1 – boshlovchi: Bugun joningizga fido jonimiz
Baxtlarga to`lsin, har bir onimiz
Takrorlab aytadi xush zabonimiz
Assalomu alaykum qadrdonlar!
2- boshlovchi: Kunda to`y- tomosha bazmdamiz biz,
Qo`shiq aytib navo – nazmdamiz biz,
Sizga bir umrga ta`zimdamiz biz,
Assalomu alaykum, qadrdonlar!
1 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Qadrli do`stlar, opa – singillar! Mana bugun ona – yurtimizning har bir go`shasida katta bayram, katta shodiyona. Ona tilimizga “Davlat tili” maqomi berilgan kunga roppa – rosa 28 yil to`ldi.
2 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli davramiz ishtirokchilari. Barchangizni bugungi kunimiz uchun ham, ertangi kunimiz uchun ham mo`tabar bo`lgan elimizning ulug` bayrami – til bayrami bilan muborakbod etamiz. “O`zbek tiliga Davlat tili maqomi” berilgan kunga bag`ishlab 5 – “A” sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan “Til –millat ko`zgusi” deb nomlangan kamtarona tadbirimizni e`tiboringizga havola qilamiz! Tabrik uchun so`z beriladi. “Vatan” qoshi`gi 1 – boshlovchi: Oh, ona tilginam muqaddas tilim
Bir o g`iz so`zingga jonim tasaddiq
Bunchalar shirinsan, bunchalar so`lim,
Bormikan ajib til sendan ham ortiq.
2 – boshlovchi: Endigi navbatni ona tilimizni madh etuvchi she`rlarga bersak. Marhamat.
Ona tili haqida she`rlar ( 12 ta ) 1 – boshlovchi: Ha, ona tilimiz har birimizga jon kabi yaqin va aziz, ko`nglimizga cheksiz surur bag`ishlaydi.
2 – boshlovchi: Chunki ona tili ona suti orqali jon – jonimizga, qon – qonimizga singib ketgan. Shu sababli bo`lsa kerak, uni buyuklikda eng mo`tabar zot onaga qiyoslashadi va “ona tili” deb e`zozlashadi.
“Ona” qo`shig`i
1-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi. Asosiy Qonunimizning 4-moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.