“Turkiy xalqlar adabiyoti: adabiy aloqalar, adabiy ta’sir va tarjima”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari to‘plami / – Qo‘qon-
Boku-. – 2022. – ......... b.
Turkiy xalqlar jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shib
kelayotgan
qardoshlardir. Ularning urf-odat va an’analari, adabiyoti, falsafasi, me’morchiligi,
musiqasi, san’ati, madaniyati, tarixi, tili va dini bir. Turkiylarning bir-biriga yaqin-
lashtirgan umumiy va o‘xshash jihatlar ularning tili va adabiyoti hamda
madaniyatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Turkiy xalqlar adabiy aloqalari ko‘p asrlik
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani, jahon adabiyoti xazinasiga ko‘plab buyuk shoiru
adiblarni yetishtirib bergani ham ma’lum.Turkiy
xalqlar ijodkorlari mavjud
an’analarni o‘z davri sharoitida davom ettiribgina qolmasdan,
poetik mazmunni
boyitishga ham xizmat qilganlar. Mazkur ijodkorlarning nafaqat o‘z adabiy
muhitlaridagi balki jahon so‘z san’ati taraqqiyotidagi o‘rnini
belgilash, ilmiy va
keng
jamoatchilikka taqdim etish, yangi ilmiy tadqiqotlar uchun yo‘l ochish,
adiblar ijodiyoti asosida kelajak avlodlarda ma’naviy meros va qadriyatlarga
hurmat hissini yuksaltirish zaruriyatidan Xalqaro anjuman o‘tkazildi va to‘plamda
mazkur anjuman materiallari o‘rin olgan.
To‘plam № AL-322103020 raqamli “Qo‘qon
adabiy muhiti ijodkorlari
hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi
amaliy loyiha doirasida chop etildi.