Tarbiya fanini oʻqitishda masofaviy taʼlimning oʻrni reja



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü34,13 Kb.
#206080
  1   2



,,TARBIYA" FANINI OʻQITISHDA MASOFAVIY TAʼLIMNING OʻRNI
REJA:


  1. Kirish

  2. Masofaviy ta‘lim xususiyatlari

  3. Tarbiya fanini o‘qitishda masofaviy ta‘limning o‘rni.

  4. Masofaviy ta‘lim vositasida

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Kirish
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha ravishda yangi o’qitish shakli- masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi. Masofaviy ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o’zaro maxsus yaratilgan o’quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo’ladilar. Masofaviy ta’lim - masofaviy o’qitishga asoslangan ta’lim. Masofaviy o’qitish - o’zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o’quv jarayonlari komponentlari - maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o’qitish usullariga asoslangan ta’lim oluvchi va o’qituvchi o’rtasidagi munosabat. Masofaviy o’qitish tizimi - masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi o’zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Internet texnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish jahon axborot ta’lim tarmog’iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o’zaro aloqa tamoyiliga ega bo’lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o’qitish barcha ta’lim olish istagi bo’lganlarga o’z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o’qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o’quv-uslubiy materiallarni o’zlashtiradi, nazoratdan o’tadi, o’qituvchi bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi.
Hozirgi kunda masofadan turib o’qish ancha rivojlanib bormoqda. Chunki, masofaviy ta’limning turli afzalliklari bor. Shuning uchun ham “Matematika o’qitish metodikasi” balki, boshqa fanlarni ham o’qitishda talabalarga qulayliklari mavjud. Masofaviy ta’limning afzalliklari: -chet elliklar, nogironlar va turli xil nogironlar bo'lgan odamlarning masofaviy o'qitish imkoniyati; -individual sur’atda o’rganish imkoniyati; -talabalar uchun ma’lumotlar bazalari, kutubxonalar kataloglari va boshqa axborot resurslaridan bepul foydalanish; -talabalarning shaxsiy ishlarini yuritishda qulaylik; -interaktivlik (tezkor ma’lumot almashish imkoniyati); -to'g'ridan-to’g’ri kirish rejimida sinovdan o'tish qobiliyati. Masofaviy o'qitishdagi zamonaviy telekommunikatsiya vositalari interfaol usulda o’qishni ta’minlaydi. Talabalar tezkor aloqa qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar va o'qituvchi talabalarning talablariga tezda javob bera oladi, o'z ishini kuzatib boradi va o'z vaqtida tuzatadi. Masofaviy o’qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o’qitish vositalari (o’quv qo’llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferentsiyalar ma’lum vaqt orasida o’zaro muloqotda bo’lishga, elektron pochta to’g’ri va teskari aloqa o’rnatishga, ya’ni xabarlarni jo’natish va qabul qilishga mo’ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga ma’ruzalarni tinglash va ko’rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish ta’lim oluvchilarga o’zaro teskari aloqa orqali o’qitish imkonini beradi. Masofaviy o’qitishda talabalarning kommunikativ faolligi turli xil sifat xususiyatlariga ega bo'lgan fanlarning ishtirok etish imkoniyati bo'yicha tegishli kunduzgi shakldan farq qiladi. Masofaviy aloqa faoliyatining subyektlari doirasi amalda na miqdori, na geografik fazosi, na vaqt mintaqalari bilan cheklanmaydi. Masofaviy ta’lim shakllari ishtirokchilari uchun o’quv maydonini kengaytiradigan, o'z mahsulotlarini foydalanuvchilarning keng doirasiga taqdim etishga imkon beradigan masofaviy rejimda kognitiv samarali ishlab chiqarish faoliyati davomida talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy o'quv mahsuloti elektron konferensiyalar va suhbat munozaralarida muhokama uchun taqdim etiladi. Yaratilgan ijodiy mahsulotlar to'g'risidagi fikrlar va mulohazalar masofaviy o'qitish sub'yektlari bilan ta'lim aloqasiga kirishadi. Masofaviy ta’lim oluvchi o'z ta'lim mahsulotining ishlash sifatiga ta'sir etuvchi telekommunikatsiyalar, axborot qatorlari, kompyuter dasturlari va jihozlaridan foydalanish bo'yicha o'ziga xos ko'nikmalarni egallashi va rivojlanishi kerak. Ta’lim tizimida o’quv jarayonini yangidan isloh qilish, yangi informatsion texnologiyalarga asoslangan o’qitish usullarini ishlab chiqish, ularni keng joriy qilish bugunning talabidir. Bunda masofaviy talim tizimini joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Masofaviy ta‘lim o‘qitishning o‘ziga xos shakllaridan biri bo‘lib, unda ta‘lim va tarbiya jarayoni virtual asosda amalga oshiriladi. Pedagog olimlarning fikricha, masofaviy ta‘limni quyidagilarga tayangan holda amalga oshirish samarali hisoblanadi: -televideniya orqali; -radio orqali; -kompyuter texnikasi vositasi orqali; -ixtisoslashgan texnik jihozlar vositasida. Masofaviy ta‘limning bu vositalari murakkab sharoitlarda ham juda qo‘l keladi. Misol uchun, COVID-19 pandemiya sharoitida mamlakatimiz ta‘lim tizimida televidenie orqali o‘qitish jarayoni tashkil etildi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday ta‘lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qiziqish va hoxish bilan ishtirok etdi. Ularning o‘zlashtirish darajasi ham qoniqarli bo‘ldi. Shu jihatdan onlayn shakldagi masofaviy ta‘lim kutilgan samarani beradi. Masofaviy ta‘limda quyidagilarga amal qilish birlamchi hisoblanadi: -ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchilarning faolligi; -o‘quv materiallarining qulayligi va takomillashtirilib boruvchanligi; -o‘qitishning multimediya, animatsiya shakllaridan foydalanishning mavjudligi; -matbuot vositalari orqali o‘quv materiallarini shakllantirish imkoniyatlarining borligi; -masofaviy ta‘lim vositasida ta‘lim va tarbiyani ommalashtirish. Umuman, masofaviy ta‘lim hozirgi zamon ta‘lim va tarbiya jarayonining zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Bu ta‘lim shakliga dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari amal qilmoqda. Misol uchun, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashabbusi bilan ―Hayot davomida ta‘lim olish‖ dasturi amalga kiritildi. Unga ko‘ra, inson butun umri davomida ta‘lim olishi mumkin va bu g‘oya O‘zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonunida ham aks etgan. Mazkur g‘oyani amalga oshirishda masofaviy ta‘lim asosiy o‘qitish shakli hisoblanadi. Shu jihatdan Tarbiya fanini o‘qitishda ham masofaviy ta‘limning muhim o‘rni bor. Masalan, katta yoshli shaxsning tarbiyaga oid muammolari, savollari va murojaatlari aynan masofaviy ta‘lim vositasida hal etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining masofaviy ta‘lim asoslarini chuqur o‘zlashtirilishi taqozo etiladi. Masofaviy ta‘lim quyidagilarga asoslanib amalga oshiriladi:
1) masofaviy ta‘lim o‘qishga ijobiy yondashuvni tarkib toptiradi;
2) pedagogik jarayoni maqsadi sifatida ta‘lim oluvchiga yo‘nalish berishga amal qilinadi;
3) metodologik, nazariy va uslubiy bilimlarni qulaylashtirilgan tarzda beriladi;
4) bilim faoliyatini mustaqil tashkil etishga amal qilinadi;
5) ta‘limning turli axborotlarini topish va o‘zlashtirishga imkoniyat beriladi. Shu sababli masofaviy ta‘lim o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur ta‘lim turining yagona kamchiligi shundaki, shaxsning tarbiyalanganlik darajasini kuzatib bo‘lmaydi. Bunda faqat maxsus o‘rganishlar vositasida shaxsning tarbiyalanganlik darajasini monitoring qilib borish imkoniyati mavjud. Eng asosiysi, masofaviy ta‘lim vositasida bilim berishni kuchaytirish bilan shaxs tarbiyasida natijaga erishish mumkin. Masofaviy ta‘limni tashkil etishda o‘qituvchi alohida tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Bunda o‘quv materiallarini tayyorlash, o‘quvchilarning o‘zlashtirish shakllarini ishlab chiqish va masofadan turib beriladigan ta‘limning samaradorligiga erishishga e‘tibor berish muhim hisoblanadi. Buning natijasida ta‘lim oluvchi masofadan turib bilimlarni o‘zlashtiradi va o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish bilan o‘zining bilim darajasini namoyon etadi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari rivojlanib borgan sari masofaviy ta‘lim imkoniyatlaridan keng foydalanish amaliyotga kiritilmoqda. Shu sababli oldiy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta‘limning bu shakllarini kutilgan darajada o‘zlashtirilishi tavsiya etiladi. “Tarbiya” fanini o’qitishda masofaviy ta’limning o’rni. Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida foydalaniladigan masofaviy ta‘limning metodologik asoslarini ishlab chiqish zaruriyat bo‘lib turibdi. Bunday metodologik asoslarning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
1) masofaviy o‟qitishga kommunikativ yondashuv: bunda masofaviy ta‘lim jarayonida qatnashuvchilarning muloqotlari asosida o‘qitish jarayoni amalga oshiriladi va o‘quv materiallari texnik vositalar asosida taqdim etiladi;
2) masofaviy o‟qitishda nazoratni amalga oshirish: bunda masofaviy ta‘lim jarayonida ta‘lim berishning o‘ziga xos shakllariga asoslaniladi va ta‘lim oluvchilarning o‘zlashtirish jarayoni virtual tarzda nazorat qilib boriladi;
3) masofaviy o‟qitishning axborotli vazifasi: bunda masofaviy ta‘lim jarayonidagi o‘quv materiallari anketa, jadval, diagramma, gistogramma va mulьtimediyalar shakllarda taqdim etiladi;
4) masofaviy ta‟limda o‟qitish vazifasi: bunda asosiy e‘tibor o‘quv fanining mavzularini modullar asosida o‘qitishga qaratiladi. Bularning barchasi Tarbiya fanini masofaviy ta‘lim vositasida o‘qitish asoslarini tashkil etadi. Bu o‘rinda e‘tiboringizni biz tomonimizdan ishlab chiqilgan ―Renessans nomli kompyuterli texnologiyaga tortamiz.
Masofaviy ta’lim vositasida “Tarbiya” fanini o’qitish samaradorligi. Hozirgi zamon ta‘lim jarayonida Tarbiya fanini o‘qitishning samaradorligiga erishish yo‘llari ishlab chiqilmoqda. Biz bu borada quyidagi yondashuvlarni taqdim etamiz: -umuta‘lim maktablarida o‘qitiladigan Tarbiya fani mavzularini o‘zaro bog‘liqlik va uzviylik tamoyillari asosida tuzish;
-mazkur fanning darsliklarini matniy chuqurlik va dizayn jihatidan estetika talablariga mos ravishda tayyorlash;
-bu fanning boshqa fanlar vositasida amalga oshiriladigan tarbiya ishlarini muvofiqlashtirib borish maqomiga erishish;
-Tarbiya fani o‘qituvchilarining bilimi va malakasini muntazam ravishda oshirib borish;
-mazkur fan o‘qituvchilari va Sinf rahbarlarining tarbiyaga doir vazifalarini maktab Nizomida aniq belgilab qo‘yish. Bularning barchasi masofaviy ta‘lim vositasida Tarbiya fanini o‘qitish samaradorligiga olib keladi. Shu jihatdan o‘rta umumta‘lim maktablarining Tarbiya fanini o‘qitish jarayonini virtual tarmoqlar orqali hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, bu borada Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Maktab-laboratoriya‖ tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Unda Toshkent viloyatining o‘rta umumta‘lim maktablarida amalga oshirilayotgan o‘qitish jarayonining muammolari o‘rganib boriladi va bu natijasida institutda Pedagogik ta‘lim iinovatsion klasteri‖ tuzilgan. Klaster doirasidagi o‘rta umumta‘lim maktablarining tajribasi targ‘ibot qilib borilmoqda. Tarbiya fanini masofaviy ta‘lim vositasida o‘qitishda quyidagilarga alohida e‘tibor berish lozim:
-ta‘lim oluvchilarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzularni o‘zlashtirishini virtual tarzda izchil nazorat qilib borish;
-fanning mashg‘ulotlarini to‘liq ko‘rgazmali virtual vositalar asosida o‘tkazish;
-tarbiyaga doir ilmiy-o‘quv ishlanmalarni taqdim etish;
-o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ota-onalar va jamoatchilik vositasida o‘rganib borish;
-jamoatchilikning tarbiya ishida ishtirok etishiga erishish.
O‘qitishning masofaviy ta‘lim vositasida ta‘lim va tarbiya berish qulayliklarga ega bo‘lib, unda ta‘lim beruvchilar hamda ta‘lim oluvchilar faol ishtirok etadi. Ayni paytda, Tarbiya fanini masofaviy ta‘lim asosida o‘qitishning metodologiyasini ishlab chiqish taqozo etiladi. Bunday metodologiyani ishlab chiqishda quyidagi hujjatlarga asoslanish shart:
-O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi;
-Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar-2030 startegiyasi;
-Tarbiya fani uchun umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlari;
-Tarbiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari;
-tarbiya bo‘yicha pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning hulosalari.
Bunday yondashuv asosida Tarbiya fanini masofaviy ta‘lim vositasida o‘qitishning metodologiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tarbiya fanini o‘qitishda masofaviy ta‘limning bunday imkoniyatlaridan foydalanish kutilgan samarani beradi. SHu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari masofaviy ta‘limning turli shakllarini o‘zlashtirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Darhaqiqat, masofaviy o`qitish nima, undan uzluksiz ta’lim tizimida qanday foydalanish mumkin. Uning qanday shakl va modellari mavjud? Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida bir turkum muammolarga duch keldikim, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy o`zgarishlar, xususan axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga bog`liq. Ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining turli jabhalariga yangi axborot kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter 6 tarmog`ini rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo`nalishlarini ochilishiga sabab bo`ldi. Birinchidan, o`quv muassasalarining texnik ta’minotini keskin o`zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo`l ochilishi o`qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o`qitish usullariga qo`shimcha ravishda yangi o`qitish shakli - masofaviy o`qitish yaratilishiga omil bo`ldi. Masofaviy ta’limda talaba va o`qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o`zaro maxsus yaratilgan o`quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo`ladilar. Internet texnologiyasini qo`llashga asoslangan masofaviy o`qitish jahon axborot ta’lim tarmog`iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o`zaro aloqa tamoyiliga ega bo`lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o`qitish barcha ta’lim olish istagi bo`lganlarga o`z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o`qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o`quv-uslubiy materiallarni o`zlashtiradi, nazoratdan o`tadi, o`qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o`quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo`ladi. Ma’lum sabablarga ko`ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo`limlarida tahsil olish imkoniyati bo`lmagan, masalan, sog`ligi taqoza etmaydigan, mutaxassicligini o`zgartirish niyati bo`lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo`lgan kishilar uchun masofaviy o`qitish qulay o`qitish shakli hisoblanadi. Masofaviy o`qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog`liq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o`qitish vositalari (o`quv qo`llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma’lum vaqt orasida o`zaro muloqotda bo`lishga, elektron pochta to`g`ri va teskari aloqa o`rnatishga, ya’ni xabarlarni jo`natish va qabul qilishga mo`ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko`rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o`zaro teskari aloqa orqali o`qitish imkonini beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o`tamiz. Masofaviy ta’lim - masofaviy o`qitishga asoslangan ta’lim. 7 Masofaviy o`qitish – o`zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o`quv jarayonlari komponentlari – maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o`qitish usullariga asoslangan talaba va o`qituvchi o`rtasidagi munosabat. Masofaviy o`qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o`qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Masofaviy o`qitishning pedagogik texnologiyalari – tanlangan o`qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o`quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o`qitish metodi va uslublar majmuasi. Keys-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, masofaviy ta’limda matnli, audiovizual va multimediali (keys) o`quv uslubiy materiallar majmuasi qo`llanishga asoslanadi. TV-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, u talabalarga o`quv-metodik ma’lumotlarni televidenie vositasi yordamida yetkazishga xizmat qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan o`rnatishga asoslanadi. Masofaviy o`qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va shakllari mavjud bo`lib, ular quyidagi qo`llanish shartlari bilan farqlanadi: - geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda joylashuvi, iqlimi); - mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi; - kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi; - ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining qo`llanish darajasi; - ta’limda qo`llaniladigan an’analari; - masofaviy o`qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning salohiyati va boshqalar. Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir kunimiz kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Axborot oqimi bizni uyda, ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informatsiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o‘rganish informatsiyalarni yig‘ish va o‘zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan informatsiyalarning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’limotni takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish - 8 bugungi kunning talabiga aylandi. Vaholanki, ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta’lim tizimida Masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi - bu sirtqi o‘qishning yangi shaklidir. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan o‘qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar. Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi.

Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin