Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni



Yüklə 427,53 Kb.
səhifə67/79
tarix07.01.2024
ölçüsü427,53 Kb.
#205508
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Etnolingvistika – atamasi grekcha “etnos” xalq, qabila so‘zlaridan olingan bo‘lib, XIX asrning 70-yillarida Amerika hindularining tili, madaniyati va urf-odatlarini o‘rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan. Ma’lumki, xalq tarixida, turmush tarzida yuz bergan har bir voqea, urf-odatlar uning tilida aks etadi, shuning uchun til bilan uning egasi bo‘lgan xalq o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Toponim, etnonimlarni xalqning tarixini bilmay turib o‘rganib bo‘lmaydi, shuningdek, etnografiya ham tilshunoslikka qimmatli materiallar beradi. Til amaliyoti va rivojlanishida etnomadaniyat, etnopsixologik omillarni o‘rganish ehtiyoji tilshunoslikda etnolingvistika yo‘nalishini yuzaga keltirdi.
Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo‘nalish sifatida shakllanishida amerikalik tilshunos, etnograf Frans Boasning xizmatlari katta bo‘lgan. U va uning izdoshlari hindular tilini tillar va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri, bilingvizm masalalari bilan bog‘liq holda o‘rgandilar. Bu yo‘nalishning ilk davrida ko‘proq etnografiya masalalari bilan shug‘ullanilgan, faqat o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab muammoning lingvistik tomoniga ahamiyat berilgan. Masalan, alla (qo‘shiq) yoki sumalakning tarixi, mazmun-mohiyati, ular bilan bog‘liq urf-odatlarning turlari etnorgafik masalalar bo‘lsa, shu so‘zlarning qo‘llanishi, turli davrlardagi variantlari, ulardagi lingvistik vositalar, shu so‘zlar bilan bog‘liq assotsiativ aloqalar masalalari masalaning lingvistik tomoni hisoblanadi.
50-yillardan boshlab tilshunoslikda semantikaga katta e’tibor qaratilishi etnolingvistika masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirdi. Turli tillardagi ijtimoiy madaniy so‘zlar (masalan, qarindosh-urug‘ nomlari, milliy realiyalar), turli etnik guruhlarda qo‘llanadigan paralingvistik vositalar, folklor materiallarini o‘rganish ham etnolingvistikaning o‘rganish obyektiga kiritildi. Folklor materiallariga e’tibor qaratilishi til va madaniyat o‘rtasidagi aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat yaratdi va etnolingvistikaning o‘rganish doirasini kengaytirdi. Hozirgi kunda etnolingvistika dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tilshunoslikda alohida yo‘nalish sifatida e’tirof etilgan va bu yo‘nalish bo‘yicha keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda.



Yüklə 427,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin