“SO’G’D” va
“HORAZMIY ” turlaridan foydalangan-
lar. Ushbu yozuvlar
“OROMIY” alifbosi asosida yuzaga kelgan. “So’g’d” yozuvin-
ing qayta ishlanishi natijasida qadimgi turk “urhun -yenisey” yoki “run“ yozuvi
yaratilgan.
Uyg’ur yozuvi be’vosita so’g’d yozuvining davomi hisoblanadi.
VIII asrdan boshlab arab yozuvi O’rta Osiyo mahalliy xalqlarining yozuvini
siqib chiqara boshlagan. Natijada arab alifbosidagi 28 ta xarfga yana 4 ta (p, ch, j, g)
xarf kiritilib o’zbek tiliga moslab olingan.
O’ZBEK TILI orfografiyasi uzoq tarixga ega. Bu tarix qariyb 25 asrga teng.
Qadimgi turkiy yozuv miloddan avvalgi bir ming yillik o’rtalaridan milodiy 10 asrgacha
o’tgan 1500 yil davomida saqlanib, sayqal topib, ichki takomil yo’lida rivojlangan.
Urhun-yenisey, talas va boshqa yodgorliklar turkiy yozuvning yuksak va aniq
fonetik alifboga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
O’zbek tili yozuvi 1929 yilda arab alifbosidan lotin grafikasiga asoslangan
alifboga ko’chirilgan.
1940 yil, 8 mayda o’zbek tili yozuvini lotinlashtirilgan alifbodan slavyan -krill
grafikasiga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga ko’chirish to’g’risida qaror qabul q i-
lindi. Krill alifbosiga
Ў, Š , F, • xarflari qo’shildi.
1993 yilning 2 sentyabrida “Lotin yozuviga asoslangan 31 xarf va bir tutuq
belgidan iborat o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” qonun qabul qilindi.
Turmushda yozuvning maxsus turlaridan ham keng foydalaniladi. Ula rning
ko’p tarqalgan turlari: stenografiya, transkripsiya va transliteratsiyadir.
S t e n o g r a f i y a dan tarixiy voqealar, uchrashuvlar, yigilish va maj-
lislarning qaydnomalarini yozib berishda keng foydalaniladi. Yozuvning bu turi
og’zaki nutqni yozib olishni bir necha marta osonlashtiradi va tejamkorlikni tamin-
laydi. U maxsus tayorgarlikni talab qiladi va mutaxassislar tomonidan qo’llaniladi.