Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni



Yüklə 427,53 Kb.
səhifə69/79
tarix07.01.2024
ölçüsü427,53 Kb.
#205508
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Neyrolingvistika. O‘tgan asrning 70-yillarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlari oralig‘ida neyropsixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, nutqiy faoliyatni bosh miya mahsuli sifatida o‘rganadigan yangi tarmoq – neyrolingvistika vujudga keldi. Ushbu fanda miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalari, ya’ni afaziya holati ham o‘rganiladi.
Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutq faoliyatining buzilishi masalasi Ibn Sino, Beruniy asarlaridayoq qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu hodisalar XIX asrning 2-yarmidan boshlab o‘rganila boshlandi, A.R. Luriyaning “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop etildi.
Inson borliqni ongida sezgi organlari yordamida aks ettiradi. Sezgi tashqi olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi, miya esa bu axborotlarni umumlashtiradi. Demak, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi.
Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv sistemalarining markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Chegara nerv sistemalariga aloqador a’zolar tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb atalib, ularga ko‘rish, eshitish, ta’m-maza a’zolari kiritiladi.
Shunday qilib, neyrolingvistika inson tomonidan olamni belgilashtirish jarayonini kompleks tarzda o‘rganuvchi fan tarmog‘i sifatida o‘ziga turdosh – psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g‘oyalari va metodlaridan foydalanib rivojlanib bormoqda.


4.Kompyuter lingvistikasi va kommunikativ lingvistika
Ma’lumki, XXI asr kompyuter texnologiyalari, ilg’or pedagogika va axborot texnologiyalari (internet), yuksak tafakkur, fan va texnikaning jadal taraqqiyot asri bo’ladi. XXI asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Ochiq ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”, “Axborotlashgan ta’lim” kabi tushunchalar hayotimizga kundan-kun singib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”.
Hozirgi paytda injenerlik lingvistikasi, hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika, kompyuter lingvistikasi yuzasidan bir qator yangi muammolar o’rtaga tashlanmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy kompyuter juda ulkan imkoniyatlarga egaki, uning uchun qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “o’qib”, mazmunini so’zlab berish, katta hajmdagi kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarxini chizish kabi yuzlab mehnat faoliyati turlarining barchasida, albatta, zamonaviy kompyuter texnologiyalari ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi.
Bunday ilmiy tadqiqotlar sirasiga murakkabligi, dolzarbligi bilan xarakterlanuvchi kompyuter lingvistikasi yo`nalishi ham kiradi. Kompyuter lingvistikasi quyidagi masalalarni o’rganish bilan shug’ullanadi:

a) tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqish;

b) lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlari bilan tanishish;

d) kompyuter lingvistikasining avtomatik tarjima va matnni tahrir qilish dasturlarini ishlab chiqish;

e) tillarga o’qitish, bilimlarni tekshirish;

f) lug’atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish dasturlarini ishlab chiqish.

Mamlakatimizda kompyuter lingvistikasi va matematik lingvistika muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus kafedra va laboratoriya 2001-yilda O’zbekiston Milliy universiteti (O’zMU)da tashkil etilgan edi, keyinchalik bu kafedra “Umumiy va kompyuter tilshunosligi” degan nomga ega bo’ldi.


Natijada keyingi yillarda o’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish asoslari ishlab chiqildi, o’zbek tilidagi internet sahifalarini yaratishning asoslari belgilandi, o’zbek kompyuter adabiyotshunosligi ma’lum darajada o’rganildi; inglizcha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-inglizcha, ruscha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-ruscha tarjimon dasturlari ishlab chiqilmoqda; o’zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish dasturlarining 1-versiyalari yaratilmoqda; WINDOWS o’zbek tilidagi operatsion tizimini ishlab chiqish davom etmoqda; hozirgi vaqtda “Qutadg’u bilik”ning internet sahifalari yaratilgan. Shuningdek, o`zbek lingvistik avtomatini yaratish bo`yicha dastlabki ishlar amalga oshirilgan, kompyuter yordamida ayrim chastotali lug’atlar, ters (chappa), alfavitli lug’atlar tuzilgan, bu sohadagi ishlar hozirgi kunda jadal sur’atlar bilan davom ettirilmoqda.
Hоzirgi vaqtda kоmpyutеr yordamida tilshunоs оlimlar so’zlarni bir jоyga to’plash, ularga qayta ishlоv bеrish, shu asоsda turli xil lug’atlar, tеzauruslar, rubrikatоrlar, glоssariylar, so’zlashgichlar yaratish bilan shug’ullanmоqdalar.
Umuman, atamalarni to’plash va ularga qayta ishlоv bеrish jarayonida kеlib chiqqan katta amaliy ehtiyoj tilshunоslikda kоmpyutеr tеxnоlоgiyasidan kеngrоq fоydalanish imkоniyatlarini vujudga kеltirdi. Hоzirgi kunga kеlib fan-tеxnika inqilоbi natijasida tinmay yog’ilib turgan matеriallar, axbоrоtlar оqimini faqat kоmpyutеr tеxnоlоgiyasi yordamidagina bоshqarish mumkin bo’lib qоldi.
Tilshunоslikda kоmpyutеr tеxnоlоgiyasidan fоydalanish, asоsan, quyidagi yo’nalishlar uchun xizmat qilmоqda: a) mashinaviy tarjima muammоlari bilan shug’ullanish; b) lug’atshunоslik ishlarini avtоmatlashtirish va ixchamlashtirish; v) bibliоgrafik ma’lumоtlarni avtоmatik yo’l bilan qidirish va ularga qayta ishlоv bеrish va hоkazо.

Yüklə 427,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin