Til o’rganish va xotirani mustahkamlash jaryonida antonimlarning ahamiyati maqollar misolida ilmiy rahbar: npi chet tillar fakulteti o`qituvchisi M. T. Gapparova 4-kurs magistiranti Umarova Aziza
Ilmiy rahbar: NPI chet tillar fakulteti o`qituvchisi M.T. Gapparova
4-kurs magistiranti Umarova Aziza Annotatsiya Ushbu maqolada til o’rganuvchilarining lug’at boyligini kengaytirishda antonimlarning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Antonim so’zlarning xususiyatlari misollar orqali yoritib beriladi. Tayanch tushunchalar: antonimlar, maqollar, til o’rganuvchilarining lug’at boyligi.
Antonimlar (zid maʼnoli soʻzlar) — grekcha anti — „zid“, „qarama-qarshi“ onoma yoki onyma — „nom“ degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlarga nisbatan ishlatiladi, yaʼni maʼno jihatdan bir-biriga zid boʻlgan soʻzlar antonim deyiladi. Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha maʼno jihatdan oʻzaro qarama-qarshi boʻlishi kerak. Feʼllardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Biz koʻpincha antonimlarni maqollarda koʻp uchratamiz.
Eng avvalo, antonimlar so‘z boyligini kengaytirish uchun zarurdir. Antonimlarni o'rganish orqali o'quvchilar so'z doirasini samarali ravishda ikki baravar oshirishlari mumkin. Masalan, “chiroyli” so‘zini tushunganingizdan so‘ng, uning antonimi “xunuk”ni bilish sizga butunlay yangi g‘oyalar va tavsiflarni ifodalash imkonini beradi. Qanchalik ko'p antonimlarni o'rgansangiz, tilingiz shunchalik aniq va rang-barang bo'ladi. Bu ko'p qirralilik yozma va og'zaki muloqotda bebahodir.
Antonim soʻzlar maqollarda koʻproq ishlatilishini ta’kidlagan edik va xozir maqollar asosida mustahkamlashimiz mumkin. “Yoshlikda bilgani-toshga yozgani”,
“Qarilikda bilgani-muzga yozgani”. Bu maqolda yoshlikda va qarilikda soʻzlari bir biriga antonim boʻlib kelgan. Ikka soʻz ham bitta soʻz turkumiga mansub, yosh va qari bir biriga antonim hisoblanadi. Toshga muzga soʻzlari asli bir biriga antonim soʻz emas ammo aynan maqol ichida bu ikki soʻz bir-biriga antonim bulib kelgan. Tosh qattiq jism boʻlganligi uchun unga oʻyib yozilgan soʻz oʻchmaydi, lekin muz eruvchan xususiyatga ega boʻlganligi uchun unga yozilgan bilim erib yoʻqolar ma’nosida bir biriga antonim boʻlib kelgan. “Kasal dardini sogʻ bilmas”, “och qadrini toʻq bilmas”. Bu maqolda kasal va sogʻ bir biriga antonim hisoblanadi. Bu maqolda yana bir yashirin uslub mavjud. Toʻldiruvchi egalik qushimchasi-i ni olganligi uchun undan oldingi soʻzimiz ning qaratqich qoʻshimchasini olish kerak lekin maqol yanada jozibador va qisqa boʻlishi uchun bu qoʻshimcha tushirib qoldirilgan. Och va toʻq soʻzlari ham ma’no jihatdan ham konteks jihatdan bir biriga antonim hisoblanadi.
“Never put off until tomorrow what you can do today”. Bu maqolda put off fraza va do soʻzlari antonim hisoblanadi. Ikkalasi ham fe’l soʻz turkumiga mansub va qarama qarshi ma’noni anglatgan. Lekin asli mano jihatdan bu ikkala soʻz bir biriga antonim emas. Tomorrow va today soʻzlari ham ma’no jihatdan bir biriga antonim ertaga va bugun.