Shuningdеk, ob'еktning har bir ishchi, xodimi halokat sodir bo’lganda
ogohlantirish vositalaridan foydalanish va tеgishli tashkilotlarga xabar bеrishni
bilishi zarur.
Tabiiy ofat-bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi o`zgarish bo`lib, u
birdan insonlarning mo`tadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi,
odamlarning o`limi hamda qishloq xo`jaligi hayvonlarining nobut bo`lishi, moddiy
boyliklarning yo`q bo`lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning sodir bo`lishning o`ziga xos
xususiyati shundan iboratki, favqulodda vaziyat inson ongi va uning faoliyatidan
tashqarida sodir bo`lishidir.
Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: yer silkinish, suv toshqini,
(gidrometeorologik) yer, tog`, qor ko`chishi, kuchli shamol, yo`ng`in,
qurg`oqchilik, epidemiya, epizootiya, epifitotiya hodisalari va boshqalardir (o`lat,
vabo, gemorragi isitma, toshmali terlama, sibir yara kasalligi, quturish, botulizm,
va tulyarimiya kasalliklari).
Yer silkinish va uning oqibatlari:
Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu yer silkinishidir. Yer
silkinish-yer osti zarbasi va yer usti qatlamining tebranishi bo`lib, tabiiy ofatlar,
texnologik jarayonlar tufayli yuizaga keladi. Yer ostki zarbasining paydo bo`lish
o`chog`i, yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yig`ilib qolgan energiyaning
yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga keladi. O`choqning ichki qismi
markazi giposentr deyiladi, yerning ustki qismidagi markasi episentr deyiladi.
Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:
- Tektonik zilzilalar;
-Vulqon zilzilalari;
-Ag`darilish, o`pirilish zilzilalari;,
-Texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bog`liq) zilzilalar.
Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofatlisi), tektonik zilzila hisoblanadi.
Ma`lumki, har yili planetamizda 100000 (yuz ming) dan ortiq yer silkinishlarini
seysmik asboblar (seysmograf) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi,
fojiali bo`lib imorat va inshoatlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarni paydo
bo`lishiga ming-minglab insonlar yostig`ining qurishiga olib keladi.Yer silkinish
o`chog`i giposentrning joylashgan chuqurligi bo`yicha: Yuza-70 km.gacha, o`rta-
70-300km va chuqur-300 kmdan pastda: Mantiya qatlamida vujudga keladigan
xillarini ajratish mumkin.
Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o`chog`i asosan 70 km.gacha
chuqurlikda joylashganligi qayd etilgan. Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning
yaxlitligi butunligi o`zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik
qismlar ishdan chiqishi, insonlar o`limi, shikastlanishi ro`y beradi. Uzoq tarixiy
saboq,ya`ni yer silkinishi kishilarni ruhiy holatiga bo`lgan ta`siri, imorat va
inshootlarning buzilishi, bayron qilinishi, yer yuzida vujudga kelgan o`zgarishlar
(yer sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo`lishi)yuz bergan hodisalarning
kuchini baholashga o`rgatgan.Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo`lgan
zilzila. Kuchi ikki xil o`lchov birligida o`lchanadi. 1. Ballarda:,2. Magnitudada.
Dunyoning juda ko`p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli halqaro o`lchov
birligida o`lchanadi.Episentrda tog jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u
yerda sodir bo`lgan o`zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo`lish va boshqalar)
taqqoslagan holda,Rossiya fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan yer
silkinishining kuchini ballarda baholash shkalasi ishlab chiqilib, bu usul hozirgi
kunda hamma MDH ga kiruvchi davlatlarda, jumladan,O`zbekistondaMShK(
Medvedev,Shponxoer va Karnik )nomi bilan qo`llaniladi. Ikkinchi o`lchov
birligiRixter shkalasi bo`yicha Magnituda(M) hisoblanadi. Magnituda shkalasi
1935-yilda Amerika seysmologi Rixter tomonidan taklif qilingan. Magnituda yer
silkinishining umumiy energiyasini ko`rsatib,u yerning maksimal surilish
amplitudasi logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi.
Yer silkinish kuchining xususiyatlari:
Yer
silkinish
kuchiga
qarab
quyidagi
holatlar
kuzatiladi;
1ball- sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi:
2ball-juda kuchsiz, uy ichda utirgan ba`zi odamlar sezishi mumkin(deraza
oynalari titraydi):
3ball- kuchsiz, ko`pchilik odamlar sezmaydi, Ochiq joyda tinch o`tirgan
odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta sekin tebranadi:
4ball-o`rtacha sezilarli.Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi.Uy
devorlari qirsillaudi.Ro`zg`or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi:
5ball-Ancha kuchli.
Hamma sezadi, uyqudagi odam o`yg`onadi, ba`zi odamlar hovliga yugurib
chiqadi.Idishdagi suyuqlik chayqalib to`kiladi,osilgan o`y jihozlari qattiq
tebranadi:
6ball-Kuchli. Hamma sezadi uyqydagi odamlar uyg`onadi, ko`pchilik
odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat bo`ladi. Ba`zi hollarda
kitob jovonidagi kitoblar, ro`zgor buyumlari, javondagi idishlar ag`darilib tushadi:
7ball –Juda kuchli. Ko`pchilik odamlarni qo`rquv bosadi, ko`chaga yugurib
chiqadi, avtomobil haydovchlari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-
katta yoriqlar paydo bo`ladi, hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi:
8ball-Yemiruvchi. Xom g`ishdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga
aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bo`ladi, uy
tepasidagi mo`rilar yiqiladi,ba`zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi,
tog`lik joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi;
9 ball-Vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan
imoratlar va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi.Oddiy imoratlar butunlay vayron
bo`ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bo`ladi, yer osti suvlari sizib chiqish mumkin:
10 ball-Yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson bo`ladi. Temir yo`l
izlari to`lqinsimon shaklga kelib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib
ketadi, cho`kish hodisalari ro`y beradi.Suv havzalari to`lqinlanib qirg`oqqa uriladi,
qoyali yon bag`irlarda katta-katta surilish hodisalari sodir bo`ladi:
11 ball-Fojiali.Hamma imoratlar deyarli vayron bo`ladi, to`g`onlar yorilib
ketadi, temir yo`llar butunlay ishdan chiqadi,yerning ustki qismida katta- katta
yoriqlar paydo bo`ladi,yer ostidan balchiqlar ko`tarilib chiqadi, surilish , qulash
hodisalari nihoyasiga yetadi.
12 ball- kuchli fojiali.Yerning ustki qismida katta o`zgarishlar ro`y beradi.
Hamma imoratlar butunlay vayron bo`ladi, daryolarning o`zani o`zgarib
sharsharalar paydo bo`ladi tabiiy to`g`onlar vujudga keladi.
Mustaqil davlatlar hamdo`stligi(MDH) hududining 20 foizga yaqin eri
seysmoaktiv mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan togli o`lkalar,Kavkaz
orti,Shimoliy Kavkaz, Karpat bo`yi, Janubiy Qrim,Moldoviya, Primor`ye, Saxalin,
Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va O`rta Osiyoning tog`li o`lkalari
kiradi.
Imoratlarga,
inshootlarga
yer
silkinishining
ta`siri
va
xususiyatlari:Zilzilaning kuchi ta`sirida imoratlar va inshootlar talafot
ko`radi.Ko`rilgan talafot darajasi inshoot loyihasiga, ishlatilgan qurilish
materiallariga bogliq.Shuning uchun hamma insahootlar va ularning ko`radigan
talofotlari davlat standarti bilan tartibga solinadi.
Inshootlar ko`radigan talafotlar quyidagicha tasniflanadi:
1-darajali talafot.Bunda yengil shikastlanish yuz beradi.
2-darajali talafot. Og`ir bo`lmagan shikastlanishlar sodir etiladi,devorlarda
katta bo`lmagan yoriqlar paydo bo`ladi.
3-darajali talafot.Inshootlarning og`ir shikastlanish ro`y beradi,devorlarda
katta va shuqur yoriqlar paydo bo`ladi.
4-darajali talofat.Imorat va inshootlar ichki devorlarining to`liq buzilishi
ro`y beradi.
5-darajali talofat.Imorat va inshootlar to`liq buzilish sodir bo`ladi.
Imorat va inshootlarning konstruksiyasi va qurilish materillariga qarab
tasniflanishi:
A guruh-xom g`isht, paxsa devorli imoratlar:
B guruh- pishiq g`ishtdan qurilgan imoratlar:
V guruh –Temir-beton, sinchli va yog`ochdan qurilgan inshootlar;
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda davlat standarti(GOST)tomonidan
imoratlar guruhining har bir ballda ko`radigan talofat darajalari hisoblab
chiqilgan:Jumladan:
6-ball- yer silkinish jarayonida Aguruhga mansub inshootlar 2-darajali
talofat,B guruhi inshootlari1-darajali talofat ko`radi.
7ball-A guruhidagi inshootlar 3-darajali talafot ko`radi.
8 ball-A guruhidagi inshootlar 5-darajali,Bguruhidagi inshootlar ham
3,4darajali,Vguruhdagi inshootlar 2-darajali talafot ko`radi.
9 ball-B guruhidagi inshootlar4-darajali, shuningdek, V guruhidagi
inshootlar
4-darajali
talafot
ko`radi.
10 ball- B guruhdagi inshootlar 5-darajali,Vguruhdagi inshootlar 4-darajali talafot
ko`radi.
11 ball-B guruhdagi inshootlar to`liq qulaydi.Tog` jinslarinig tik va
gorizantal yo`nalishdagi harakati kuzatiladi.
12 ball-amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi.
Yer silkinishi keltiradigan talofot inshootning turiga ,konsruksiyasiga
bog`liq bo`lish bilan bir qatorda, qurilish maydonlarinig muhandis- geologik
sharoitiga,ya`ni tog` jinslari turlarining mustahkamlik darajasiga, xossa va
xususiyatlariga bog`liq. Masalan, 1966 yili Toshkent da sodir bo`lgan yer
silkinishi natijasida, shaharning yer osti suvlari sathi yer yuziga yaqin bo`lgan
pastqam joylarga joylashgan imoratlar kuchli talafot ko`rdi.Shundan keyin1966
yili shahar hududida qayta muhandis-geologik xaritalash ishlari o`tkazilib, shahar
markasi tuproq sharoiti nuqtai nazaridan 9 ballik mintaqaga o`tkazildi.Bu degan
so`z, 9 ballik mintaqada quriladigan inshootlar konstruksiyasiga va usuliga
ma`lum talablar qo`yish va ularni bajarishni talab etadi.
Seysmoaktiv hududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan
tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinmog`i lozim.Ya`ni shahar
qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talab qo`yiladi.
-Shahar hududida katta-katta ochiq maydonlarning bo`lishi,ya`ni yer
silkinishi sodir bo`lgan taqdirda va undan keyin aholini yashashi uchun palatkalar
qurish uchun xavfsiz joy zarur;
- Suv havzalarini bo`lishi, ya`ni zilzila vaqtida sodir bo`lishi mumkin
bo`lgan yong`inlarni o`chirish maqsadida, foydalanish uchun suv zahirasiga ega
bo`lishi:
-Inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5 marta uzoq bo`lishi,
chunki imorat talofat ko`rganda bir-biriga ta`sir qilmasligi lozim.
Inshootlar yer silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko`ra 3 guruhga
bo`linadi:
-A guruh- 7ballgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga
tuproqdan, g`ishtdan qurilgan uylar kiradi:
-B guruh- 8 ballga chidaydigan uylar. Bu uylar har xil yog`och karkaslardan
tayyorlanadi (sinchli uylar)
-V guruh-9 ballgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga
katta metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton konstruksiyalardan
qurilgan inshootlar kiradi.
Yer silkinish oqibatlarini tugatish chora tadbirlari :Yer silkinishining
oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli har bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi
ishlar birlamchi hisoblanadi.
-Yer tagida, buzilgan va yonayotgan uyda qolgan odamlarni qutqarish:
-Ishlab
chiqarish,kommunal-energetik
tizimlarda
sodir
bo`ladigan
avariyalarning oldini olish va to`g`rilash.(chunki bular inson hayotiga xavf soladi)
-Buzilgan uylarni, inshootlarni tiklash:
-Talofat ko`rganlarga tibbiy yordam ko`rsatish shahobchalarini tayyorlash;
-Yer silkinishi o`chog`ida suv ta`minotini tiklash.
Shuni nazarda tutish lozimki,yer silkinishi bu turdagi tabiiy ofatlarni,
falokatlarni:masalan, yer surilishi suv toshqini, qor ko`chkisi, yong`in va
portlashlar sodir bo`lishi, kommunal-energetik tizimlarni izdan chiqishi, kimyo
sanoati korxonalarida avariya natijasida kuchli ta`sir etuvchi zaharli
moddalarni(KTEZM) tashqariga to`kilishi,atom elektr stansiyalarida(AES)
radiaktiv moddalarni atmosferaga chiqishi kabilar sabab bo`lishi mumkin.Ammo,
hozirgacha yer silkinishining aniq vaqtini va joyini aniq aytib bera oladigan uslub
yo`q.Lekin yerning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudotlarning hatti harakatlari
o`zgarishiga qarab olimlar yer silkinishi to`g`risida ayrim taxminiy ma`lumotlarni
beradilar.Yer silkinishi ofatidan muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan
seysmoaktiv mintaqalarni belgilash hisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq
xo`jaligi tarmoqlari uchun xavfli bo`lgan 7-8 balli yuqori yer silkinish mumkin
bo`lgan joylarni belgilab xarita tuziladi.
Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan turli muhofaza omillari
ko`rilib, inshootlarni qurishni amalga oshirish,(kimyo zavodlari, atom elektr
stansiyalarni )yoki to`xtatish ishlari amalga oshiriladi. Shunday ishlar, ya`ni
O`zbekistonning seysmoaktiv hududlari xaritasi 1977 yilgacha amal qilib keldi va
hozirgi kunda O`zbekiston Fanlar Akademiyasining seysmologiya instituti
tromonidan 1997 yilda O`zbekistonning yangi seysmoaktiv xaritasi tuzilib, bunda
har bir hududning seysmologik xususiyatlari hisobga olingan. Yangi xaritada
kursatilishicha O`zbekistonning mintaqalarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yer
silkinishlari belgilangan. Jumladan, Qoraqalpog`iston respublikasida 6-
ballgacha:Xopazm
va
Samarqand
viloyatlarida,
7-ballgacha,
Toshkent,
Qarshi,Buxoro,Termez, Namangan ,Fargona shaharlarida-8 ballgacha, Andijon
biloyatida, 9- ballgacha belgilangan.
Respublikamizda 136 ta shahar mavjud bo`lib shundah 13 tasi yirik
shaharlar hisoblanadi. Shaharlarda qurilishlar 5ta toifa bo`yicha amalga oshirilib
ular katta- kichikligidan qat`iy nazar halqa yuli bilan belgilanishi lozim. Chunki
favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni faqat tranzit yullar orqali (jumladan, halqa
yo`llari orqali)harakat qilishga yunaltirilishi lozim. Shuning uchun har bir korxona
rahbari yer silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur.
Bular quyidagilardan iborat:
-Hududni seysmik xaritasi, unda zilzila bo`lish ehtimoli bor joylar va uning
kochi ko`rsatiladi:
-Zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshootlarini qurish:
-Zilzila sodir bo`lib qolgan holda aholi uzini qanday tutishi va hatti-
harakatlari haqida tushuntirish :
- Seysmik stansiyalarda uzluksiz navbatchilakni tashkil etish va amalga
oshirish.
-Zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa tizimini tashkil etish:
-Qutqaruv, kuch vositalarni tayyor holga keltirib qo`yish.
-Aholini, xavfsiz, o`z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chidish:
-Moddiy –texnik ta`minoti( suv, oziq- ovqat, dori- darmon) zaxiralarini
tashkil qilish:
-Zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va oz ` vaqtida
qullash.
Yer
silkinishini
oldindan
xabar
beradigan
(taxminiy)belgilar
quyidagilardan iborat:
-Yer osti suvlarining fizik- kimyoviy tarkibining o`zgarishi (laboratoriyada
aniqlanadi):
-Qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi,havoda
chaqmoq chaqishi va yorug`lik paydo bo`lishi:
-Bir-biriga yaqin,lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi,
uylarning ichki devorlarida zangori shu`lalar paydo bo`lishi va lyuminitsent
lampalarning o`z- o`zidan yonishi:
Mana shu belgilarni bilgan fuqaro yoki zilzila haqida xabar eshitganda,
sarosimasiz va ishonchli harakat qilish kerak.Zilzila haqida xabar berilsa, uyni
tashlab chiqishdan oldin,gaz va boshqa isitgich asboblarini o`chirish, bolalar va
qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni,oziq-ovqat, dori-darmonlarni va
hujjatlarni olib,ko`chaga chiqishi kerak.
Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u holda eshik oraliqlariga yoki
ko`taruvchi ustunlar tagiga turib oliash zarur.Dastlabki silkinish zarbasi tinishi
bilan tezlikda tashqariga shiqishi kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ko`p
qavatli binolarning ehg nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va liftlardir.Shuning
uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va
liftlardan foydalanish taqiqlanadi.Korxona va mussasalarda zilzila paytida ish
to`xtatiladi.Elektr toki,suv, gaz va buglar to`xtatilib, fuqarolar muhofazasi
qismlaridagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab qo`yilgan joylarga
to`oplanadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda bo`ladilar.Zilzila vaqtida tashqarida
bo`lgan fuqarolar uyga kirishga shoshmasligi,balki o`sha joy rahbarining
ko`rsatmalarini diqqat bilan kutib,unga rioya etgan holda harakat qilishlsri
kerak.Zilzila vaqtida jamoat transportining to`la to`xtatilishini kutib, oldin
bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish kerak..Yurib ketayotganda sakrav tushib
qolish yaramaydi,zilzila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar
muhofazasi qismlari beradi,lekin zarur bo`lgan hollarda aholining ham yordam
berishi maqsadga muvofiqdir.
Suv toshqini va uning talofatlari; Suv toshqini ham tabiiy ofatlar orasida
eng xavflisi hisoblanadi.Suv toshqini deb, daryo, ko`l hovuzlardagi suv sathining
keskin ko`tarilish natijasida ma`lum maydonlardagi yerlarni suv tagida qolishiga
aytiladi.Suv toshqiniga turli omillar sababchi bo`ladi;
-Kuchli yomg`ir yog`ish oqibatida (jala, sel quyishi):
-Qorning surunkali erishi natijasida :
-Kuchli shamol esishi natijasida ;
-Oqar daryolardagi muzliklarni yig`ilib, sun`iy to`g`on hosil qilinishi:
-Tog` jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv saqlash
omborlarining buzilishi oqibatida.
Kuchli yomg`ir yog`ishi natjasida suvlarning sathi keskin ko`tarilib, daryo,
ko`llarga sig`maydi va natijada ekin maydonlarini turar joy massivlarini,yo`llarni
suv bosadi va ularni izdan chiqaradi.
Bundan tashqari, elektr energiya, aloqa uzatgichlar, melliorativ tizimlar
ishdan chiqadi, chorva mollari, qishloq xo`jaligi ekinlari yo`q bo`lib ketadi, xom
ashyolar, yoqilg`i, oziq ovqatlar, mineral o`g`itlar va boshqa muhim mahsulotlar
yaroqsiz holga keladi, yoki butunlay yo`q bo`lib ketadi.Shular hatijasida juda katta
miqdorda moddiy zarar ko`rilib, insonlarni yaxshi hayot kechirishiga halaqit qilishi
mumkin. Suv toshqini turli joylarda, jumladan, O`zbekistonda ham tez – tez bo`lib
turadi. Masalan, 1992-1995 yillarda ko`pgina viloyatlarda- Xorazm, Buxoro,
Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va boshqa joylarda juda katta ekin
maydonlari suv ostida qolib, oqibatda juda katta moddiy zarar ko`rildi.Kuchli
yomg`ir yog`ishi natijasida, suv toshqini 1993,1994, 1995,2000, 2001 yillarda
Evropa davlatlarida ham kuzatilib, bularning oqibatida nafaqat moddiy zarar ,
balki hisoblab bo`lmaydigan ma`naviy zarar- insonlar o`limi yuz berdi. Oqar
daryolarda suvlarning sathi muzliklar bilan qoplanishi ham suvning oqimigaqarshi
to`siqlar (to`g`onlar) hosil bo`lishi natijasida suv toshqini ro`y berishi mumkin. Bu
xildagi toshqin 1992-yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida Amudaryo oqib
o`tadigan uchta tumanda kuzatildi. Natijada muz to`g`onlarni samolyotlardan
portlatish bilan eritildi va mintaqani suv bosish
xavfi bartaraf etildi.
Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turli sabablarga ko`ra
ishdan chiqishi oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Umuman kanallar, suv
omborlari, suv energiyasi, suv yo`llari hamda suvning o`zidan foydalanish
maqsadida quriladi. Hozirgi vaqtda MDH davlatlarida suv sig`imi 1 million metr
/kub dan ortiq bo`lgan suv omborlari mingtaga yaqin bo`lib, ularning suv sathi
116000 kilometr/kub ga teng. (shundan 53 ta suv ombori O`zbekiston xududida
joylashgandir ) bu suv omborlarida 55,5miliard metr/kubdan ortiq suv saqlanib,
ular orqali qishloq xo`jaligi suv bilan ta`minlanib, katta iqtisodiy samara olinadi.
Lekin bunday gidrotexnik inshootlar biror sabablar bilan buzilsa atrofida yashovchi
atrof-muhitga, insonlarga, dehqonchilikka jiddiy zarar keltiradi. Masalan, Chorvoq
suv omborida 2,1 km/kub suv saqlanib, agar u buzilsa 8 metr qalinlikdagi suv
Toshkent viloyatining uchta tumanini 46 km/ soat tezlik bilan harakatlanib suv Dostları ilə paylaş: |