Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə309/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   431
Anjuman Boku (6)

Tazkirat ul-avliyo
”, Abdurahmon Jomiyning “
Nafahot
”, Ali 
Safiyning “
Rashahot
”, Olim Shayx Azizonning “
Lamahot
”, Doro Shukuhning 

Safinat ul-avliyo
”, Maqsudi Buxoriyning “
Ravoyih
” asarlari manbaga boylik 
jihatidan mo‘tabar hisoblangan. Ammo, ilmiyligi, tasavvuf mohiyatini anglash 
bobida birlamchi manba “
Nafahot
” sanaladi. 
Islom olami tasavvuf maqomotlarining mashhur asarlaridan biri bo‘lgan 
“Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds” tazkirasi 883/1478-yilda tasavvuf, sarf-u 
nahv va she’riyat allomasi Abdurahmon Jomiy tomonidan ta’lif etilgan. Asar, 
hijriy II (VIII)asrdan to VIII(XV) asrgacha davrda yashashgan ulug‘ so‘fiy 
mashoyixlar faoliyatiga bag‘ishlangan.
“Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” (“Mardlik iforini 
taratuvchi muhabbat nasimlari”) 1495-1496-yillarda yozilgan. Unda VIII asr 


671 
boshidan XV asr oxiriga qadar Osiyo, Afrika va Yevropa qit’alarida yashab o‘tgan 
770 avliyoning hayotidan ibratli hikoyatlar hamda o‘git va hikmatlardan namunalar 
keltirilgan. Asar muqaddima, asosiy qism va xotimadan iborat. Alisher Navoiyning 
“Nasoyim ul-muhabbat” asari tasavvuf ahliga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, unda forsiy 
va turkiy nazmning ko‘pgina namoyandalari haqida ham asarning mavzuyi bilan 
bog‘liq tarzda ma’lumotlar keltirilgan, boshqacha qilib aytganda, Alisher Navoiy 
ushbu asarida mashhur shoirlar hayotiga faylasufona yondashib, bir tomondan, ular 
faoliyatidagi o‘rta asrlardagi tasavvuf va uning ko‘rinishlarini kuzatsa, ikkinchi 
tomondan, ularning badiiy ijodlari va alohida xizmatlarini ham ta’kidlaydi. 
“Nasoyim ul-muhabbat” bir tildan ikkinchi tilga aynan o‘girilgan asar emas, 
balki ijodiy yondashuvga tayanilgan erkin tarjima namunasi hisoblanadi. Bunga bir 
necha sabab bor: birinchidan, “Nafahot ul-uns” murakkab ilmiy-nazariy asar 
bo‘lib, undagi arabcha va forscha ta’birlar va hikmatlar asosan ramz va ishora 
tilida aytilganligi sababli tasavvuf istilohlaridan bexabar kimsaning bu so‘zlar 
mohiyatini anglashi qiyin kechadi. Shuning uchun, Navoiy kerakli joylarda matnni 
qisqa izoh va sharh bilan boyitib borgan. Jomiy tazkirasining muqaddimasida 
valiylik nazariyasiga ilmiy yondashilganligi sababli, Navoiy turkiyzabon 
o‘quvchilar dunyoqarashini hisobga olgan holda mustaqil ravishda nisbatan sodda 
va tushunarli muqaddima yozgan; ikkinchidan, Jomiy o‘z asarini yozishda asosan 
Imom Yofi’iy, Sullamiy hamda Ansoriyning tazkiralariga tayangan. Navoiy esa 
asosiy manba – Jomiyning tazkirasidan tashqari, Farididdin Attorning “Tazkirat ul-
avliyo” asaridagi 19 nafar mashhur avliyo, Shayx Farididdin Shakarganjdan so‘ng 
Hindistonda yashab o‘tgan 31 shayx, shuningdek 100 dan ortiq turk mashoyixlari 
haqidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha tarzda keltirgan. Shuningdek, Nosir Xusrav, 
Shayx Mahmud Shabustariy, Ozariy, Lutfiy, Ashraf, Nasimiy, Shayx Imodiddin 
Faqih, Mavlono Jomiy kabi valiylik maqomiga erishgan shoirlarga ham o‘rin 
ajratilgan. O‘zi bevosita muloqot qilgan valiysifat zamondoshlaridan Ali Yazdiy, 
Bobo Xokiy, Bobo Ali Mast Nisoiy, Bobo Xushkeldi singari Xudoning nazari 
tushgan aziz zotlar haqida ham ma’lumot berib, shayxlar sonini 618 dan 770 ga 
yetkazgan. 
Navoiy chishtiya tariqatining Hindistondagi yirik namoyandalari hayotini 
yoritishda Sayyid Muhammad Dehlaviyning “Siyar ul-avliyo”, Badriddin Is’hoq 
Dehlaviyning “Asror ul-avliyo” (Shayx Farididdin Shakarganj manoqibi), 
“Tabaqoti Nosiriy” kabi muhim va mo‘tabar manbalarga suyangan. Farididdin 
Attorning asarlari (“Mantiq ut-tayr”, “Tazkirat ul-avliyo”), Sharafiddin Ali 
Yazdiyning “Zafarnoma”si (Bobo Sungu, Shayx Boyazid haqidagi boblar), Sulton 
Husayn Boyqaroning xotiralari (Bobo Xushkeldi, Bobo Ali Mast Nisoiy), ismi 
keltirilmagan ishonchli kishilar rivoyat qilgan hikoyatlar hamda o‘zining 


672 
kuzatuvlari va xulosalari asosida turk mashoyixi va zamondoshlari haqidagi 
haqiqatlarni tiklashga erishgan. 
Jomiy asarini tarjima qilish jarayonida Navoiy o‘z asarini yangi ma’lumotlar 
bilan to‘ldirish asnosida qisqartirish yo‘lidan ham borgan. Bahs va ixtilofga sabab 
bo‘ladigan ayrim shayxlar haqidagi fasllarni tashlab ketgan. Chunki, mazkur 
masalalar mohiyatini anglab yetish uchun kitobxon tasavvuf va irfonning borliq, 
butun va bo‘lak, kul va juz, hol va maqom, ja’m va tafriqa, tahqiq va taqlid kabi 
tushunchalardan xabardorlik bilan birga fiqh ilmini ham mukammal egallagan 
bo‘lishi kerak. Unda asar xalq uchun emas, xoslar uchun bo‘lib qolar edi. Navoiy 
o‘quvchini murakkablik va anglashilmovchilikdan uzoq tutish maqsadida bunday 
parchalarni tushirib qoldirgan.
Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da mavjud manbalar asosida shayxlarning 
tarjimai holi, tug‘ilgan yili va vafoti haqidagi aniq sanalarni ham keltirishga 
harakat qilgan. Ammo bu prinsipga qat’iy rioya etilmagan. Ba’zi shayxlarning 
yashagan davri va tug‘ilgan joyi ma’lum emas. Ma’lumotlar hajmi ham har-xil. 
Ba’zi shayxlar haqida ikki-uch sahifa ma’lumot berilgan bo‘lsa, ayrimlari haqida 
ikki-uch og‘iz so‘z bilan kifoyalangan. Ammo barcha oriflarning qaysi shayxdan 
ta’lim olganligi, silsila omonatini kimdan olganligi, kimlarning suhbatiga 
yetishgani haqida imkoni boricha aniq va ishonchli ma’lumotlar berilgan. 
Navoiyning ushbu tazkirani yozishdan maqsadi shayxlarning tarixiy siymosini 
yaratish emas, balki o‘quvchida ularning ma’naviy olami haqida tasavvur hosil 
qilish bo‘lgan. [18, 231-232] [21, 242-246] [22, 81-97] [23, 5-8] [24] 
XVI asr tazkirachilik yo‘nalishida samarali davrlardan biri bo‘ldi. Kamoliddin 
Husayn Gozurgohiy Fanoiyning “Majolis ul-ushshoq”, 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin