BAYONNOMASI №_____
21.10.2021y. Navoiy shahri
2021 yil 21 oktabr kuni soat 1130da NDKI akademik litseyning axborot resurs markazi zalida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari G.Bozorova, X.Toshova, ARM rahbari N.Qurbonovalar tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32yilligiga bag‘ishlab “Til –millat g’ururi va iftixoridir” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Tadbirda ta’lim muassasasining o‘qituvchilari, o‘quvchilari, NDKI tarixy muzeyi dikertori Salima Xoldorova o‘z ma’ruza va tabrik so‘zlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirni ta’lim muassasasi MMIBDO‘ G.M.Menglieva ochib berdilar va ona tilimiz bu bizning o‘zligimizni, o‘zbek xalqining bor ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadigan eng qimmatli vosita ekanligini ta’kidladilar.
Dastlabki so‘z navbati Navoiy Davlat konchilik tarixy muzeyi dikertori Salima Xoldorovaga berildi.U kishi o‘z maruzalarida ming yillar davomida yagona til bo‘lib kelgan turkiy til XX asrda yigirmadan ko‘p alohida milliy tillarga bo‘lib yuborilganligi oqibatida madaniy meros ham bo‘lib tashlanganligi turkiy xalqlar tili va madaniyati ravnaqiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatgani, istiqlol tufayli turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlardan ko‘plari lisoniy rivojlanishini belgilashda mustaqillikka erishgani haqida malumotlar berdilar va til bayramining 32 yilligi bilan tabriklab so‘zlarini yakunladilar.
Navbatdagi so‘z “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi G.Bozorovaga berildi. U kishi o‘z nutqida til har bir millatning ulkan boyligi, bebaho mulki, qalbi va ovozi hisoblanadi. O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat va elat vakillarining o‘zbek tilini o‘rganib, shu tilda erli aholi bilan muloqotda bo‘lishi, madaniyatni, urf-odatni, ananalarni hurmat qilishi, yurt egalariga bo‘lgan ularning ehtiromi, baynalminalligining ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonunini rivojlantirish va ro‘yobga chiqarish madaniyat, tilni rivojlantirishda, o‘zbek xalqining milliy o‘ziga xosligini saqlab qolishda, millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipini ijtimoiy hayotning eng muhim sohalarida qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbek tili haqidagi adabiyotlarni targ‘ib qilishda "Davlat tili haqida"gi qonunni yaxshi bilish zarur ekanligi haqida so‘zladilar.
Bayram tadbirni yakunlash uchun so‘z “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi X.Bozorovaga berildi.
Tadbirda ona tilimiz bu bizning o‘zligimizni, o‘zbek xalqining bor ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadigan eng qimmatli vosita ekanligi ta’kidlandi. Tilimizning go‘zalligi, serjilo ham hashamdorligi shoirlarimiz she’rlarida ham o‘z aksini topganligining isboti sifatida til haqidagi ohangdor she’rlardan o‘quvchilarimiz go‘zal misralar aytib berishdi. Tadbirda ona tilimizning naqadar serjilo ekanligini ifodalash maqsadida “Ijtimoiy-gumantar fanlar” yo’nalishi 1-N-21 guruh o’quvchilari tayyorlab kelgan bayram dasturiga berildi. Tadbir davomida litseyning “Aniq fanlar”, “Tabbiy fanlar” yo’nalishi 1-bosqich o’quvchilair o’rtasida “Tilshunoslar bellashuvi” ham o’tkazildi. Tanlovda 1-E-21 guruh o’quvchilari 1-o’rinni, 1-J-21 2-o’rinni, 1-D-21 guruh o’quvchilari esa 3-o’rinni egallashdi.
MMIBDO‘: G.M.Menglieva
Bayonlashtirdi: X.S. Toshova
Dostları ilə paylaş: |