Ular yordamida, bevosita ishtirokida xon ma'muriy boshqaruvni
amalga oshirardi.
Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bog‘liq
barcha masalalami hal qiladigan dargoh-saroy devonida jamlangan edi.
Davlatning oliy darajali amaldorlari a'zo bo‘lgan va odatda bosh vazir
tomonidan
boshqariladigan
bu
mahkama
mamlakatning
siyosiy,
moliyaviy, harbiy tashkiliy va boshqa masalalami ko‘rib chiqar edi. Bu
yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdiqi bilangina kuchga kirar va
hayotga joriy etilardi.
Ko‘kaldosh, otaliq, naqib, vaziri a'zam, vazir, devonbegi va boshqa
oliy darajali saroy amaldorlari, no‘yon, tug‘begi, kutvol, dorug‘a,
qurchiboshi va boshqa harbiy amaldorlaming fikri va manfaatlari ham
qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi.
Davlat boshqaruvida harbiy-ma'muriy amaldorlardan tashqari,
ulamolar, din peshvolari, shayxlar va xojalaming, aynan Shayx ul-islom,
qozi kalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining ham ta'siri katta bo‘lgan.
Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘idan chiqqan
xojalaming mavqei juda oshib ketdi.
Mahalliy boshqaruv viloyat hokimlari qo‘lida bo‘lib, ular ham o ‘z
boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Unga qo‘shinga boshchilik qiladigan,
shariat qonunlarining to ‘g ‘ri bajarilishini nazorat qiladigan, aholidan
soliqlami yig‘ib oladigan amaldorlar (rais)lar kirgan. Viloyatlar o ‘z
navbatida kichik ma'muriy birliklar: tuman, kasaba va mavzelarga bo‘linib
idora qilingan.
Mahalliy boshqaruvning eng quyi bo‘g ‘ini oqsoqol (kalon taron)
tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi.
Xonlik viloyat (ulus)ga bo‘lib boshqarilgan. Manbalarda Samarqand,
Qarshi, Shahrisabz, Xisor, Balx, Termiz, Karmana, Qorako‘l, Miyonkol,
Shosh, Turkiston, Farg‘ona, 0 ‘ratepa, Marv kabi viloyatlardan tashkil
topganligi ko‘rsatilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan.
Odatda bunday yuksak mavqega xonning yaqin va ishonchli kishilari,
qarindoshlari, yirik qabila boshliqlari, harbiy yurishlarda o ‘zini ko‘rsatgan
o ‘zbek sultonlari muyassar bo‘lgan. Xonlikni chegaralari doimiy bo‘lmay
tez-tez o ‘zgarib, kengayib yoki qisqarib turgan.
Dostları ilə paylaş: