Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni


Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi



Yüklə 427,53 Kb.
səhifə11/79
tarix07.01.2024
ölçüsü427,53 Kb.
#205508
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi


Atamaning ingliz tilida nomlanishi


Atamaning rus tilida nomlanishi


Atamaning izohi

tilning pаydо bo‘lishi


origin of language


возникновение языка


Tilning pаydо bo‘lishiga oil turli fаrаzlаr mavjud


Konfutsiy


Confucius


Конфуций


qadimgi Xitoyning mashhur faylasufi


Neogrammatika


Neogrammatics


Неограмматика


grammatikadagi yangi yo‘nalishlar


Vedalar

Veda

Веды

induizm dinining asosiy muqaddas kitoblari

Sanskrit


Sanskrit


Санскрит


ishlangan, mukammal


Prakrit

Prakrit

Пракрит

oddiy, tabiiy

Panini

Panini

Панини

Qadimgi Hindlarning mashhur tilshunosi

Antik

Antique

Античный


qadimgi

Aleksandriya

Alexandria


Александрия


qadimgi Yunon ilm markazi


Analogiya


Analogy

Аналогия

o‘xshashlik, mutanosiblik


Anomaliya


Anomaly

Аномалия

nomutanosiblik




Аdabiyotlar:
1. Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. – М., 2007.
2. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. - Т., 2016.
3. Реформатский A.A. Введение в языкознание. – M., 2006.
4. Maслов Ю.С. Введение в языкознание. – M, 2007.
2-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPA VA ARAB TILSHUNOSLIGI.




Reja:
1. O‘rta asrlarda Yevropa tilshunosligi.
2. O‘rta asrlarda Arab tilshunosligi.



  1. O‘rta asrlarda Yevropa tilshunosligi

O‘rta asrlar V asrdan (476- yildan) boshlab, XV asrgacha (1492- yilgacha) bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr deyarli barcha fanlar taraqqiyotida, shu jumladan, Yevropa tilshunosligida ham turg‘unlik davri deb e’tirof qilinadi. Aniqrog‘i, ayni davr tilshunoslik taraqqiyotida na faktik materiallar to‘plashda, na mukammal nazariyalar, g‘oyalar yaratishda – tilshunoslik fanining ilgarilashida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning asosiy sababi shundaki, G‘arbiy Yevropada mazkur davrdagi tarixiy sharoit, katolik cherkovining reaksion tazyiqi ilm-fanning o‘sishiga, rivojiga jiddiy to‘sqinlik qildi. Shunga qaramasdan, o‘rta asrlarda shu davrgacha yozuviga ega bo‘lmagan bir qator xalqlarda, masalan, got, arman, irland, qadimgi ingliz, slavyan va boshqalarda yozuv – yozuv sistemasi paydo bo‘ldi.


O‘rta asr Yevropasining yagona, asosiy o‘rganiladigan, tadqiq qilinadigan tili lotin tili hisoblandi. Lotin tilida davlat hujjatlari tuzilar, ilmiy va badiiy asrlar yozilar, katolik cherkovidagi diniy jarayonlar amalga oshirilar edi. Bu til bilim olishning ham kaliti hisoblanardi. Lotin tili mantiqiy fikrlash maktabi deb ham tushunilardi. Lotin tili grammatikasining qoidalari va tushunchalari barcha tillar uchun umumiy hisoblanib, yangi tillar grammatikasiga ko‘chirilar edi. Natijada har bir boshqa tilning o‘ziga xosligi yo‘qolar edi. Ammo bu davrda ushbu tilda gaplashilmas, nutqiy faollik yuritilmas edi. Ya’ni u o‘lik tilga aylangan edi. Shuning uchun lotin tilining talaffuzi emas, harflari, so‘zlarning yozilishi muhim edi. Lotin tili, asosan, Donata va Pristsian grammatikasi asosida o‘rganilar edi.
Yevropada o‘rta asrlarning oxirroqlarida – XI-XII asrlarda falsafiy-lisoniy bahs-munozara avj olib ketdi. Bu munozara realizm va nominalizm ta’limotlari nomini oldi.
Ruhoniy Anselm (1033-1109) boshchiligidagi realizm ta’limotiga ko‘ra faqat umumiy tushunchalargina (masalan, daraxt tushunchasi, harakat tushunchasi va b.) real mavjud. Ushbu tushunchalarga muvofiq keluvchi predmet va hodisalar esa ularning kuchsiz nusxasi, xolos. Yana ham anig‘i obyektiv dunyo umumiy tushunchalardangina iborat. Ayni tushunchalarda qayd etilgan, ifodalangan predmet va hodisalar esa o‘sha tushunchalarning yuzaki nusxasi (kopiyasi) dir.
Rossellin (1050-1110) boshchiligidagi nominalizm ta’limoti esa haqiqatga to‘la muvofiq, real tarzda faqat o‘ziga xos xususiyatlarga, belgilarga ega bo‘lgan narsa, predmet, hodisalargina mavjud, degan g‘oyani ilgari suradi.
Bizning tafakkurimiz orqali ushbu predmet va hodisalardan chiqariluvchi umumiy tushunchalar esa, deyishadi bu ta’limot vakillari, real, aniq mavjud bo‘lmaydi. Ular inson tafakkurining mahsuli hisoblanadi, fikrlash faoliyati tufayli hosil bo‘ladi, yuzaga keladi.
Pyer Abelyar (1079-1142) boshchiligidagi konseptualistlar (mo‘tadil nominalistlar) ham mutlaqo to‘g‘ri holda real tarzda faqat alohida narsalar mavjud, ular umumiy tushunchalarimizning asosi bo‘lib xizmat qiladi, deyishadi.
Konseptualistlar umumiy tushunchalar alohida mavjud bo‘lmaydi, balki real mavjud narsa-predmetlardan hosil qilinib, narsa, predmet va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradi, deydi. Ushbu fikr hozirda ham tilshunoslik fanida tan olingan. Chunki bu g‘oya obyektiv haqiqatga to‘la muvofiq keladi.



Yüklə 427,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin