Agregat so`zi lotincha ―aggregatus‖ so`zidan olingan bo`lib, o`zaro biriktirish, birga qo`shish, uzviy birlashtirish degan lug`aviy mazmunga ega. Demak, agregat ko`rsatkichlar turli xil iqtisodiy ko`rsatkichlarni o`zaro biriktirishdan, uzviy birlashtirishdan tuzilgan umumiy , yig`ma, to`plama ko`rsatkichlardir va ular murakkab hodisalarni miqdor sifat aniqligini o`lchaydi.Ana shunday
ko`rsatkichlarni turli davrlar uchun tuzib, ularni o`zaro taqqoslashga asoslangan indekslar
agregat indekslar deb ataladi. Ular murakkab iqtisodiy hodisalar o`zgarishini ta`riflaydi. Agregat indekslar tuzishdagi asosi muammo mohiyatan turli xildagi ko`rsatkichlardan umumiy agregat barpo etish uchun ularni vazminlashtirishdan iborat.O`z-o`zidan ravshanki,indekslashtirilayotgan hodisalar mazmunan turli xilda bo`lganligi uchun ularning ko`rsatkichlarini bevosita qo`shib
bo`lmaydi. Demak, dastlab ularni bir o`lchovli ko`rinishga keltirish lozim, so`ngra agregat ko`rsatkich hosil qilish mumkin. Buning uchun indeksni hisoblash jarayoniga qo`shimcha ko`rsatkich kiritishimiz kerak, ammo u o`zgarmas miqdor bo`lishi shart. Shu bilan birga u ayrim
indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlar umumiy agregatda qanday vaznda bo`lishini ham aniqlaydi
Shunday qilib, agregat indeksni umumiy ko`rinishda quyidagicha
Shunday qilib, agregat indeksni umumiy ko`rinishda quyidagicha
yozish mumkin:
sifat ko`rsatkichlari uchun miqdoriy ko`rsatkichlar uchun
Vazn vazifasini har doim indekslashtirilayotgan hodisa bilan uzviy
bog`langan bir iqtisodiy sharoitda shakllanadigan ko`rsatkich bajaradi. U
o`zgarmas miqdor maqomida bo`lishi uchun bazis vaznli agregat
indekslarni tuzayotganda bazis davr holatida biriktiriladi:
miqdoriy ko`rsatkichlari uchun
sifat ko`rsatkichlari uchun
Agregat indekslarda vaznlarni bazis davr holatida olish zarurligini 1871
Laspeyres indekslari deb yuritiladi. 12.1-jadvalga binoan,
Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari
Vaqt o`tgan sari hodisa va jarayonlar kyechish sharoitlarida
kuzatiladigan o`zgarishlar to`plana boradi, davrlar orasidagi farqlar kuchayadi, natijada bazis davrning taqqoslamaligi pasayadi. Bu esa Laspeyres indekslariga ham ta`sir etadi. Shuning uchun agregat indekslarning muqobil varianti joriy vaznda tuziladi. Demak, ularda vazn qilib olinadigan ko`rsatkichlar joriy davr holatida qotgan holda qatnashadi:
G.Paashe har taraflama asoslagan. Olim nomini abadiylashtirib, ular
Paashe indekslari deb yuritiladi.
jadvalga ko`ra:
Boshqa shakllardagi agregat indekslar. Indekslar test nazariyasi.
Laspeyres va Paashe usullari kamchiliklarga ega bo`lishiga
qaramasdan, ularga asoslangan indekslar amaliyotda eng ko`p
tarqalgandir. Haqiqatan ham Laspeyres indekslari odatda juda soddaligi sababli keng qo`llanadi. Shu bilan birga bu usullarning kamchiliklarini hisobga olib vaznli agregat indekslar tuzishning yana bir qator muqobil yo`llari ishlab chiqilgan. Ular Laspeyres va Paashe usullarining afzal tomonlarini o`zida mujassamlashtiradi va ularning qandaydir ―o`rtachasi‖ hisoblanadi. Bular ichida Ejuart-Marshall va Fisher indekslari eng diqqatga sazovoridir. 1888 yilda ingliz iqtisodchi - matematik olimi Frensis Ejuart agregat indekslar vazni qilib bazis va joriy ko`rsatkichlar o`rtachasini olishni taklif qildi:
miqdoriy ko`rsatkichlar uchun
miqdoriy ko`rsatkichlar uchun
sifat ko`rsatkichlari uchun
Bu indekslarni boshqa ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall har taraflama tadqiq qilib, amalda ularni hisoblayotganda vazn qilib joriy va bazis davr ko`rsatkichlari yig`indisini olish ma`qulligi haqida fikr bildirdi:
Laspeyres va Paashe indekslari ko`paytmasini kvadrat ildiz ostidan
chiqarish yo`li bilan aniqlanadigan o`rtacha geometrik indeks Ejuart_x0002_Marshall indekslarining muqobil variantidir. Bu indeks test
nazariyasining asoschisi amerika iqtisodchi va statistik olimi Ivring
Fisher tomonidan 1922 yilda taklif etilgan. U yakka indekslarga xos
barcha xususiyatlarga ega va Fisherning ideal indeksi deb ataladi:
Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun:
sifat ko`rsatkichlari uchun:
jadvalga binoan:
Guruhiy indekslar va ularni iqtisodiyot samaradorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilishda qo`llash
O`rganilayotgan hodisalar to`plami muhim iste`mol va boshqa
xususiyatlari jihatidan bir jinsli bo`lgan har xil turlardan iborat bo`lsa,