“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
91 1.
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyati kabi korporativ tashkilotlar tuzilmasini
qurish va ular faoliyatining asosiy tamoyillari va tartibini, huquqiy maqomini belgilash,
aksiyadorlar va korporativ munosabatlarning boshqa ishtirokchilari huquqlari va
majburiyatlarini tartibga soluvchi korporativ huquq me'yorlarining kompleksini
shakllantirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri ekanligini yuqorida ko’rib
o’tdik.
Korporativ tuzilmalarning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari bir qancha davrlarni
o’z qamroviga olgan holda, yildan-yilga takomillashib bormoqda. O’zbekiston iqtisodiyotida
esa korporativ boshqaruv tuzilmalarining faoliyatini takomillashtirish mexanizmlari xorijiy
mamlakatlar tajribasi asosida yaratilgan bo’lib, kundan kunga rivojlanib bormoqda. Buni
mamlakatimiz hududida faoliyat yuritib kelayotgan korporativ boshqaruv shaklidagi iqtisodiy
tuzilmalar faoliyati bilan ifodalash mumkin.
2.
Kompaniyaning boshqaruv strukturasi tahlili, moliyaviy natijalari, moliyaviy holati
tahlili boshqaruv faoliyati samaradorligini ko’rsatib beruvchi ko’rsatkichlar asosida
korxonada moliyaviy tahlil o’tkazishdan maqsad – korxonani hisobotlari orqali o’tgan
davrda, tahlil qilayotgan vaqtda va kelajakda erishilgan va erishiladigan moliyaviy natijalari
va moliyaviy holatiga baho berish hamda iqtisodiy tashxis qo’yishdan iboratdir.
Bunda asosiy e'tibor bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalarning mavqeini
mustahkamlash va tavakkalchilik holatlarining vujudga kelishi hamda ushbu jarayonda
innovatsion boshqaruv strategiyalarini amaliyotga samarali tatbiq etish, korxona
samaradorligini yaxshilash masalalariga qaratildi. Shu bilan birga, eng asosiysi:
-ishlab chiqarishning barqarorlashishi ta'minlanadi. Integratsiyalashgan korporativ
tuzilmalar korxonalarning texnologik va kooperatsion – aloqadorliklarni o’zaro
mujassamlashtirishda ijobiy zamin yaratadi. Ishtirokchi – korxonalar o’rtasida o’zaro yaqin
aloqadorliklar yaratilishi hisobiga bozorda talab mavjud bo’lgan mahsulotlarni ishlab
chiqarish, ish va xizmatlar ko’rsatish quvvatlari ko’lami yanada oshadi;
-ilmiy tadqiqot taraqqiyotining tezlashishi. Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar
respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida ilmiy – amaliy hamda ishlab chiqarish –
texnologik komplekslari doirasida yagona texnologik va investitsion siyosatni amalga
oshirishda yordam beradi.
3.
Innovatsion texnika va texnologiyalarni yaratish ishlab chiqarish bilan bog’liq
bo’lgan riskni kamaytiradi, uzoq muddatga mo’ljallangan tadqiqot va ishlab chiqarish sikllari
moliyalashtirilishi takomillashadi hamda xorijiy firmalar bilan strategik hamkorlik rivojlanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarning shakllanishi va
rivojlanishi nafaqat milliy iqtisodiyotimizning strategik raqobatbardoshligini oshiradi, balki
moliyaviy va ishlab chiqarish tarmoqlarida paydo bo’ladigan inqirozni yengib o’tishda
ko’makdosh ham bo’ladi. Shu bilan birga, integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar
faoliyatining samaradorligini oshirish uchun: integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar
tarkibiga nafaqat yirik korxonalarni, balki kichik korxonalarni qo’shish va ular o’rtasida uzviy
aloqadorliklarni tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Integratsiyalashgan
korporativ tuzilmalarning tarkibida moliya tashkilotlarining faoliyat turlari va shakllarini
ko’paytirish, ularning tarkibiga tijorat banklari bilan bir qatorda, investitsion fondlar,
sug’urta kompaniyalarni kiritish mumkin, buning hisobiga vaqtincha bo’sh mablag’larni tez
jalb qilish va ulardan samarali foydalanishga hamda istiqboldagi risklarni pasaytirishga (turli
xildagi inqirozlarda ro’y beradigan salbiy iqtisodiy hodisalardan sug’urtalanishga) erishiladi.