MA’RUZADAGI ASOSIY LINGVISTIK ATAMALAR IZOHI METOD ing . method,
nem . Methode,
rus . metod. Haqiqatni bilish yo’li. Tabiat va
jamiat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli.
TILSHUNOSLIK METODLARI ing . linguistic method,
nem . linguistische
Methode,
rus . lingvisticheskiy metod. Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda qo’llanadigan
usullar.
UMUMFALSAFIY METOD hayotdagi istalgan narsa yoki hodisani bilish va
tushunish yo’li. Bunday metodlar barcha maxsus fanlar uchun bir xil dir. Uni metod-
ologiya, yani ilmiy tadqiqot usuli bo’lgan metodlar haqidagi ta’limot deb yurit iladi.
MAXSUS ILMIY METOD ayrim fanga oid hodisani bilish va izohlash usuli yoki
yo’li. Bu metod falsafiy metodga ma’lum darajada tobe bo’ladi va falsafiy metod
ta’siri ostida o’zgaradi.
METODIKA ing . methods,
nem . Methodik. Biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado
etish usullarining eg’indisi. U olimning amaliy ravishda ishlash tizimi bo’lib, dalillarni
to’plash, o’rganish, tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi.
TASVIRIY METOD ing . method of linguistic description,
nem. Deskriptions
methode, Beschreibungsmethode,
rus . metod lingvisticheskogo opisaniya. Bu metod
yordamida til sistemasiga kiruvchi birliklar tasvirlab, ko’rsatib berilishi bilan birga,
o’sha birliklar tahlil qilinadi va ularning funksiyalari o’rganiladi.
QIYOSIY-TARIXIY METOD ing . comparative-historical method,
nem . historisch-
vergleichende Methode,
rus. metod sravnitelno-istoricheskiy, metod komporativniy,
metod sravnitelno-grammaticheskiy. Konkret tillardagi bir-biriga teng bo’lgan lingvis-
57
tik hodisalarni solishtirib ko’rib, yozma yodgorliklarda qayd qilinmagan til hodisalarini
qayta tiklash usuli.