Lison bilan nutqning o‘zaro munosabatini teran anglamoq uchun, avvalo, lisonning o‘zini, uning qanday qurilma ekanligini aniq tasavvur etmoq lozim bo‘ladi.
Lison bo‘linuvchan birliklarning majmui yoki turg‘un xususiy birliklarning o‘zaro barqaror, doimiy bog‘lanish munosabati asosida tashkil topgan yangi bir butunlik. Masalan, gap so‘z va qo‘shimchaga, ular esa tovushga bo‘linadi. Shu nuqtayi nazardan lisoniy birliklarni, avvalo, ikki guruhga ajratish mumkin: a) tashkil etuvchi eng kichik lisoniy birlik;
b) eng kichik tashkil etuvchilar asosida vujudga kelgan hosila lisoniy birlik.
Tashkil etuvchi deyilganda, hosilalari o‘zaro birikib, yirikroq lisoniy birlikni hosil qiluvchi birlik tushuniladi. Masalan, ABC uchburchagi hosila birlik:
A
B C
Bu hosila birlik AB, BC, CA tomonlar va shu chiziqlar asosida vujudga kelgan burchaklardan iborat. Tashkil etuvchidan birortasi o‘zgarsa, butunlik ham o‘z mohiyatini o‘zgartiradi. Masalan, uka lisoniy birligi uch fonema ko‘rinishining muvofiqligi asosida tashkil topgan. Bulardan birortasi almashtirilsa, boshqa lisoniy birlik vujudga keladi. Masalan, aka.
Tashkil etuvchi va hosila birlik orasida pog‘onali munosabat mavjud bo‘ladi. Pog‘onali munosabat lisoniy birliklarning sathma-sath qatlamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qatlamlanish quyidagi tartibda bo‘ladi:
fonema; morfema; leksema; qolip. O‘zbek tilidagi fonemalar ma’lum bir butunlikni, bir sath (fonologik sath)ni tashkil etadi. Bu sath esa unlilar va undoshlar tizimidan tashkil topadi. Deylik, unlilar tizimi yana ikkiga – lablanmagan unli (i-e-a) va lablangan unli (u-o‘-o) tizimchasidan tashkil topgan. Кo‘rinadiki, tashkil etuvchining o‘zi ham tashkil etuvchidan iborat. Demak, tashkil etuvchilik – nisbiy tushuncha. Bunda minimal tashkil etuvchigina boshqa bo‘laklarga bo‘linmasligi mumkin.
Minimal tashkil etuvchi nafaqat birliklarni, shu bilan birgalikda, birliklarning o‘zaro munosabatini ham o‘z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, eng kichik (minimal) tashkil etuvchi bo‘lgan fonema yana ichki va tashqi jihatga ajraladi.
Aytilganlar asosida, lison hamda nutq birliklari sifatida quyidagilar ajratiladi. Lison va nutq birliklari ham lison va nutqning o‘zi kabi UMIS va AHVO munosabatida bo‘ladi (4-jadval):
4-jadval
LISONIY BIRLIК
NUTQIYBIRLIК
fonema
tovush
morfema
qo‘shimcha
leksema
so‘z
qolip
yasama so‘z, so‘z birikmasi, gap
TIL BIRLIKLARI HAQIDA TUSHUNCHA
O‘zbek tilida yozilgan asarlarda til birliklarini bayon qilish kamdan-kam uchraydi. Til va nutq zidlanishi asosida til birliklarini va nutq birliklarini guruhlash va ularni birma-bir izohlash Hamid Ne’matov bilan Odil Bozorovlar yozgan “Til va nutq” nomli risolada o‘z aksini topdi.1 Bu asarda “korrelyat nisbiy mustaqil birliklar” izohi bilan til birliklari va nutq birliklari quyidagicha tartiblangan:
tovush, fon (harf) bo‘g‘in
affiks (qo‘shimcha), morf so‘z (leks)
so‘z forma; so‘z birikmasi; gap; mikrotekst; makrotekst
Jadvalda fonema til birligi (mavhum birlik) deb, tovush esa uning konkret korrelyati sifatida nutq birligi deb ko‘rsatilgan. Aslida fonemaga konkret korrelyat deb avtorlar tilga olgan fonni aytish to‘g‘ri: fonemaning nutqda namoyon bo‘luvchi holatiga fon deyiladi. Fon yonida qavslarga olib “harf"ning ko‘rsatilishi noo‘rin: harfni hech kim nutq birligi deb qaramaydi, harf nutq birligi bo‘lmish fonni yozuvda ifodalash vositasi xolos.
Nutq birliklari qatorida sanalgan bo‘g‘inga til birliklari qatorida korrelyat yo‘q, demak, bo‘g‘inni bu jadvalga kiritish o‘rinli bo‘lmagan. Avtorlar fonetik birliklarni qamrab olishni maqsad qilgan bo‘lsa, masalan, urg‘uni ham ta’kidlash lozim edi. Bunga urg‘uning nosegment birlik ekani monelik qilgan deb o‘ylasak, masalan, boshqa nosegment birliklar (birikma, gap) ta’kidlangan. Xullas, bo‘g‘in fonetik birlik ekaniga shubha yo‘q, lekin mohiyatiga ko‘ra uni nutq birliklari qatoriga kitirib bo‘lmaydi.
Fonemani til birliklari qatoriga kiritish asosan to‘g‘ri, lekin tovushni fonemaning nutqiy korrelyati deb ko‘rsatish ma’qul emas. Fonemaga xos deb sanalgan “unlilik, torlik, lablanmaganlik”, “undoshlilik, shovqinlilik, jaranglilik, portlovchilik, labda hosil bo‘lishlik” kabi belgilar til tovushiga xos, talaffuz xususiyati ham fonemaga emas, til tovushiga xos.2 Demak, birlamchi til birligi deb asli til tovushlarining ko‘rsatilishi to‘g‘ri, fonema esa til tovushiga (artikulyatsion-akustik tavsifdan tashqari) vazifa jihatidan (funksional jihatdan) yondashuvni aks ettiradi. Til birliklarini o‘zaro farqlab beruvchi til tovushlariga (tovush tipiga) fonema deyiladi. Demak, “til tovushi” - keng tushuncha, “fonema” - “til tovushi”ga nisbatan tor tushuncha; shunga ko‘ra tovushni fonemaning korrelyati deb baholash to‘g‘ri emas. Xullas, til tovushdan boshlanadn; fonemadan emas; til tsvushi boshqa til hodisalari uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Til tovushi til birliklarining ifoda jihati vazifasini bajarishiga ko‘ra fonemaga teng bo‘ladi. Til tovushi, A.I.Smirnitskiy ta’kidlashicha, tom ma’nodagi til birligi emas, chunki u faqat ifoda jihatiga teng; fonema ham faqat ifoda jihatiga teng; lekin til tovushi - birlamchi, fonema unga nisbatan ikkilamchi hodisa.
Jadval asosida morfemaga korrelyat deb faqat morfnigina tan olish mumkin; affiks (qo‘shimcha) esa morfemaning turlaridan biri. Demak, bu yerda ham til birligi - mutq birligi munosabati noto‘g‘ri ko‘rsatilgan.
Jadvaldagi “leksema”ga “leks” korrelyat. Leks nimagadir qavslarga olib yozilibdi, natijada “leks” go‘yo “so‘z”ning boshqacha nomi deb tushuntirmsh voqe bo‘lgan. “So‘z"ni “leksema”ning korrelyati deyish to‘g‘ri emas: leksema bilan so‘z bu yerda ishlatilgan manosida o‘zaro qism bilan butun munosabatini aks ettiradi. Demak, leksemaning nutqiy korrelyati deb leksning o‘zini ta’kidlash to‘g‘ri.
Navbatdagi til birligi “konstruksnya (model)” deb nomlangan va uning nutqiy korrelyati deb so‘zforma, so‘z birikmasi, gap, mikrotekst, makrotekst sanalgan.
Mikrotekst, makrotekst gaplarnpng turlicha birlashmasidan iborat. Demak, bular gapdan farqli hodisalar emas, shunga ko‘ra ularni til birliklarining nutqiy korrelyatlari qatorida ta’kidlashga o‘rin yo‘q.
So‘zforma, so‘z birikmasi, gap nutq birliklari deb to‘g‘ri sanalgan, lekin bularning til birliklari korrelyatini “konstruksiya (model)” deyish yetarli emas. Chunki, masalan, so‘zforma modeli so‘z birikmasi modelidan keskin farq qiladi. Demak, til birligi sifatida so‘zforma modelini, birikma modelini, gap modelini alohida-alohida ta’kidlash lozim va boshqalar.
NAZORAT SAVOLLARI:
Til va nutqning o‘zaro munosabati haqida fikr yuriting.
UMIS va AHVO munosabatini lisoniy va nutq birliklari orqali izohlang.
Adabiyotlar ro‘yhati:
Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010
Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2008
Нeъмaтoв Ҳ., Бoзoрoв O. Тил вa нутқ.–Т., 1993
Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007
Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва йўналишлари.
Андижон, 2006.
СоссюрФ.де. Курс общейлингвистики.Трудипообщемуязыкознанию. М. 1977
1Неъматов X., Бозоров 0. Тил ва нутқ. “Ўқитувчи”. -Тошкент: 1993. 15-b