ovozlar bilan o ‘z vazifasini namunali olib borishga qasamyod qilgan. Bu
qasam yorlig‘i davlat arxivida saqlangan. Bitimni esa vazir o ‘ziga olgan.
Vazirning vazifalaridan biri g'aznaviylar davlatining markaziy
apparatiga rahbarlik qilish bo‘lgan. Bunga quyidagilar kirgan: davlat
mirzaxonasi,
devon ar-rasoil, vazirlik devoni - devoni nazorat, moliya
hisob devoni - devoni istefo': qo‘shinlar devoni- devoni arz: saroy devoni
- devoni vakolat: pochta- aloqa devoni- devoni band: ularaing boshida
turgan amaldorlar sohiblar deb atalib, vazirning barcha buyruq va
farmoyishlarini bajargan.
Omil-solig‘ yig‘uvchi
mansabdor, fuqarolik va harbiy amaldorlar
«qilich va qalam sohiblari» deb atalib, ular o ‘rtasida daromadli
mansablarni egallab olish uchun qattiq kurash borgan. Shuni ko‘rsatib
o ‘tish lozimki, X-XII asrlarda Markaziy Osiyo va Xurosonda ikki xalq va
ulaming davlat xizmatida ishtirok etishida ham keyingi ming yillar davom
etgan tarixiy an'analari deyarli yaqqol ajraldi. Bu xalqlar turkiy tilda
so‘zlashuvchi tojiklar edi. Ammo ularning
etnik mazmunga ega nomlari
hali boshqacha edi, o ‘zbeklaming avlodlari turklar, tojiklarning avlodlari
esa «tojikon» (Nizomi mulk - «Siyosatnoma», Bayhaqiy «Mas'ud tarixi»)
deb atalgan. Faznaviylar va boshqa turk davlatlarida ham harbiy
tabaqaning asosiy qismini turklar, fuqaro byurokratiyasining asosiy
qismini esa tojiklar tashkil qilgan.
Armiya qo'mondonlari asosan turklardan tashkil topgan bo‘lib,
kelib
chiqishi bo‘yicba g ‘ulomlardan bo‘lgan. Sulton taxtining tayanchi qo‘shin
b o ‘lib, asosan otliq, qisman piyoda askarlardan tashkil topgan.
G ‘aznaviylar armiyasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, unda
alohida tutqunlikda bo‘lgan g ‘ulom!ardan iborat qismi mavjud edi. Bu
qism ko‘pincha, Movarounnahr, Xo'jand, Qoshg‘ar, Taroz tomonlardan
sotib olingan qullar, harbiy asirlardan iborat bo‘lib, ular harbiy ishga
o ‘rgatilgan. G ‘ulomlar Saroy g‘ulomlariga (2 ming kishilar chamasi)
sultonning xos qo‘riqchisi va bayroqdorlariga (300 g ‘ulom) bo‘linib, ular
xizmat evaziga xazinadan yillik maosh va oziq-ovqat mahsulotlarini olgan.
G ‘ulomlar yaxshi
xizmat uchun ozodlik olishlari, yer, mahsulot olishlari,
katta mansablarga erishlari mumkin bo‘lgan, ammo sultonning quli bo‘lib
qolavergan. Shuning uchun ularni shaxsan ozod bo‘lmagan imtiyozli
tabaqa deb atash mumkin.
G ‘ulomlar doimiy ravishda sulton
mirzaxonasining amaldori dabiming yashirin nazorati ostida bo‘lgan.
G ‘aznaviylar armiyasi uchta yirik qo‘shilmadan iborat bo‘lib, uchta
qo‘mondon sipohsolar - Hindiston, Iroq, Xurosonda joylashgan. Butun
armiyaning qo‘mondoni xos-hojib bo‘lib, u alohida bayroq va dovulga ega
48