To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Belgiyalik olim Jak Dyushen Giyyoman



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Belgiyalik olim Jak Dyushen Giyyoman.
Biz elinliklar, varvarlardan olgan hamma narsasini o ‘zimizniki qilib 
olamiz va uni kamolot cho‘qqisiga ko‘taramiz.
Platon
G ‘arbning barcha buyuk allomalari, buyuk shaxslari Sharq 
ma'naviyati va madaniyati xazinasidan ziyo oldilar. G ‘arb o ‘z gulxanini 
Sharq quyoshidan yondirib oldi.
Fozila Sulaymonova
Ma'lumki, g ‘arb tarixida buyuk islohotchilar va ma'rifatchilar davri 
eng zo‘r va ajoyib Uyg‘onish davri deb nom olgan Rim va Yunoniston 
madaniyatini ravnaqiga qiyos qilinib ta'riflanadi. Aslida esa insonparvarlik 
g ‘oyalari isloh qilish harakati 0 ‘rta Osiyo buyuk farzandi Zardushtdan 
boshlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Chunki uning ta'limoti insonparvarlik g'oyalarini birinchi bo‘lib 
ilohiylashtirgan, dunyoviy hayotni muqaddaslashtirgan, uning asosiy 
aqidalari keyingi jahon dinlari xristianlik va islonming aqidaviy va ibodat 
qoidalariga ham zamin bo‘lgan.
«Avesto»ning o ‘rganishda payg‘ambar Zaratushtra faoliyati va 
zardushtiylik dinining vujudga kelishi muammosiga e'tibor beriladi.
Zaratushtra (yunoncha - Zoroastr, fors tilida - Zardusht)ning nomi 
qadimgi Eron Zarushtra so‘zidan kelib chiqqan, «Zar» - bu «oltin», 
«ushtra»tuya yoki uch xil ma'noda - «Oltintuyali», «Oltin tuya egasi»,
23


«Tuyalar yetaklagan odam» deb tarjima qilinadi. Gap shundaki, 
«Avesto»ning yaratilishi davlat arbobi va qonunshunos din, ilohiyotchisi 
sifatida Zaotar va otarbon unvonlari sohibi, o ‘z davrida «payg‘ambar» 
(ezgulik haqida darak beruvchi) sifatida shuxrat qozongan Spitamen nomi 
bilan bogiiq boiib, Spitamen Zardusht taxminan miloddan avvalgi 630- 
553 
yoki 618-341-yillarda yashagan davrda Markaziy Osiyoda 
ko‘chmanchilar inqiroziga uchrab, Turonu Eronda el boiib, o ‘troq yashay 
boshlagan turkiylar, forsiylar, derbiklar, osiylar, toxarlar, daxlar, 
massagetlar, saklar, xorazmliklar, chochliklar, baqtriyaliklar o‘troq 
hayotga moslashib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikka o ‘ta 
boshlagan va qadimgi shahar viloyatlarga asos boiishgan edi.
Patriarxal urug‘ jamoasi munosabatlari о ‘mini markazlashgan davlat 
tizimi egallashi bilan xarakterlanadi.
«Avesto»da inson ijtimoiy mehnati tufayli barcha yomonlikdan 
yovuzlikdan qutulishi mumkinligi g ‘oyasi yotadi. Dehqonchilikdagi 
mehnat yaxshilikning yuzaga chiqishida va insonni qayta tarbiyalashda 
asosiy omil, Axura Mazda qonuniga bo‘ysunish hisoblanadi. “Kim g ‘alla 
eksa olijanobdir. G‘alla ekkan kishi ezgulik um gini sochadi”. Demak, 
mehnat va tabiiy ehtiyoj tufayli insonlar birga yashashni ilgari suradi.
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi boiib, bizgacha 
yetib kelgan qismlari milodning III-VII asrlarida tahrir qilingan. «Avesto» 
boblari fors alifbosi asosida 48 ta belgili yozuvdan iborat. «Avesto» fors 
tilidan «Apastak» yoki «Asos» deb tarjima qilinadi.
Tarixiy manbalar «Avesto»ni Oksus ya'ni Amudaryo sohillarida, 
Eron Vij oikasini esa Xorazm oikasidir deb ta'kidlanadi. «Avesto»1000 
fasldan iborat boiib, 21 kitobni o ‘z ichiga olgan, ilk yozmasi 8300000 
so‘zdan iborat boigan.
«Avesto» birinchi b o iib , XVIII asrda (1755-1761-yfflarda) fransuz 
olimi Anketil Dyuperron tomonidan tarjima qilingan.
A.Dyuperron 
Hindistonning 
Gujarat 
viloyatida 
Eron 
zardushtiylarining avlodlari - parslaming urf-odatlari va diniy marosimlari 
bilan tanishib chiqqan. Dyuperonning xizmati shundaki, u parslaming 
diniy yozuvlarini o ‘qiy olgan, eng qadimgi 1288-yilda ko‘chirilgan 
qoiyozm a nusxasini tarjima qilgan.
Dastlabki «Avesto» 21 ta kitobdan iborat boigan. Ayrim qismlari 
saqlanib qolgan: Yasna - «qurbonlik keltirish», Vispard - «hamma 
hukmronlar», Yasht - «qadrlash», «ulugiash». Videvdat - «devlarga 
qarshi qonun» boiib, sosoniylar davrida tahlil qilingan.
24


I. Yasna 72 bobdan iborat hamdu sanolar, qurbonlik qilish va boshqa 
zardushtiylik marosimlarini bajarish paytida yoddan o ‘qiladigan duolami 
qiroat bilan o'qish, otashparastlik bayramlari rasm-rusumlari o ‘z ifodasini 
topgan.
II. Yasht - alohida xudolami madh etuvchi va yovuz kuchlarga 
qarshi kurashda ezgu ma’budalariga madadkor bo‘lgan kuchlami 
ulug‘lovchi 22 ta qo‘shin oyatlarlardan iborat.
III. Visparad 24 bobdan iborat poklik, to‘g ‘rilik yo‘lini tutgan zotlar 
Oliy Tangri Axura Mazda barcha yaxshi xislat va fazilatlarga 
bag‘ishlangan.
IV. Videvdat 22 bobdan iborat, ularda Axura Mazda yaratgan 16 ta 
mamlakat va Anxra Manuning ularga yetkazgan zarari haqida so‘z 
yuritiladi. 20-bobida dunyodagi 1-tabib Srita haqida ma’lumot beriladi.
Videvdatning keyingi boblarida qadimgi zardushtiylar chiqargan 
qonunlar kishilaming induvidual va ijtimoiy huquqlari, shuningdek, 
odamlarning jamiyatdagi bir-biriga nisbatan tutgan o ‘rinlari, axloq va 
odob, jinoyat va jazo badanni va ruhni chiniqtirish, kishi o ‘zini har xil 
nopokliklardan asrashi, tabiblik va tabib haqi, o ‘likni yerga ko'mib yemi 
karom qilgan yoki yolg'on va'da bergan odamni jazolash, o ‘liklami 
qo‘yadigan daxmalar qurish, ko'mish marosimi va o ‘likdan yomon jinlami 
quvish uchun yoniga it olib borish, it boqish va uni ehtiyot qilish, ayollarga 
munosabatda boMish, soch va tirnoqlarni qachon olish va ularni toza 
saqlash, odamlarni g ‘aflatdan uyg‘otuvchi xo‘roz haqida, suvning 
shifobaxshligi, chaqaloqni parvarishlash va hokazolar.
Bu bobda quyosh xudosi Mitra yovuzlik va ezgulik o'rtasidagi 
kurashning intiqosida hakamlik vazifasini bajargan.
Quyoshga sig‘inish bilan ular quyosh tiriklik, poklik va yaratuvchilik 
manbai ekanligi uchun, sajda qilib poklanishgan. Bu bobda chorvani 
ko‘paytirish va uni asrab-avaylash uchun xonaki it asrash va uni 
hayvonlarga ozor bermaslikka o ‘rgatish qonun qoidalari mavjud.
Zardushtiylik 
dinining 
muqaddas 
kitobi 
«Avesto» 
hozirgi 
0 ‘zbekiston hududida miloddan oldingi II ming yillik o'rtalarida yashagan 
qabilalarning diniy va dunyoviy mafkurasi, ilk davlatchilik ijtimoiy- 
siyosiy tuzumi, huquqi haqida asosiy manba sifatida qimmatli 
ma'lumotlarni beradi. Buyuk mutafakkirlar, shoir va faylasuf davlat arbobi 
va qonunshunos, din ilohiyotchisi Zaotor yoki Otorbon unvonlari sohibi, 
o ‘z davri payg‘amblari payg‘ambar Sipitamon Zardushtiy 630 550-yoki 
618-541-y. paytda Markaziy Osiyoda ko‘chmanchilikka asoslangan 
turmush-tarzi inqirozga uchray boshlagan Turon zaminida azaldan el
25


bo iib yashab kelayotgan turkiylar, forslar, saklar, osiyoliklar, toxarlar, 
daxllar, massagetlar, baktriyaliklar, parkanaliklar, xorazmliklar, chochlik 
va boshqa xalqlaming aksariyati ko‘chmanchilikdan o ‘troq hayotga, 
dehqonlik, chorvachilik va hunarmandchilikka o ‘ta boshlagan edi. Bu esa 
qadimgi Xorazm, So‘g ‘d, Marv, Balx Nisoya, Hirot, Parfiya va boshqa 
oikalarda markazlashgan davlat tizimi asoslarining yaratilishiga sharoit 
tug‘dirgan edi.
«Avesto»ning Videvdat kitobida Oliy Tangri yaratgan 16 ta davlat 
(oika)ga oid ma'lumotlar uchraydi.
«Men har bir sarzaminni, garchi ular rahotboxsh boimasa-da, 
xalqlari nazadida xush qilib yaratdim.
Men Axura Mazda yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt bu- 
Domitiy daryosi sohilidagi Iyron Vij edi.
2-go‘zal yurt Sug‘d (Tavo) 3-go‘zal yurt, qudratli va pok Marv, 4- 
zebo va orasi Balx, (Baxl, Baqtriya), 5-Baxl va Marv orasidagi Nisoya 6- 
Xirot va uning daryochasidir, 7-badsoyali Vaixa Girta, 8-Keng yaylovli 
Avravadir 
(Tus 
viloyati), 
9-Go‘rg ‘ondagi 
Xnintadir, 
10-dilkash 
Xaravayata (Xirot), 11-Serhosil Xiyrmand, 12-uch baxodir hukmron 
boigan Raydir, 13-qudratli va pok Chapradir, 14-Ajdaxoni m agiub etgan 
Faridun dunyoga kelgan 4 go‘shali Varinadir, 15-Xaftrud, 16-Rangha 
daryosi atrofidagi xalqlar yashovchi makon”.
«Avesto»da bayon etilishiga, bu qadimgi 16 mamlakatning hududiy- 
ma'muriy va siyosiy-huquqiy boshqaruv tizimi quyidagicha tashkil etilgan. 
Davlatni- podshoh «kavi» boshqargan, kavi muhim ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, huquqiy masalalami o ‘zida mujassamlashtirgan. Tarixchilarning 
fikriga ko‘ra, «kavi»ning hukmdorlik huquqi belgilanishida «farr» 
(Avestoda Xvamo) asos sifatida qabul qilingan, ya’ni oliy dunyoviy 
hokimiyat sulolaning (vakilidan ikkinchisiga o ‘tishida muayyan ilohiy 
belgi sodir boiar, ya’ni muayyan bir jonivor yoki yog‘du shu’lasi 
hukmronlikka tanlangan kishilami ko‘rsatadi. Oilalaming birlashmasi, 
«nmana», uy, oila jainoasi “dmana”, katta oila jamoasi oqsoqoli 
“nmanapati”, urug‘ jamoasi boshlig'i “vis”, katta qishloq oqsoqoli 
«vispati» qabila boshlig'i «zantupati», viloyat hokimi “daxyupati” (bir 
necha viloyatlarning boshligi va harbiy boshliq “daxiyu sastar”). Qonun 
chiqaruvchi organ oqsoqollar kengashi «varzanapati» deb, xalq Majlisi esa 
«vyaxa» deb atalgan. Oqsoqollar Kengashining uyushmasi kohin Oliy 
sudya vazifasini bajargan, uni “Zaraushtroema” deb atashgan, uning hukmi 
qat’iy boigan, unga hech kimning e’tiroz bildirishga haqqi boimagan. 
Oqsoqollar kengashi-varzanapati qoiida diniy mafkura va hokimiyat
26


birlashgan. Ular jamoa faoliyatidagi ijtimoiy-huquqiy va xo'jalik 
masalalarini hal etganlar. Katta oila jamoasi oqsoqoli “nmanapati” oila 
jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq hisoblangan. «Vis» muhim 
ijtimoiy siyosiy va huquqiy vazifalarini bajargan. U katta oila jamoasi 
oqsoqollari «nmapati»lar ichidan saylanib, urug‘ jamoasi boshlig‘i, qozi, 
diniy kohin, rahnamo hisoblangan. «Daoxiyu sastar»lar bir necha qabilalar 
yashaydigan ma'muriy hududni, viloyatlar va yirik o ‘lkani va harbiy 
qo‘mondonlik boshqaruvi vazifasini bajargan. Ular tomonidan chiqarilgan 
har qanday nizomlar va buyruqlar jamoa a'zolari uchun muqaddas qonun 
vazifasini bajargan.
Jamiyat aholisi 4 toifaga bo‘lingan. Kohinlar, jangi askar, chorvador 
va hunarmandlar. («Yasna», 19 bob) qullar ham bo‘lgan ular - “vaysa”, 
oila xizmatkorlari «Viranmaja», insoniy huquqlari cheklangan cho‘pon- 
“payshautar” deb atalgan. Asosiy boylik jamoa boshliqlari, oqsoqollar, 
sarkardalaming qo‘lida to ‘planib, «gayta» boylik yoki xususiy mulk degan 
ma'noni anglatadi.
«Avesto»da jamiyat to ‘rtta asosiy qismga bo‘linadi. Uy, oila jamoasi
- «nmana», «dmana», urug‘ jamoasi - «vis», «qabila», «zantu», qabilalar 
ittifoqi - «dahiyu» deb atalgan. Vis 15 ta qarindosh nmanadan tashkil 
topgan. Visga qizning farzandlari kirmagan. Chunki “vis” mutlaqo 
patriarxal oila boigan. Jamiyat iqtisodiy asosini urug‘ jamoasi tashkil etib, 
ijtimoiy huquqiy vazifani bajargan.
Zardushtiylik ta'limotiga ko‘ra Markaziy Osiyoda davlatchilikning 
shakllanishi 3 davrga bo‘linadi.
1-eng qadimgi davrda adolat va insoniy saodat hukmron bo‘lgan 
(Yasna 32)
2-davr ezgulik ruhlari bilan yovuzlik ruhlari o ‘rtasida adolat uchun 
kurash.
3-davr - aql-idrok va adolat tantana qiladi va bu davrda 
dehqonlarning badavlat, davlatning mustahkam boiishi uchun yaxshilik 
ta'limini va sadoqatini amalga oshirib, yaxshi hokimlar hukm 
yuritaversinlar, adolatli qonunlarni amalga oshirsinlar (Yasna,48).
Zardushtiylik ta'limotida rostlik va haqiqat uch ma'naviy-huquqiy 
g ‘oyaga asoslanadi: ezgu fikr, ezgu kalom (so‘z), ezgu amal (ish).
«Avesto»da Oila va nikoh munosabatlari quyidagicha tartibga 
solingan:
15 yoshga to‘lganlar balog‘at yoshida hisoblangan. Bu o'smirlar 
zardushtiylikka e’tiqod ramzi sifatida beliga yung ipakdan to‘qilgan kamar 
bog‘lab yurishi va «otashparastlar ibodatxonasida o'tkaziladigan diniy
27


marosimlarda qatnashishi shart boigan». Diniy tarbiya bolaning 7 
yoshidan otashparastlik ibodatxonasida boshlangan: 1) diniy va axloqiy 
tarbiya. 2) jismoniy tarbiya. 3) o‘qish va yozishga o ‘rgatishdan iborat 
boigan.
«Zardushtiy»larda bolalaming axloqiy, aqliy, jismoniy, jinsiy 
hislami, rostgo’ylik, vatanparvarlik, saxiylik fazilatlarini tarbiyalashga 
jiddiy e'tibor berilgan.
0 ‘g ‘il bolalarga kurash tushish, otga suvliq solish, uni egarlash, mol 
boqish, urchitish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, ularni 
yirtqich hayvonlardan himoya qilish uchun 50dan ortiq harbiy qurol ishlata 
olish malakasini egallash majburiy boigan. Ularga chavandozlik va 32 xil 
harbiy hunar o ‘rgatilgan.
Qiz bolalar tarbiyasiga alohida e'tibor berilgan. Qiz bolalaming ip 
yigirish, liboslar tikish, o ‘g ‘il bolalar bilan kurash tushish, chavandozlik, 
qilichbozlik, suvda suzish, kamondan o ‘q uzish kabi jismoniy-harbiy 
malakani egallashi majburiy boigan. Ana shundan so‘ng qizlar 15, o ‘g ‘il 
bolalar 16 yoshida oqsoqol boshchiligida jamoa oldida maxsus imtihondan 
o'tkazilgan. Qizlar «kadbonu» ya'ni, «uy bekasi», yigitlar esa, «kad xudo»- 
«oila boshligi» boiish huquqini q o ig a kiritganlar.
«Avesto»da o ‘smirlar 15-16 yoshlarida balog‘atga yetgan va turmush 
qurish huquqiga ega deb ko‘rsatilgan. Agar erkak zurriyod qoldirish 
qobiliyatiga ega boisa-yu, ammo uylanmasa unga tamg‘a bosishar yoki 
beliga zanjir bogiab yurishga majbur qilishgan. Yer yuzida zurriyotni 
ko‘payishiga qarshi chiqib, turmush ko‘rmay yurgan qizni qopga solishib, 
25 darra kaltaklashgan. Zardushtiylik dinida erkak kishi sogiom boiishi 
uchun o ‘z vaqtida to‘yib ovqat yeb yurishi olqishlanadi. Serfarzandlik ham 
qoilab-quvvatlangan. Zardusht Axuramazdadan «serfarzand xonadonga 
nima berasan» deb so‘ralganda: u “bunday odamlarni o‘z himoyamga 
olaman, hayotini farovon, rizqini m o‘1 qilaman” deb javob beradi.
«Avesto»da qarindoshlaming o ‘zaro oila qurishi qonun bilan qat'iy 
man qilingan. Ko‘p bolali ayollarga tuyalar berilgan. Bolasini nobud 
qilgan ayollar esa oiim ga mahkum etilgan. Shuningdek oilasini, bolalarini 
sarson qilgan oila boshligiga, zinoga berilgan erkak va ayolga nisbatan 
darra bilan kaltaklash yoki o iim jazosi qoilanilgan. Bir y o ia 2-3 ta 
farzand ko‘rgan ayolga bir juft sog‘in sigir, sariq tuya berilgan, davlat 
xazinasidan nafaqa toiangan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin