Technological solutions and innovative digital tools


International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION



Yüklə 89,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü89,34 Kb.
#199695
1   2   3   4   5   6
O‘rolov Asilbek Absalom o‘g‘li (4)

International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION 
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 
31 
https://interonconf.org
 
yana shu ma’lumotlarni ta’kidlab o‘tadiki, ba’zi paytlarda ,,kichik xoqon‘‘ lardan biri faqat bitta 
qabilani boshqarib turgan vaqtda boshqa bir ,,kichik xoqon‘‘ esa bir nechta qabilalarni 
boshqarardi6. Darhaqiqat, u 
eltabar

cho‘r

erkin

tudun 
hamda 
tuyg‘un 
kabi unvonga ega 
bo‘lgan vakillar saltanatga qaram o‘lkalarga noib etib tayinlanishi va ular ushbu o‘lkalarni ,,ulug‘ 
xoqon‘‘ nomidan boshqarganligini ham ta’kidlab o‘tadi. 
Tudun
lar gohida markazning 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakili sifatida tobe o‘lkalarni boshqarardi yoki markaz tomonidan berilgan 
vakolat bo‘yicha faqat soliq va moliyaviy ishlarni olib borardi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, 
asosan ko‘kturk budununi (ya’ni ,,davlat ulusini‘‘. – G‘.B.) tashkil etuvchi qabilalar tepasida esa 
beg
unvoniga ega bo‘lgan boshqaruvchilar turar edi7. 
Xoqonlik tarkibidagi vassal voha hukmdorliklari markazga xavf soladigan darajada siyosiy 
kuchga ega bo‘lmagan. Manbalarda ham ayrim kichik xatti-harakatlarni inobatga olmaganda, 
deyarli ulardan hech biri xoqonlikning ichki siyosatiga qarshi harakatlar olib borganligi 
xususidagi ma’lumotlar keltirilmagan. Darhaqiqat, xoqonlikning vohalarni o‘z tobeligiga kiritgan 
560-580-yillardan to 650-yillargacha, taxminan 70-80 yil davomida, hatto undan keyingi 30 yillik 
(700-yilgacha) Xitoyga qaramlik davrida ham xoqonlik va vassal hududlar orasida iliq 
munosabatlar davom etganligini turli tildagi manbalar orqali ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, 
VII asrning 40-yillaridan boshlab to VIII asr boshlarigacha Sharqiy Turkistondagi voha 
davlatlarining ayrimlari tobora kuchayib kelayotgan Xitoy xavfining oldini olish maqsadida 
xoqonlik tomonga intilganliklari, bundan tashqari VII asr oxirlari – VIII asr birinchi yarmi 
oralig‘ida esa Xuroson, Marv, Tohariston va Amudaryoning shimolidagi hududlar – Buxoro va 
Sug‘d (Samarqand, Panj) hukmdorliklarining arablar bosqiniga qarshi kurashda xoqonga 
murojaat qilganliklari8 kabi omillar iqtisodiy hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik va savdoga 
ixtisoslashgan o‘troq xalqlarning o‘z tinchligini saqlashda xoqonlikning siyosiy kuchlariga 
muhtoj bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Binobarin, Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy qismida o‘z 
davlatlarini tashkil etgan ko‘chmanchilar ham davlat sifatida yashab qolish uchun o‘troq 
hududlar yetkazib beradigan dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlariga ehtiyoj edilar. 
Chunki ular ham o‘z aholisining ehtiyojlarini shu yo‘l orqali taminlar, harbiy sohadagi 
muvaffaqiyatlar ham shunga bog‘liq edi. 
Shuni ham e’tirof etish kerakki, keying yillarda xoqonlik va vassallar boshqaruvi xususida 
oldingilaridan farqli yondashilgan tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Bu borada amerikalik 
tadqiqotchi J. K. Skaff tomonidan ilgari surilgan fikrlar ham diqqatga sazovordir. Uning 
fikricha, xoqonlik Turkistondagi vohalarni quyidagi 2 usulda boshqargan: 1) bevosita 
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) boshqaruv; 2) bilvosita boshqaruv. Skaffning fikricha, bevosita boshqarish 
xoqonlikning hukmdor sulolasiga mansub vakillarning biror voha boshqaruviga tayinlanishida 
namoyon bo‘ladi; bunga misol qilib Tohariston, Farg‘ona va Chochni olishimiz mumkin. 
Bunday boshqaruv shakli aniq bir qoida bilan bog‘liq bo‘lmagan. Skaff xoqonlikning bilvosita 
boshqaruvini quyidagicha tavsiflaydi: <qarashli o‘troq vohalarda avvalgi mavqelarini saqlab qolishlariga ruxsat berilishidir. Mahalliy 
hukmdorlar o‘zining o‘troq aholisidan yiqqan soliq va xirojlarni hukmron ko‘chmanchilarga 
6 Erkoç H. İ. Eski Türklerde Devlet Teşkilatı... – S. 226–227. 
7 Erkoç H. İ. Eski Türklerde Devlet Teşkilatı... – S. 227. 
8 Согдийские документы... II. – С. 80–83. 



Yüklə 89,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin