International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 29
https://interonconf.org 2) Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i:
Choch
,
Farg‘ona
,
Ustrushona, Sug‘d
(Samarqand,
Maymurg‘, Kushoniya, Panj, Kesh, Naxshab va b.),
Buxoro
,
Tohariston
,
Xorazm
;
3) Shimoliy Hindiston va Afg‘oniston:
Gandxara
,
Kashmir
,
Kobiliston
,
Zobuliston
;
4) Shimoli-sharqiy Eron – Janubiy Turkmaniston (Xuroson):
Dehiston
,
Gurgon
,
Marv
.
Shartli ravishda keltirilgan ushbu ma’lumotlardan xoqonlik tarkibiga kirgan voha
hukmdorliklarining soni 20 ga yaqin bo‘lgani a’yon bo‘ladi. Voha hukmdorliklarning xoqonlik
tarkibiga kiritilishi ma’lum siyosiy jarayonlar doirasida kechgan. Ma’lumki, Janubiy Oltoy
tog‘ining etaklarida yashovchi turkiy
ashina
qabilasi o‘z xo‘jayinlari bo‘lgan Juan-juanlarga zarba
berib, 552-yilda Buyuk Turk xoqonligiga asos solishadi. Qisqa muddat ichida xoqonlik Uzoq
Sharqdan to Shimoliy Qora dengiz sohillarigacha, Janubiy Sibirdan to Shimoliy Hindistongacha
bo‘lgan ulkan hududni birlashtirgan yirik saltanatga aylanadi. Davlat tashkil topgandan so‘ng
faoliyatining dastlabki o‘n yillaridayoq xoqonlik o‘z hududini qadimgi markaziy osiyolik
ko‘chmanchilar an’anasiga muvofiq ravishda ikki qismga bo‘lib boshqaradi. Birinchisi, markazi
O‘rxun vodiysi (Mo‘g‘uliston) bo‘lmish, Janubiy Sibir, Uzoq sharq, Shimoliy Xitoy va Oltoy
tog‘larining sharqidagi hududlarni birlashtirgan Sharqiy qism (qanot), ikkinchisi esa markazi
Yettisuv bo‘lgan, Oltoy tog‘ining g‘arbidan to Shimoliy Qora dengizgacha, Volga – Ural
bo‘ylaridan to Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan G‘arbiy qism
(qanot)dan iborat edi. Keyinchalik, Turk xoqonligining asosiy boshqaruvi vazifasi Sharqiy
qanotga o‘tganidan so‘ng, unga bo‘ysunuvchi G‘arbiy qanot zamirida G‘arbiy Turk xoqonligi
shakllanadi. VIII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan faoliyati davomida Sharqiy xoqonlikdan farqli
ravishda, Yettisuv va uning atrofidagi ko‘chmanchi qabilalarni birlashtirgan holda, asosan,
Sharqiy Turkiston va Amudaryo - Sirdaryo oralig‘idagi voha hukmdorliklarini, qisman Xuroson
va Shimoliy Hindistondagi bir qancha voha hukmdorliklarini o‘z ichiga olgan edi. Xoqonlik
ushbu hududlar ustidan o‘ziga xos boshqaruv usul va vositalarini ishlab chiqqan davlat
uyushmasi hisoblanardi.
Xoqonlik o‘z vassallarini, ayniqsa, voha hukmdorliklarini qanday boshqarganligi
masalasiga nazar soladigan bo‘lsak, avvalo ularning qachon vassalga aylantirilganligiga qisqacha
to‘xtalib o‘tsak. Bu borada asosan, xitoy manbalaridan, qisman boshqa (vizantiya, arab, fors)
manbalarda qayd etilishicha, Turk xoqonligi 550-yillarning o‘rtalarida Sharqiy Turkistondagi
voha hukmdorliklarini, 560-yillarda Amudaryo – Sirdaryo oralig‘idagi Toharistongacha bo‘lgan
hududlarni (Choch, Farg‘ona, Ustrushona, Sug‘d, Buxoro, Xorazm), 580-yillarda esa
Tohariston, Kobuliston, Xuroson hududidagi hukmdorliklarni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. Bu
hududlarning xoqonlik tomonidan egallanishi mazkur manbalarda batafsilroq yoritilmagan. Bu
haqdagi ma’lumotlar qisqacha jumlalar orqali keltirib o‘tilgan. Xitoy manbalarida Turk
xoqonligining dastlabki faoliyati yoritilganda
Tukyue
(Turk)lar
Ida
(Eftalitlar) davlatini mag‘lub
etganligi qisqacha qayd etilgan va xoqonlik ushbu davlat tarkibidagi g‘arbiy o‘lkalarni o‘z
tarkibiga qo‘shib olganligi keltirilib o‘tilgan1. ,,Beyshi‘‘, ,,Suyshu‘‘ kabi yilnomalarda ham
G‘arbiy o‘lkalar uchun ajratilgan boblarda har bir voha hukmdorliklari alohida tavsiflanganda
ham ularning
Tukyue
larga qaram ekanligi qisqacha bayon etiladi.
1 Бичурин Н. Я. Собрание сведений... I. - С. 229.