Til o‘rganish samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 83,57 Kb.
səhifə8/10
tarix29.04.2022
ölçüsü83,57 Kb.
#56644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-dars

Interfaol qurilma – bu proektsion doskaga (magnitli doska, marker doskasi, sinf doskasi, sinf devori) yoki proektorning o’ziga o’rnatiladigan va har qanday tekis, silliq ishchi yuzani interaktiv holatga keltiradigan elektron qurilmadir. Ular uchun alohida maxsus doska talab etilmaydi.

Interaktiv qurilmalar tarkibiga qurilmaning o’zi, ya'ni maxsus elektron qalamdan chiqayotgan signalni qabul qiluvchi moslama, ushbu qabul qiluvchi moslamaga infraqizil yoki ultratovushli signallarni yuboruvchi elektron qalam, interaktiv qurilma va kompyuterning o’zaro aloqasini ta'minlovchi USB kabelyoki simsiz qabul qilgich uskunasi, dasturiy ta'minot vositalari kiradi. Ular infraqizil yoki ultratovushli texnologiyalar asosida ishlaydi.

Interaktiv qurilmalar bajaradigan vazifasiga ko’ra interaktiv doskalarga to’liq mos keladi. Lekin, ulardan farqli ravishda mobil qurilma hisoblanadi. Ixcham va yengil bo’lganligi uchun ularni bir xonadan ikkinchisiga tez olib o’tib o’rnatish mumkin, bu o’z navbatida bunday qurilmalardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Darsdan keyin esa interaktiv qurilmani yig’ishtirib mas'ul xodimga topshirish yoki o’qituvchilar xonasidagi belgilangan maxsus joyga olib qo’yish mumkin.

Interaktiv qurilmalar kompyuterga to’g’ridan-tog’ri USB kabel orqali yoki simsiz qabul qilgich uskunasi yordamida ulanishi mumkin. Interaktiv rejimda, o’qituvchi, huddi interaktiv doskadagi kabi keng imkoniyatlarga ega bo’ladi. hususan:

• kompyuterni doska oldida turib boshqarish imkoniyati: Microsoft Office dasturlari bilan ishlash, dars jarayonini oldindan tayyorlangan taqdimotlar, videofragmentlar, tasvirlar, chizmalar bilan nomoyish etish;

• interaktiv qurilma dasturiy ta'minotining uskunalari yordamida ekrandagi tasvir ustiga yoki yangi varaq (slayd) ustiga chizish, bo’yash, rasm solish, yozish, tayyor ob'ektni o’rnatish, ob'ektlarni kattalashtirish, kichiraytirish, boshqa joyga ko’chirish, ma'lum bir qismini belgilash imkoniyatlari;

• doskada bajarilgan ishlarni fayl ko’rinishida kompyuter xotirasida saqlash yoki doskada amalga oshirilayotgan barcha jarayonlarni videofayl formatida yozib olish;

• o’zining shaxsiy interaktiv dars ishlanmalarini yaratish, bunda interaktiv qurilmaning dasturiy ta'minot kutubxonasidagi mavjud shablon va tasvirlardan foydalanish;

• interaktiv qurilmaning dasturiy ta'minoti tarkibiga kiruvchi tasvirlar kutubxonasini o’zi tayyorlagan yangi materiallar bilan boyitib borishi va boshqa imkoniyatlar.

ActivTable (interfaol stol) – o`z aktiv yuzasiga ega qurilma sanaladi. Unga foydalanuvchi talabidan kelib chiqib dasturiy ta`minotlarni yuklab olish mumkin. Bu ta`lim olish, ta`lim berish va turli xil tadbirlar uchun zamonaviy uskunadir. Bu uskuna kishilarda kuchli va qiziq shaklda aks ettirilgani tufayli kuchli taassurot tug`diradi. Bu stolni didga ko`ra 32 dan 55 dyungacha razmerlarda tanlash mumkin. Interaktiv stolning barcha turlari aviatsion alyuminiydan qilinadi va sensorli yuza 6 mm qalinlikdagi shisha bilan qoplanadi. Interaktiv stolning eng muhim komponenti yorqin sensorli ekran sanaladi. Multitach ekran hattoki yorug`likda ham a`lo darajada ko`rishni ta`minlaydi. Barcha modellarida kuchli quvvatlagich o`rnatilgan bo`lib, musiqaning va ovozli xabarlarning baland ovozda va ravshan eshitilishini ta`minlaydi. Bu stolning ishga tushirilishi juda ham oddiy bo`lib, yon tomonida joylashgan tugmacha orqali yoqish va o`cherish amalllari bajariladi. Ushbu turdagi stolning bolalar uchun mo`ljallangan turlari ham mavjud bo`lib, unga ko`plab rasmlarni o`rnatish va bir vaqtning o`zida 4 ta o`rganuvchi foydalanishi mumkin.


Yüklə 83,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin