Tilshunoslikka kirish fanining predmeti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/83
tarix14.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#178776
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Tilshunoslikka kirish fanining predmeti

ELEKTRO-AKUSTIK METOD
ing
. electro-acoustic methods
nem.
elektro-
akustische Methode, 
rus
. metodi elektro-akustichesliye. Nutq tovus hlarining akustik 
komponentalarini turli asbiblar yordamida tadqiq qilish usuli. Eksperimental 
fonetikaning tadqiqot metodi. 
SUBSTITUTSIYA METODI
ing.
substitution, 
nem
. Substitution, 
rus
. substitutsiya, 
zamesheniye, podstanovka. Til birliklarini almash tirish yo’li bilan ularning o’xshash 
yoki o’xshash emasliklarini aniqlash usuli. 
MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI
Har bir fanning o’z tadqiqot metodlari mavjud. Metod quyidagi talablarga javob be r-
ishi lozim:
- Metod
o b’ y e k t i v
bo’lishi, yani qachon, qaerda, kim tomonidan qo’llanilmasin, 
tahlil qilinayotgan material bir hil bo’lsa, natija ham bir hil bo’lishi kerak.
- Metod
 i z c h i l
bo’lishi, yani zarur atamalar tizimini qamrab olishi va qo’shimcha 
tushunchalarni talab etmasligi lozim. 
- Metod
u n i v e r s a l
bo’lishi, yani tilning har bir qatlamlarini (fonetika, leksika, 
grammatika) tadqiq qilishga yaroqli bo’lishi kerak. 
- Metod
s o d d a
bo’lishi lozim. 
Hozirgi zamon tilshunosligida quyidagi metodlar keng qo’llaniladi:
- Tarixiy-qiyosiy metod. 
- Gap bo’laklariga ajratish metodi. 
- Substitutsiya metodi. 
- Distributiv metod. 
- Transformatsion metod. 
- Statistik metod. 
- Ma’no komponentlarini tahlil qilish metodi. 
T a r i x i y - q i y o s i y
metod. 
Ushbu metod uzoq tarixga ega. 1599 yilda Gollandiyalik olim Yu. Skaliger duny oda 11 
ta til oilasi borligini va har bir oila o’z bobo tiliga ega ekanligini bildirgan edi. 
1767 yilda farang ruxoniysi Kerdu, 1786 yilda ingliz sharqshunos olimi V.Jouns o v-
rupo tillari bilan qadimgi xind tili- sanskrit o’rtasida qarindoshlik munosabatlari borligi 
haqida ma’lumot berganlar.
Ushbu masala Rasmus Raskning “Qadimgi island tilining paydo bo’lishi” (1814), 
Frans Boppning “Sanskrit tilining tuslanish sistemasini grek, slavyan, lot in, fors va 
german tillri bilan qiyosiy o’rganish” (1816), olmon olimi Yakob Grimmning “Nemis tili 
grammatikasi” (1819) va rus olimi Aleksandr Vostokovning “Slavyan tili haqida mu-


59 
lohazalar” (1920) asarlarida ilmiy jihatdan asoslangan. Ular xind-ovrupo tillari bir bobo 
tildan kelib chiqqan va ular qarindosh tillardir, shuning uchun ham bu tillar bir oilaga 
mansub degan hulosaga kelganlar. 
Tarixiy-qiyosiy metod yordamida quyidagi masalalarni hal qilish mumkin:
1. Tillarni qiyosiy o’rganish va ularning bir-biriga qarindosh yoki qarindosh emaslig-
ini aniqlash. 
2. Qarindosh tillar asosida yotgan bobo tilni tiklash. 
3. Tillarning rivojlanish yo’lini aniqlash (qiyoslash). 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin