International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 30
https://interonconf.org Vizantiya manbalarida esa 568-yilda Vizantiyaga tashrif buyurgan xoqonlik elchilarining
eftalitlar to‘liq tor-mor etilganligi va eftalitlar qo‘l ostidagi hududlarning xoqonlik tarkibiga
o‘tganini ta’kidlab o‘tganliklari qayd etilgan2. Arab manbalarida esa Dinovariy Sosoniylar va
xoqonlik Xaytallar (Eftalitlar) davlatini mag‘lubiyatga uchratib, unga tegishli hududlarni
taqsimlagani, ya’ni, turklar Choch, Farg‘ona, Sug‘d va Buxoroni qo‘lga kiritgani, Sosoniylar
esa Tohariston hamda Kobulistonni o‘z qo‘liga olganligi qayd etilgan3. Jumladan , arab
manbalarida Samarqand hukmdori G‘urak ( 710-738) arablar bilan uchrashganda o‘zini
xoqonning qullaridan va chokar (xos askar)laridan biri sifatida ta’riflagani qayd etiladi4.
Xoqonlikning voha hukmdorliklarini o‘z vassallariga aylantirishi va vohalar
boshqaruvchilari o‘zlarini xoqonlik qanchalik darajada vassal deb bilganliklari bilan bog‘liq
voqealar manbalarda juda qisqacha keltirib o‘tilgan. Ya’ni ushbu hukmdorliklar xoqonlikning
vassaliga aylanish jarayoniga mazkur manbalarning birortasida atroflicha to‘xtalib o‘tilmagan.
Endi xoqonlikning vassal voha hukmdorliklarini qay tarzda, qanday usul va vositalar
orqali boshqargani xususida so‘z yuritsak. Avvalo shu ma’lumotni qayd etib o‘tishimiz kerakki,
xoqonlikdan avval ham Markaziy Osiyo mintaqasida Skif – Sak, Yuechji, Xun, Qang‘, Usun,
Kushon, Xioniylar, Kidariylar, Eftalitlar, Juan-juanlar kabi davlat uyushmalari ming yildan oshiq
vaqt mobaynida navbatma-navbat hukm surganligini e’tirof etishimiz lozim. Ushbu davlat
uyushmalarining aksariyati dastlab ko‘chmanchi muhitda yashab, keyinchalik Markaziy
Osiyoning o‘troq vohalari ustidan ham o‘z hukmronliklarini o‘rnatganliklari ma’lum. Shu
jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan voha hukmdorliklari bilan bog‘liq shu
narsani aytib o‘tish joizki, ularning aksariyati biror daryo havzasida joylashgan bo‘lib, o‘z
geografik joylashuvlari biror vodiy, voha yoki boshqa tabiiy obyekt asosida shakllangan.
Shuningdek, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Tarim, Murg‘ob, Kobul kabi daryolar havzalari
va Hisor, Hindikush, Pomir, Tyanshan (Tangritog‘), Kopetdog‘ kabi tog‘ tizmalaridagi vodiy va
daralar ushbu voha davlatlari uchun tabiiy chegara hisoblanardi.
Xoqonlik vassallarni qay yo‘sinda boshqarganligi xoqonlik tarixining eng muammmoli
masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masalada tadqiqotchilar tomonidan bildirilgan fikrlarga
nazar soladigan bo‘lsak, X. I. Erkoch tomonidan bildirilgan fikrlar alohida diqqatga sazovordir.
Uning fikrlariga ko‘ra, xoqonlik tarkibida bo‘lgan qabila va urug‘lar markaz tomonidan
tayinlangan noiblar yoki ,,ulug‘ xoqon‘‘ ga bo‘ysunuvchi raislar (boshqaruvchilar) tomonidan
boshqarilgan5. Uning bu xususdagi fikrlarini davom ettiradigan bo‘lsak, tadqiqotchi xoqonlik
o‘z vassallar boshqaruvida 552-yildan to 744-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida standart va uzluksiz
bir boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘ymaganligini ta’kidlab o‘tadi. Lekin ayrim vaqtlarda xoqonlik
ba’zi qabila va o‘lkalarni
yabg‘u
va
shad
unvonli amaldorlar vositasida boshqarganligini va ular
esa Ashina xonadoniga mansub vakillar ekanligini qayd etadi. Shuningdek, ba’zan davlatga
qaram bo‘lgan o‘lkalarning boshqarilishida
shad
unvonli vakillar ko‘proq o‘rin egallagan bo‘lsa,
gohida tobe o‘lkalardan bir qismining boshqaruviga ,,kichik xoqon‘‘ lar tayinlanar va ayrim
hollarda esa ba’zi xalqlarning boshqaruviga
shad
,
tegin
va
tudun
lar yuborilar edi. Tadqiqotchi
2 Феофилакт Симокатта. История... - С. 624; Комар А. Наследие тюркских каганатов... - С. 100-101.
3 Зиѐ А. Узбек давлатчилиги тарихи... - Б. 81; Равшанов П. Кашкадарѐ тарихи. - Т.: Фан,1995. - Б. 201.
4 История ат-Табари... - С. 225.
5 Erkoç H. İ. Eski Türklerde Devlet Teşkilatı... – S. 226.