Ta’limiy:o’quvchilarni uskunalar panelidagi shakllardan foydalanib murakkab tasvirlar yaratish, ularda bo’yash, rasmni nusxalash, joylashtirish va akslantirish kabi amallarni bajarish ko’nikmalarini hosil qilish
Tarbiyaviy:dars davomida o’quvchilarda tirishqoqlik, estetik did, mohirlik va sabr-toqatlilik xislatlarini rivojlantirish hamda hamkorlikda ishlash orqali o’zaro hurmat, bir-birini tinglash ko’nikmasini hosil qilish.
Rivojlantiruvchi:kompyuter grafikasi bilan ishlash, rasm yoki chizma yaratishda kompyuter imkoniyatlari bilan tanishish va bu imkoniyatlardan foydalanib, grafik muharrirlarda ishlash ko’nikmasini shakllantirish
O’quvchilarda Paint dasturi yordamida murakkab tasvirlar yaratish, bo’yash, rasmni nusxalash, joylashtirish va akslantirish kabi amallarni bajarish ko’nikmalarini hosil qilish
Baholash:Rag’batlantirish, 5 ballik reyting asosida
Kutilayotgan natijalar
O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. O’quvchilar paint dasturi yordamida rasmlarni birlashtirish ,nusxalash, akslantirish, burish va murakkab tasvirlarni hosil qilish ko’nikmasiga ega bo’ladilar
Kelgusi rejalar
O’qituvchi bugungi darsi natijalarini tahlil qilgan holda keyingi darslarini bundanda qiziqarli va mazmunli o’tishi to’g’risida rejalashtiriladi. Kamchiliklarning sababini topib, ularni bartaraf etish yo’llarini izlaydi.