Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-hidoya” asarida
sud dalillari va sudlov haqida
“Hidoya” shariat sudlari - qozilar, ulaming oldiga qo'yiladigan
maqsad va vazifalar, ish yuritish, jazo, hukmni ijro etish masalalariga
maxsus kitob bagishlangan boiib, u “qozining majburiyatlari” deb
ataladi. Musulmon fiqhi asosida ish ko‘radigan sud'yalar-qozilar tizimi
ham dastlab Arabistonda vujudga kelib, ayniqsa Abu Yusuf davrida u
maxsus muassasa sifatida shakllangan, musulmon huquqiy ideologiyasiga
ko‘ra qozilik so‘rab yoki iltimos qilib, yugurib tanish-bilishchilik qilib
egallanadigan mansab emas, hukmdor tomonidan shu ishga loyiq qilish
majburiy
tayinlash
natijasida
egallanishi
rag‘batlidir.
Bunday
hisoblanishiga Muhammad Alayhissalomning hodisalarida keltirilgan
“kim qozi qilib tayinlansa, u halqumi o ‘tkir pichoq bilan emas, o ‘tmas
pichoq bilan kesilayotgan hayvon kabi azobga tortiladi”, degan hadis
sabab b o isa kerak. Shuning uchun ham manbalarda keltirilishicha,
ko‘plab fiqhlar qozilik mansabini egallashdan bosh tortganlar (Masalan,
Abu Hanifaning o ‘zi) qiynoq ostidagina uni egallashga rozi boiganlar.
84
Qozilar oldiga qo‘yilgan talablar uncha murakkab emas, oddiy
kasbiy va insoniy talablardan iboratdir. “Hidoya” islom dunyosida e'tiborli
kitobdan bo‘lib, barcha madrasalarda musulmon huquqi bo‘yicha
qo‘llanma sifatida o ‘qitilgan. “Hidoya” muallifi mujtahidi muallaq
darajasidagi fiqh olimi bo‘lib, yuridik amaliyotda va yaxshilik tarafdori
bo‘lishlari lozim. Ular kamida guvohlik bera oladigan shaxslarga
qo‘yilgan talablarga javob bera bilishlari kerak. Chunki guvohlar uchun
muhim bo‘lgan xislatlar qozilar uchun ham muhimdir. Agar qozilikka
tayinlanayotgan shaxs ozod va sog‘lom, musulmon bo‘lmasa, voyaga
yetmagan, tuhmatda ayblangan bo‘lsa, unga bu vazifa berilmagan. Bu
talabni hozirgi huquqshunoslik tili bilan ifodalasak, qozi aqli raso, huquq
va muomalaga layoqatli, jismoniy shaxslar talabiga javob bera oladigan,
fiqh ilmidan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim.
Qozilik mansabiga tayinlash davlat vakolati xususiyatiga ega.
Hukmdor (davlat boshlig‘i) bu mansabga o ‘z majburiyatlarini bajaradigan
va adolat bilan qarorlar chiqara oladigan shaxslarni tayinlashi lozim edi.
Qozilikka noqobil kishilarning tayinlanishi jamiyatga katta zarar keltiradi.
Bu holni Marg‘inoniy Rasululloh hodisalariga tayangan holda asoslab
beradi. Muhammad Rasululloh aytganlar: “Kimda kim biror tegishli
mansabga qo‘li ostidagi shu mansabni bajarishga loyiq, sofdil, adolatli
kishilarni tayinlamay,
boshqa bir kishini tayinlasa, u xudoga,
payg‘ambarga, musulmonga nisbatan adolatsizlik qilgan bo‘ladi.” Yana
shuni ko‘rsatish mumkinki, qozilikka o ‘z qobiliyatiga ishonadigan shaxslar
tayinlanishi lozim. ammo bu ishga o ‘zini o ‘zi nomzod qilib ko‘rsatish
maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Ammo har bir musulmon kishi
qozilikka tayinlanish istagiga ega bo‘lishi mumkin. Muhammad
Rasululloh deganlar: “Kimda-kim qozilik mansabini axtarsa, u o ‘ziga o ‘zi
javob berishi kerak, lekin kimda kim majburiyat orqasida istasa, uning
uchun farishta osmondan tushib, uni boshqaradi”.
Bundan ko‘rinib turibdiki, musulmon huquqiy falsafasiga ko‘ra,
majburiyat orqasida qozi bo‘lish faxrlidir.
Qozilikka tayinlangan shaxslar o ‘z majburiyatlarini masjidda,
xaloyiq oldida, yoki o ‘z uylarida olib borishlari kerak bo‘lgan. Eng yaxshi
joy jome' masjidlari hisoblangan. Ulaming pora olishlari, o ‘z qarindosh-
urag‘lari va yaqin do‘stlaridan, boshqa shaxslardan sovg‘a-salom
kutishlari mumkin emas edi. Ammo qarindosh urug‘lari ham qonunga
qarshi harakat sodir etgan bo‘lsa, qozi undan sovg‘a-salom olishdan voz
kechishi zamr edi. Qozi imomning ruxsatisiz o ‘z o ‘rinbosarini tayinlay
olmagan. Agar qozi imomning raxsati bilan o ‘zi xohlagan kishini
85
o ‘rinbosar etib tayinlasa, keyinchalik uni bo‘shatish huquqidan mahrum
boigan. Chunki o ‘rinbosar hukmdor (davlat boshlig‘i)ning vakili
hisoblangan. Har bir qozi o ‘z faoliyatida boshqa qozilami adolat bilan
ishlashga undashi, Qur'oni Sharif va sunnatlarga rioya qilishlikni talab
etish kerak.
Agar javobgar qozi hukm chiqarish paytida dastlab da'vogar talabiga
qarshi tursa-yu, so‘ngra ko‘rinmay ketsa, qozi qaror chiqarish muddatini
kechiktirishi mumkin. Chunki, qoidaga ko‘ra, qozi qaror chiqarayotgan
paytda da'vogar bilan javobgar o ‘rtasida haqiqiy bahs boiishi kerak.
Qozi hakamlar sudining qarorini к о ‘rib chiqib, agar uni ma'qullasa,
unga ijro kuchini bergan. Ammo unga norozi yoki qarshi boisa, u holda
qozi uni bekor qilishi lozim, chunki hakamlar sudining qarori qozi uchun
majburiy boimagan.
Sudda agar da'vogar, javobgarga biror narsani da'vo qilsayu,
javobgar bundan tonsa, u holda javobgar o ‘zining javobgar emasligini
guvohlar orqali isbotlashi kerak va bunday hollarda javobgarga ishonish
lozim boigan. Agar nasroniylik diniga mansub kishi vafot etsayu, uning
bevasi qozi huzuriga musulmon ayol sifatida kelsa, ammo merosxo‘rlar
uning aksini (musulmon emasligini) tasdiqlasalar, bunday holda
marhumning merosxo‘rlariga ishonish kerak hisoblangan.
“Hidoya”ga ko‘ra qozining buyrugi bilan har qanday kishi jazolash
to‘g ‘risidagi hukmni ijro etishi mumkin. Agar qozi: “Men bu shaxsni
toshbo‘ron qilishga hukm qildim, shuning uchun uning qoiini chopib
tashla deb aytsa, buyurilgan shaxs qozining hukmini bajarishga majbur
boigan. Qozi ishdan bo‘shatilgandan so‘ng oddiy xususiy shaxs bo iib
qolgan.
Ma'lumki, sud davlat tomonidan turli ko‘rinish va shakllarda ta'sis
etilib, hokimiyat vakolati bilan ta'minlangan, faqatgina o ‘ziga topshirilgan
maxsus sudlovni amalga oshiradigan davlat organlarining bir turidir. Sud
jamiyatning siyosiy tashkiloti boigan- davlatning ajralmas belgisi, davlat
faoliyatining bir yo‘nalishi, odil sudlovni amalga oshiradigan tashkilotdir.
Shuning uchun ham sud organlari davlat va huquq bilan bir vaqtda
vujudga kelgan. Boshlangich, sud faoliyati ma'muriy faoliyatidan
ajralmagan. Arablar tomonidan bosib olinishi va Turkistonda musulmon
huquqining yoyilishi bilan alohida sud organi qozilar sudi tizimi tashkil
topdi. Musulmon huquqiy ideologiyasiga ko‘ra, sud faoliyati sodir etilgan
g ‘ayriqonuniy harakatning diniy ijtimoiy xavfli darajasini va uni sodir
etgan ayblanuvchi Shariat qonunlari asosida aniqlash, keltirilgan zarami
qoplatish (Xun olish), zararli oqibatni tugatishni nazarda tutgan. Bu yerda
86
biz G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bo'lganidek, tartibni sudlami diniy
(inkvizatsion) sudlar va dunyoviy sudlarning alohidaligini, inkvizatsion
sud tomonidan turli shakllarda qo‘llanilgan azoblash usullarini ham
ko‘rmaymiz. Bu yerda huquq tizimi yagona bo‘lgani kabi sud tizimi, sud
faoliyati va huquqiy targ‘ibot ham yagona. Ammo musulmon huquqi
mamlakatlarida ham xudosizlik, diniy jinoyatlar qattiq ta’qib ostiga
olingan.
Sud tashkilotlari, huquqiy tizim ham islom davlatini qo‘riqlovchi,
mustahkamlovchi vazifani bajaradi. Davlat ham sud va huquqqa nisbatan
uyushtiruvchi, qo'riqlovchi vazifalami amalga oshiradi. Diniy huquqiy
targ‘ibot ko‘proq nazorat etuvchi mansabdor shayxlar Shayxulislom (yoki
rais), sadr, muhtasib kabilan faoliyati bilan ta'minlanganligini ko‘ramiz.
Dunyoviy huquq - tartibot esa qozilaming barcha turlari, bosh qozi
(qozi kalon) (qozi kuzzat), shuningdek, biylar sudlari, bulardan tashqari,
davlatga qarshi jinoyatlarni hokim va beklar o ‘zlari ko‘rib jazo
tayinlaganlar. Ammo bu sudlar vazifalari biror bir sud to ‘g ‘risidagi
qonunlar bilan aniq ajratib qo‘yilmagan. Shuning uchun ham sudlovlilik
turli qozilarga almashib, o ‘tib ham turgan. qozilar shariat fiqh ilmlaridan
xabardor, odatda madrasalarda tahsil ko‘rgan kishilardan tayinlangan.
“Hidoya”da shahodat berish yoki dalillarga ajratilgan qoida hamda
fikrlar maxsus kitobda (XXI-XXII) jamlangan. Bunda dalillarni qabul
qilish, ularni qabul qilishni rad qilish, guvohlaming ko‘rsatuvlari orasidagi
fikrlar haqida, meros masalalarida dalillar, dalillarni guvohlantirish kabi
masalalar yoritilgan. Sudda isbot dalil kuchiga ega bo‘lgan asosiy narsa bu
guvohlaming ko'rsatuvlari, hujjatlari hamda lozim bo‘lgan hollarda, qozi
tomonidan yashirin yoki ochiq holda o ‘tkaziladigan gumonlardan (shartli
ravishda psixatrik ekspertiza) tozalash o ‘tkazilishi. “Bunda guvoh yoki
javobgaming so‘zlariga ishonish mumkinmi? Uning xarakteri, mhiyati
qanday?” degan savolga javob berish uchun uni yaxshi bilgan yoki
kishilarning xarakterini ajratishi mumkin bo‘lgan kishilarga qozi yozma
so‘rov ba'zan ochiq majlisiga shunday kishilami (kamida 2 kishi bo‘lishi
kerak) taklif qiladi.
Guvoh aqli raso, shaxsan ozod, obro‘li, er va xotin kishilar ham
bo‘lishi mumkin, ammo ikki xotin kishining ko‘rsatuvi bir erkaknikiga
to ‘g ‘ri keladi.
Guvohlik ko'rsatmalarini berish bu farz, ya'ni musulmonning
majburiyatlaridan biridir. Shuning uchun undan bila turib, bo‘yin tovlash
mumkin emas. Shuning bilan birga qullar, cho'rilar, tuhmatchilikda
ayblanganlar,
motam
marosimlarida
yig‘lash
va
kuylash
bilan
87
shug'ullashuvchilar (go‘yandalar), ta'qiqlangan ichimlik ichishga o ‘rganib
qolganlar, qush ovchilari, ilgari rahimsiz jinoyatlar qilgan kishilar, sudxo'r
va o ‘yinchi, kamtar bo‘lmagan kishilar ham guvoh boiishlari mumkin
boimagan.
Dostları ilə paylaş: |