Mikroprotsessor (CPU) arifmetik-mantiqiy qurilma bo’lib, kompyuterning «yuragi» hisoblanadi.
Dastur yordamida berilgan ma‘lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaroaloqasini o’rnatadigan qurilma – mikroprotsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, hotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqaamallar mikroprotsessor zimmasidadir.
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat:
Skaner bu ma‘lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita kompyuterga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin.
Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda emas, balki elektron ko’rinishda yaratadi - tasvirning elektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo’g’ini va istalgan «elektron stol» ning kerakli elementidir.
Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Dastakli skanerlar
Planshetli skanerlar
Rolikli skanerlar.
Dostları ilə paylaş: |