Til va nutq antinomiyasi



Yüklə 89,34 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü89,34 Kb.
#208686
1   2   3   4
nazariy tilshunoslik 3

Qalin, qora, katta so‘zlaridagi a tovushlarini talaffuz qilaylik. Sezgilarimiz 6 ta a unli tovushni his qiladi. Bundagi birorta a tovushini qayta talaffuz qilib bo‘lmaydi. Qayta aytilgani esa endi yettinchi a tovushi bo‘ladi. Talaffuz qilingan a tovushini (boshqa tovushlarni ham) qayta talaffuz qilish mumkin emas va har bir qayta aytilgan tovush yangi ekan, demak, nutqimizdagi a tovushlari cheksiz bo‘lib, hech qachon takrorlanmaydi va sezgi a’zolari yordamida his qilinadi (aytilganda eshitiladi, yozilganda o‘qiladi). “a” tovushi AHVO bo‘lib, u yuqorida zikr etilgan «alohida o‘rik»ka monand.
AHVOlar qanchalik ko‘p, rang-barang bo‘lishiga qaramay, ongimizda ularning umumlashmasi sifatidagi yakka a UMISi bor. Bu a yuqorida aytilgan «umuman o‘rik» kabi moddiylikka ega emaslik (ongda psixofizik holatda mavjudlik), barcha a AHVOlarida takrorlanuvchanlik, miqdoran cheklilik (ya’ni bittalik) xossalariga ega.
Fonetik AHVO tovush va fonologik UMIS fonema deb yuritiladi.
Falsafiy UMIS va AHVOning leksikada voqelanishiga diqqat qilamiz. Misollar: Men kitob o‘qishni boshladim. Bu kitobni Halim nega keltirdi? Кitob qiziqarliligi bilan meni tezda o‘ziga rom qildi gaplarida uchta kitob so‘zi mavjud. Bu so‘zning ham har biri «muayyan o‘rik», «muayyan a tovushi» kabi moddiy voqelanganlik, takrorlanmaslik belgilariga ega va ular qatorini yana cheksiz davom ettirish mumkin bo‘lganligi sababli miqdoran cheklanmaganlik kabi AHVOlarning barchasiga xos belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan. Cheksiz kitob so‘zlarining zamirida esa «umuman kitob» UMISi yashiringan. U nutqqa chiqadigan barcha kitob so‘zlari uchun doimiy asos sifatida yashaydi. Chunki ikkinchi kitob so‘zi birinchisining takrori emas. U – yangi so‘z. Uchinchisi va qolgan barcha so‘zlar uchun shunday fikrni aytish mumkin.
Shuningdek, morfologiyada -ni tushum kelishigi shaklining turli nutqiy qo‘llanishlari morfologik AHVOlar bo‘lib, bu qo‘shimchalar ongdagi -ni UMISi (morfemasi) asosida voqelangan.
Til, lison, me’yor va nutq munosabati. UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya’ni butun borliq – tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan biri bo‘lganligi sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi lison, AHVOniki esa nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi.
Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatni farqlashga intilish ushbu fan bilan tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy)da ham mavjud. Shu boisdan aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiylik bilan o‘ralashib qolmaganligi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni – UMISni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich o‘z vazifasiga ega. Chunki har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. «Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o‘rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‘llarini belgilab beradi» (H.Ne’matov). Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligining birinchi bosqichi, dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi UMIS va AHVOni bir-biridan farqlamay tasnif etish bosqichi.
Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish avvalo, tilshunoslar V.fon Humboldt, B.de Кurtene va F.de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi.
Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanilib, u ko‘p ma’nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar. Natijada,til, lison, nutq munosabati quyidagicha tushunildi (2-jadval):

Yüklə 89,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin