Titrash umumiy va qisman bo`lishi mumkin. Umumiy titrashda inson organizmi butunlay titrash ta`sirida bo`ladi, qismanda esa inson organizmining ba`zi bir qismlarigina titrash ta`siriga tushadi. Umumiy titrashga transport vositalarini boshqaruvchilar, shtamp sistemalarini, yuk ko`tarish kranlari va boshqa vositalarni boshqaruvchilar umumiy titrash ta`siri ostida bo`ladi.
Titrash umumiy va qisman bo`lishi mumkin
Titrash umumiy va qisman bo`lishi mumkin. Umumiy titrashda inson organizmi butunlay titrash ta`sirida bo`ladi, qismanda esa inson organizmining ba`zi bir qismlarigina titrash ta`siriga tushadi. Umumiy titrashga transport vositalarini boshqaruvchilar, shtamp sistemalarini, yuk ko`tarish kranlari va boshqa vositalarni boshqaruvchilar umumiy titrash ta`siri ostida bo`ladi.
Tik turib ishlaganda bosh, elka, bo`yin va umurtqa qismlarining titrashi 4-6 Gs ni tashkil qiladi. O`tirib ishlaganda boshning elkaga nisbatan titrashi 25-30 Gs ni, ko`pchilik ichki organlarning titrashi 6-9 Gs atrofida bo`ladi. Xuddi shunday chastotadagi titrash ta`siriga tushish katta asoratlar kelib chiqishiga sabab bo`ladi, ba`zan mexanik jarohatlarga olib kelishi mumkin.

Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Bu masala asosan mashinasozlik sanoatida transport vositalarini ishlatishda va energetika sanoatida juda jiddiy masala bo`lib turibdi.
Shovqin va uning inson organizmiga ta`siri.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Bu masala asosan mashinasozlik sanoatida transport vositalarini ishlatishda va energetika sanoatida juda jiddiy masala bo`lib turibdi.
Shovqinning oqibatlari ma`lum. U birinchi navbatda ishlab-chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni ma`naviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi mashinalarni ishlatayotgan ishchilar va ishlab-chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga xalal berib, ularni har xil xatoliklarga yo`l qo`yishlariga olib keladi. Bu esa o`z navbatida ishlab-chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbayi hisoblanadi.