Annotatsiya: maqolada o‘zbek tilidagi lakunalar va ulardan to‘g‘ri foydalanish haqida soʻz yuritilgan bo’lib, unda lingvomadaniyatshunoslikning asosiy terminlaridan biri lakuna hodisasi, uning tilshunoslikka kirib kelishi, qo‘llanilishi, ushbu termin doirasida turli tilshunos olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar hamda lakuna birliklarini paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bugungi kunda qo‘llanilishiga asosiy e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: lakuna, til, madaniyat, lingvomadaniyatshunoslik, metodologiya, lakunarlik muammosi.
Annotation: the article talks about gaps in the Uzbek language and their correct use, one of the main terms of cultural linguistics is the phenomenon of gaps, its introduction to linguistics, its use, research conducted by various linguists within the framework of this term. the focus is on the emergence, development, and use of lacuna units today.
Keywords: lacuna, language, culture, linguistics, methodology, problem of lacunarity.
Jahonda globallashuv va integrasiya avj olayotgan bugungi davrda har bir millat o‘z madaniyati va tilini saqlab qolishga intilmoqda. O‘zligini saqlashga intilgan har bir millat kabi o‘zbek xalqi ham asrlar mobaynida til sofligi va ravnaqi uchun kurashib kelgan. Bu kurash hozirda yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga mos tarzda tadrijiy davom etmoqda. Biroq bugungi davrdagi mafkuraviy jarayonlar silsilasini kuzatib bu harakatlar natijadorligini yanada jadallatish zarurligini hech kim inkor etmaydi.
Jahon tilshunosligida o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab lakunarlik hodisasiga e’tiborning kuchayishi tilshunoslikda yangi sohalar, xususan, lakunologiyaning jadal rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda lakuna va lakunarlik hodisasi lingvomadaniyatshunoslik, psixolingvistika, kognitiv tilshunoslik, madaniyatlararo muloqot va amaliy tarjimachilik sohalarining predmetiga aylandi.
Dunyo tilshunosligida ikki tilni qiyoslash orqali til egalarining mentaliteti, milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni o‘rganish lingvomadaniy tadqiqotlarning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Lakunalarni bartaraf etish masalasini ilmiy o‘rganish esa mazkur tillarning lingvistik imkoniyatlarini belgilab beradi. SHu ma’noda lakunarlik hodisasi tilshunos va tarjimashunoslar tomonidan chog‘ishtirma hamda lingvomadaniy aspektlarda kognitiv xaritalarda bo‘shliqlarning yuzaga kelishi, ularning muloqot jarayonida to‘ldirilishi vamuqobilsiz leksika tarjimasi usullarini ochib berish masalalari doirasida tadqiq qilinmoqda. Bugungi kunda jahon tilshunosligida lakunarlik muammosini olamning lisoniy manzarasi masalalari bilan bog‘lagan holda tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Tilshunoslikda lakunarlik hodisasini bevosita o‘rganish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jadal rivojlandi. Dunyo tillaridagi madaniyatlar doim o‘zaro aloqada va hamkorlikda bo‘ladi, bu hodisa ularning uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda ba’zi tillar orasida o‘zaro farqlari, ya’ni tillarning farqli jihatlari ham vujudga keladi. Bu hodisa zamonaviy tilshunoslikda “lakuna” deb o‘rganiladi. Lakuna bugungi kunda o‘zaro qiyoslanayotgan tillar o‘rtasidagi o‘zaro nomutanosiblik , ya’ni tizimli farqlashda faol ishlatilmoqda. Lakuna (lotincha so‘z bo‘lib lakuna-chuqurlashish, tushkunlik, muvaffaqiyatsizlik ; fransuzcha lacuna-bo‘shliq).”
«Lakuna» termini ilk bor kanadalik tilshunoslar J.P.Vine va J.Darbelnelar tomonidan ilmiy muomalaga kiritildi. Ular ushbu hodisani «Bir tildagi so‘z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o‘rinlarda har doim lakuna hodisasi yuzaga keladi» deb izohlashgan (Usmanova Sh, 2019, 129-bet).
Ushbu ilmiy tadqiqotchilar “Fransuz va ingliz tillarini qiyoslash uslubi” nomli kitobida, shu ikki tilni qiyoslash va solishtirish orqali lakunaga ta’rif berib o‘tishgan: “ Bir tildagi so‘zning boshqa tilda muqobili topilmagan o‘rinlarda lakuna hodisasi voqealanadi”(Ismatullayeva.N, 2021, 11-bet).
XX asrning 70- yillarida "lakuna" atamasining qo‘llanilishi keng ommalasha boshladi. Lakuna atamasi tilshunoslikda lakuna, zid ma’noli so‘zlar, oraliqlar, lakunalar yoki til xaritasidagi oq dog‘lar, tarjima qilib bo‘lmaydigan tarjimasiz leksimalar va yana fanda ko‘plab nomlar bilan nomlanadi.
Lakuna atamasi ilk bor kanadalik tilshonoslar tomonidan fanga kiritilgan bo‘lsada, bu atama rus tilshunoslari tomonidan takomillashtirildi. Natijada rus tilshunosligida maxsus tilshunoslik sohasi- lakunashunoslik paydo bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda ekvivalentsizlik, ekvivalentlik, realizm va boshqa atamalar ham tilshunoslikda qo‘llanila boshladi.
Leksikalar singari lakunalar ham tillarning bir-biriga qiyosida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan ingliz tilidagi “ yurist, advokat “ ma’nosini ifodalaydigan lawuyer so‘zidan boshqa advokatlik kasbining turli tumanligini ifodalaydigan attorney “vakil” , counsellor “ maslahatchi” , advocate “oliy darajadagi advokat “. Bundan xulosa shuki, o‘zbek va rus tillarida qo‘llaniladigan ifodalarga faqatgina advokat so‘zini misol qilish mumkin (Usmonova Sh, 2019, 28-bet).
Tilshunoslikda lakuna tushunchasining nutqimizda keng qo‘llanilishi va o‘rganilishi, yondosh hodisalardan farqlanishi , o‘zi alohida lingvistik kategoriya sifatida tan olinishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida lakuna tushunchasining mohiyati aniq va oson tushuniladigan darajada muayyanlashdi.
Ma’lumki, leksikasidagi bo‘shliqlarning mavjudligi tilshunoslik ilmida avvaldan ma’lum. O‘zbek adabiy tilining asoschisi hazrati Alisher Navoiy ham o‘zining “ Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida ham turkiy va forsiy so‘zlarini qiyoslash natijasida muayyan tilda ayrim tushunchani ifodalovchi so‘zning bo‘lmasligini aniq misollar bilan tushuntirib o‘tgan.
L.Bentivogli,E.Pianta(L.Bentivogli,2014,48-bet),R.Sankaravelayutanlar lakunarlikni tilda leksemalashtirilmagan so‘zga ikkinchi tilda so‘z birikmasining muvofiq kelishi deb tushuntirishgan. Bizningcha, har doim ham biror tilda so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan har qanday tushunchani so‘z birikmasi orqali berib bo‘lmaydi, chunonchi, lakunarlikni yuzaga keltiruvchi tushunchalar turli vositalar yordamida ifodalanishi mumkin. Rus tilshunoslari G.V.Bikova va O.B.Pilaeva hozirgi kunda lakunalarning etarlicha o‘rganilmaganligi, tilshunoslikda mazkur hodisa borasida yagona qarashning mavjud emasligini ta’kidlaydilar8. Lakunarlik hodisasining voqelantiruvchisi bo‘lgan lakunar birlik va lakuna tushunchalarini chegaralab olish tahlilda chalkashlikka yo‘l qo‘ymaslikka imkon beradi.
Tilshunos L.K.Bayramovaning ta’rificha, tillararo lakunar birlik bu boshqa tillarda bo‘shliq, oraliq joyga ega bo‘lgan, ya’ni lakunar birlikning nol korrelyatiga ega tushunchadir. Lakunar birlik bir tilga xos (shartli ravishda A til), lakuna esa boshqa til (shartli ravishda B til)ga xosdir. Demak, lakunarlik bu (A tildagi) lakunar birliklar va (B tildagi) lakunalardan tarkib topgan kategoriyadir.
Lakunaning asosiy belgilari sifatida «moddiy mujassamlashmaganlik», «sintaktik darajada ob’ektiv voqelanganlik», «virtual leksik mohiyatlilik»ni ko‘rsatish mumkin. Lakunalarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalarini o‘rganishda, asosan, mazkur xususiyatlar kuzatiladi.
Tildagi lakuna hodisasini tavsiflash va o'rganish masalalariga so'nggi yillarda o'zbek tilshunosligida ham jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Bu borada ayrim ishlar amalga oshirildi. Bunga misol tarzida Sh.Usmanova, N.Ismatullayeva kabi olimalarning ishlarini aytib o'tish mumkin. N.Ismatullayeva xitoy va o'zbek tilidagi lakunalarni maxsus o'rganib, ular bo'yicha ahamiyatli ilmiy fikrlarni bildirgan. O'zbek tilshunosligida bu boradagi ishlar ancha jonlanganligini e'tirof etish o'rinlidir. Biroq bu borada qilinishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. Hozirga qadar o'zbek tilidagi leksik lakunalar boshqa tillar bilan qiyosiy aspektda tadqiq etilmagan.
Biz tilda yuz beradigan lakunani o‘rganar ekanmiz, avvalo lakuna, yani tildagi bo‘shliq qaysi holatda yuz berishiga ahamiyat berishimiz lozim. Agarda tildagi bo‘shliq bir tilni o‘zida yuz bersa bunday lakunalar, intralingual lakuna deb nomlanadi. Tilimizda shunday so‘z, tushincha,urf odatlar borki, bir tilni o‘zida yoki boshqa tilga tarjima qilishda lakunarlikni yuzaga keltiradi. Masalan, rus tilida endigina turmush qurgan juftlik "molodojenami" deb nomlangan holda, turmush qurganiga uzoq vaqt bo‘lgan so‘z rus tilida yo‘q. Yoki o‘zbek tilida uylanmagan yigit "bo‘ydoq"i deb nomlangan holatda, turmush qurmagan qiz o‘zbek tilida mavjud emas. Hamshira vrach yordamchisi (ayol kishi), erkak kishi vrach yordamchisi so‘zi mavjud emas. Bunday hodisa tilshunoslikda bir til ichidagi lakuna yani intralingual lakuna deb nomlanadi”( Nuriddinova M, 2022, 172-bet). . Odatda lakuna, lakunar birlik va ekvivalentsiz birliklar sinonim sifatida qo‘llaniladi. Bir tildagi so‘zning boshqa tilda ekvivalent tarjimasi bo‘lishi mumkin, lekin ayni paytda bu so‘z lakunar birlik ham hosil qilishi mumkin. Masalan, nemischa Finger (barmoq) so‘zi rus tilida "palets", tatar tilida" barmak" kabi ekvivalent tarjimaga ega bo‘lgani holda, ayni paytda lakunar birlik ham hosil qiladi. Chunki nemis tilida Finger qo‘l barmog‘i, Toe esa oyoq barmog‘i, lekin bu tushinchalar rus va tatar tillarida farqlanmagan. Yoki ingliz tilida hand (qo‘lning panja qismi), arm (qo‘lning tirsakdan panja qismigacha bo‘lgan qismi) o‘zbek tiliga faqat qo‘l deb tarjima qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, lakunalar tilimizning turli sathlarida uchraydi. Lakuna hodisasi bir tilning o‘zida yoki tillarni bir-biriga qiyoslash jarayonida yuzaga keladi. SHuni ham takidlash kerakki, tildagi bo‘shliq qarindosh tillardan ko‘ra ko‘proq, qarindosh bo‘lmagan tillarda uchraydi. CHunki qarindosh bo‘lmagan tillarning diniy qarashlari, urf odatlari, narsa buyum nomlari kabi o‘ziga xos so‘z va tushinchalar tarjima jarayonida bo‘shliqni yuzaga keltiradi.
Lakunalarni xususiyatlariga ko‘ra: leksik, semantik, grammatik, frazeologik lakunalar; verbal va noverbal; mutlaq va nisbiy lakunalar; predmetli va mavhum lakunalar; sinfiy va tur lakunalari; tillararo lakunalar va til ichida voqelanuvchi lakunalar; shuningdek, turkumlik belgisiga ko‘ra ot, fe’l, ravish va boshqa so‘z turkumlariga oid lakuna turlariga ajratib o‘rganish mumkin.
Lakuna – har xil til va madaniyat birliklari vakillarining o‘zaro tushunishlari qiyin bo‘lgan o‘ziga xos tushunchalardir. Umuman, lakuna tushunchasini til birliklarining barcha sohasiga tegishli fenomen, deb qarash maqsadga muvofiq. Lakuna terminiga tilshunoslikda o‘ziga xos ko‘p qirrali tushuncha deb qaraladi, lekin uning ichki shaffofligi o‘z-o‘zidan til ilmida aniqlik va bir ma’nolilikni ta’minlaydi.
Tilshunoslikda lakuna tushunchasi ― ko‘p qirrali va ayni paytda, anglash uchun oson bo‘lmagan fenomen‖, deb talqin qilinadi. Bu fenomenni anglab olishning murakkabligi shundaki, bir tomondan lakuna o‘zida bir til ѐki bir necha tillar doirasida mavjud predmetni aks ettirsa, ikkinchi tomondan mavjud bo‘lmagan predmet ѐki voqea-hodisani, ya’ni yo‘q ma’noni, tizimli bo‘shliq, ochiqlikni aks ettiradi. Shuning uchun ham mazkur fenomen tillar o‘rtasida turlicha nuqtai nazarni yuzaga keltiradi.
Lakunar birliklar, bir tomondan, milliy madaniyatning o‘ziga xos belgisi, mentalitet ko‘rsatkichi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, madaniyatlararo ta’sirlashuv sharoitida o‘zga ko‘rinishga kira oladigan birliklar sanaladi. Lakunarlik hodisasini tadqiq etish lakunologiya fanini rivojlantirishga, tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni ko‘rsatib berishga, madaniyatlararo muloqotdagi to‘siqlarni engishga va chet tillarni o‘rgatish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR: 1.Bentivogli, L., Pianta, E. (2014) Looking for lexical gaps. Proceedings of the Ninth EURALEX International Congress.– Berlin: Stuttgart.
2. Ismatullaeva N.R. (2019) Tillararo lakunalar klassifikatsiyasi. «Filologiyaning dolzarb muammolari» mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Farg‘ona,– B. 262–264.
3. Nuriddinova M., and M. Turdiqulova.(2022) "Develop Speaking Strategies in Teaching English." European Multidisciplinary Journal of Modern Science 6: 172-176.
4.Usmanova Sh. (2019) Lingvokulturologiya (darslik). – Toshkent: TDO‘TAU, – B. 129.