International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
28
https://interonconf.org
G‘ARBIY TURK XOQONLIGI TARKIBIDAGI
VASSALLAR VA ULARNI
BOSHQARISH USULLARI
O‘rolov Asilbek Absalom o‘g‘li
JDPU Tarix yo’nalishi 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Buyuk Turk xoqonligining tarkibiy bir qismi bo‘lgan
G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibidagi vassallar haqida so‘z yuritiladi.
Bundan tashqari vassallarni
boshqarish usullari haqida ham qisqacha yoritib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
G‘arbiy Turk xoqonligi, Sharqiy Turkiston, Buyuk Turk xoqonligi, O‘rxun
vodiysi, Yettisuv, Sug‘d, Janubiy Oltoy, Tukyue, Sosoniylar, Vizantiya, Markaziy Osiyo, ashina,
yabg‘u, shad, tegin, tudunlar, eltabar.
Аннотация
:
В
данной
статье
речь
пойдет
о
вассалах
в
составе
Западно
-
Тюркского
каганата
,
который
является
составной
частью
Великого
Тюркского
каганата
.
Также
кратко
описаны
способы
управления
вассалами
.
Ключевые
слова
:
Западно
-
Тюркский
каганат
,
Восточный
Туркестан
,
Великий
Тюркский
каганат
,
Орхонская
Долина
,
Семисвет
,
Согд
,
Южный
Алтай
,
Тукюэ
,
Сасаниды
,
Византия
,
Центральная
Азия
,
Ашина
,
Ябгу
,
Шад
,
Тегин
,
тудуны
,
Эльтабар
.
Annotation:
this article will talk about vassals within
the western Turkish Khaganate,
which is a constituent part of the Great Turkish Khaganate. It is also briefly covered about the
methods of managing vassals.
Keywords:
Western Turkish Khaganate,
Eastern Turkestan, Great Turkish Khaganate,
Orkhun Valley, Yettisuv, Sughd, Southern Altai, Tukyue, Sassanid, Byzantine, Central Asian,
ashina, yabgü, shad, tegin, tudunlar, eltabar
.
Ma’lumki, G‘arbiy Turk xoqonligi bir necha o‘nlab qabila va urug‘lar boshqaruvlarini va
20 dan ortiq voha hukmdorliklarini o‘z tarkibiga olgan bo‘lib, imperiya
darajasidagi ulkan davlat
hisoblanardi. Hukmronligining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan paytda G‘arbiy Turk xoqonligi
tarkibida bo‘lgan hududlarning ijtimoiy-siyosiy holati qanday bo‘lganligi va hududiy-geografik
jihatdan qanday regionlardan tashkil topganligi masalasiga nazar soladigan bo‘lsak,
bu borada
G‘aybulla Boboyorovning quyidagi keltirib o‘tgan ma’lumotlariga alohida to‘xtalib o‘tsak.
a) xoqonlikning markaziy hududlari va unga yaqin joylarda yashovchi, ko‘chmanchi hayot
hukmron bo‘lgan dasht, tog‘ va tog‘ oldi hududlari: Shimoliy Jung‘oriya, Sirdaryoning o‘rta
havzasi va Oltoyning g‘arbida yashovchi vassal ko‘chmanchi qabilalar. Bu guruhga
ko‘chmanchilik an’analari ustuvor bo‘lgan Volga – Ural bo‘ylari,
Shimoliy Kavkaz va Qora
dengiz bo‘yi hududlari ham kiradi.
b) o‘troq turmush tarzi ustuvor bo‘lgan vohalar: Sharqiy Turkiston, Amudaryo – Sirdaryo
oralig‘i, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston, Shimoli-sharqiy Eron (Xuroson).
G‘arbiy xoqonlik tarkibidagi o‘troq vohalar quyidagi o‘lkalarda o‘rin olgan:
1) Sharqiy Turkiston:
Xami
(Qumul),
Gaochan
(Turfon),
Ansi
(Qorashahr),
Guyszi
(Kucha),
Qoshg‘ar
,
Xo‘tan
;