MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI
Sotsiolingvistikaning asosiy masalalari quyidagilar:
- Davlat tili, adabiy til, milliy til, dialekt, sheva tushunchalarining mohiyatini ochib
berish, ta’riflash va baholash;
- Adabiy til uchun xizmat qiladigan yozuv masalasini hal qilish;
- Axolini tillarni bilishiga ko’ra qatlamlarga ajratish;
- Tillarning ijtimoiy funksiyalarini belgilash;
- Tillarni sotsiolingvistik nuqtai nazardan turlarga ajratish;
51
- Tillarning turlari: jahon tillari, tabiiy va sun’iy tillar, tabiiy va o’lik tillar, sta ndart,
klassik, milliy, mahalliy, kreol, pijin tillar tushunchalarini tavsiflash;
- Bilingvizm masalalarini hal qilish.
Davlat tili qonun yo’li bilan tasdiqlanadi. Mamlakatning ichki va tashqi is h-
lari davlat tilida olib boriladi. Mamlakatda bir yoki bir-necha til davlat tili sifatida qabul
qilinishi mumkin. Masalan: O’zbekistonda davlat tili - o’zbek tili, rus tili esa millatlar
aro aloqa vositasi hisoblanadi. Luksemburg davlatida olmon va farang tillari davlat tili
hisoblanadi. Davlat tili sifatida adabiy til qabul qilinadi.
Adabiy til umumhalq tilining qayta ishlanib normalashtirilgan shaklidir. Bu til
mamlakatning ijtimoiy faoliyatida og’zaki va yozma tarzda hizmat qiladi. Adabiy tilga
asos qilib shu millatga mansub bo’lgan dialektlar olinadi. Masalan: o’zbek tili uchun
dastlab qorliq-chigil-uyg’ur shevasiga asoslangan eski o’zbek tili aso s qilib olingan
edi, biroq bu ko’pchilik tomonidan ijobiy qabul qilinmadi. Shu ning uchun ham o’zbek
adabiy tiliga fonetik jihatdan Toshkent shevasi, morfologik jihatdan esa Farg’ona
shevasi asos qilib olindi
Atamashunoslik sotsiolingvistikaning muhim masalalaridan biridir. Atama -
fan, texnika, kasb-xunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va
barqaror ifodasi bo’lgan so’z yoki so’z birikmasidir.
Davlatning til siyosati umumdavlat siyosatining tarkibiy qismi hisoblan adi.
Shuning uchun ham milliy siyosatning o’zgarishi bilan til siyosati ham o’zgaradi. M a-
salan: sobiq sovetlar tizimi davridagi til siyosati Istiqloldan keyingi (1990.1.09) til
siyosatidan farq qiladi. O’zbekistonda “Davlat tili” haqidagi Qonunning (1989. 21.10)
qabul qilinishi tarixiy voqea bo’di. Ushbu Qonunda o’zbek tili davlat tili deb, rus tili
esa millatlararo aloqa vositasi deb e’lon qilindi. Ushbu Qonunda xorijiy tillarni
o’rganishga ham alohida e’tibor berildi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamas i-
ning 1991 yil 29 iyuldagi 197 - son Qaroriga asosan Respublika va viloyat Til
o’rgatish markazlari tashkil qilindi.
Aholini tillarni bilishiga ko’ra guruhlarga ajratish ham sotsiolingvistikaning
asosiy masalalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda O’zbekiston aholisini tillarni bilishiga
ko’ra shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. O’zbek va rus tillarini bir xil darajada biladigan kishilar.
2. O’zbek tilini ona tili va rus tilini chet tili sifatida biladigan
kishilar.
3. Rus tilini ona tili va o’zbek tilini chet tili sifatida biladigan
kishilar.
4. O’zbek tilini ona tili sifatida biladigan va rus tilini bilmaydigan kish ilar.
Tillarni sotsiolingvistik nuqtai nasardan tipologiyalash ham muhim masalalardan biri-
dir. Sotsiolingvistik tipologiyaga asos qilib standartlashtirish, hayotiylik, tarixiylik va
avtonomlik deb nomlanuvchi o’lchovlar qabul qilingan.
S t a n d a r t l a sh t i r i sh deganda tilni normaga solish, adabiy til sifatida
qayta ishlash tushuniladi. Buning eng asosiy omili tilning grammatikasi v a lug’atini
tuzishdir.
52
H a y o t i y l i k mazkur tilda gapiruvchi jamiyatning mavjudligidir. Mua yyan
tildan kishilar aloqa vositasi sifatida foydalansalar ushbu til hayot hiso blanadi.
T a r i x i y l i k tilning jamiyat tomonidan ishlatilishi natijasida uning
mo’tadil rivojlanib borishidir.
A v t o n o m l i k muayyan ijtimoiy guruh uchun ona tili sifatida xizmat q i-
layotgan tilning boshqa tillardan farq qilishi tushuniladi.
Sotsiolingvistik nuqtai nazardan tillar quyidagi turlarga bo’linadi:
- Standart tillar (o’zbek, rus, olmon ...);
- Klassik tillar (yunon, grek, lotin, qadimgi arab tili);
- Mahalliy tillar (hindularning tillari);
- Kreol tillar (Gaiti orollarida, Lotin Amerikasidagi nauatlar);
- Pijin tillar (katta port shaharlarida);
- Sun’iy tillar (Esperanto).
Sotsiolingvistika til funksiyalarini ham o’rganadi. Tillar quyidagi funksiyalarni b ajara-
di: -kommunikativ (aloqa, muomala) funksiya;
- ijtimoiy (sotsial) funksiya;
- ekspressiv funksiya;
- estetik funksiya;
- gneseologik (bilish) funksiya;
- akkumulyativ funksiya;
- ideologik (mafkuraviy) funksiya.
Til jamiyatning quyidagi sohalarida foydalaniladi:
- Til sohiblarining kundalik muomalalarida;
- Til sohiblarining boshqa til vakillari bilan muloqatida;
- Davlat tashkilotlari o’rtasidagi yozishmalarda;
- Xalq ta’limi sohalarida;
- Fan va texnika sohalarida;
- Davlat va jamoa tashkilotlarida;
- Xuquq - tartibot va Sud idoralarida;
- Ish yuritish va rasmiy yozishmalarda;
- Ijtimoiy siyosiy hayotda;
- Badiiy adabiyotda;
- Vaqtli matbuotda;
- Radio, televideniye, kino, san’at, te’ater sohalarida;
- Madaniy hayotda... .
Sotsiolingvistika nuqtai nazardan tilga hos bo’lgan hususiyatlarni quyidagicha be l-
gilash mumkin:
- Til jamiyat maxsuli, u ijtimoiy hodisa.
- Til jamiyatning barcha sohalari uchun xizmat qiladi.
- Til ijtimoiy ongni aks ettirish vositasidir.
- Til jamiyatning barcha sohalaridagi o’zgarishlarni aks ettiradi.
- Tilni jamiyat yaratadi, shakllantiradi va rivojlantiradi.
53
- Til jamiyatdan tashqarida paydo bo’lmaydi va yashamaydi.
Hozirgi kunda sotsiolingvistika erishgan yutuqlarga asoslanib quyidagicha
hulosalar chiqarish mumkin:
1. Tillarning ijtimoiy vazifasi ortib boradi.
2. Ularning lug’at boyligi ko’payib boradi.
3. Jamiyatning rivojlanishi tilning rivojlanishida o’z aksini
topadi.
4. Qo’shni tillarning o’zaro ta’siri ortib boradi.
5. Millatlararo aloqa vositasi funksiyasini bajaruvchi tilning
ijtimoiy roli
ortib boradi, uning boshqa tillarga ta’siri kuchayadi.
6. Ikki tillilik va ko’p tillilik kuchayib boradi.
Dostları ilə paylaş: |