Amirlik ma'muriy hududiy jihatdan 28 ta beklik, bekliklar esa
amloqdorlarga bo‘lingan. Ulami qushbegi taqdimiga ko‘ra tayinlangan
beklar va amlokdorlar boshqargan. Ular o ‘z hududida soliqlarni undirish,
jinoyatchilami qidirish, tartib intizom va osoyishtalikni
saqlash ishlariga
rahbarlik qilgan.
Ularning huzurida amaldorlar va xizmatchilar ham bo‘lgan.
Amlokdorlar qishloqlarga bo‘linib, ular oqsoqollar tomonidan
boshqarilgan.
Buxoro amirligida Oliy sud hokimiyati amir ko‘lida to‘plangan
bo‘lib, amir o ‘lim jazosi bilan bog‘liq ishlarni, mansabdorlarni ishlarini,
o ‘g ‘irlik, bosqinchilik bilan shug‘ullanuvchi guruh boshliqlarini, qushbegi,
devonbegi, zakotchi, beklar doimiy qo‘shin boshliqlari ishlarini ko‘rgan.
Sudlov sohasida amirdan keyin qozikalon turgan, qozikalon
qozilarga tegishli bo‘lmagan jinoyat va fuqarolik ishlarini,
amirlik aholisi
bilan Turkiston oTkasi aholisi o ‘rtasidagi merosni taqsimlash, da'voni
qondirish bilan bog‘liq ishlarni, Buxoro shahrida sodir etilgan jinoyat
ishlarini ко ‘rib hal qilgan. Qozikalon huzurida katta mufti va 12 ta
muftidan iborat devon bo‘lib, u alohida masalalar bo‘yicha shariat
qonunlariga asoslanib rivoyatlar chiqarish bilan shug‘ullangan.
Mahalliy qozilar 3 turga; qozilar, bosh yoki katta qozi va qozi
askarga boTingan. Qozilar 500 tillodan yuqori bo‘lmagan fuqarolik
ishlarini, yer, meros masalalari bo‘yicha notariuslik vazifasini bajargan.
Mahalliy amaldorlar tomonidan o ‘tkazilayotgan tergov ishlarida o ‘z
vakillari yoki o ‘zlari ishtirok etishgan. Mulkni qiymatini aniqlash,
tekshirish o ‘tkazishni mulla azimlar tomonidan tashkil qilgan.
Bosh yoki katta qozi qozilar tomonidan ko‘rilgan
ishlar ustidan
tushgan shikoyatni ко‘rib hal qilgan.
Qozi askar esa harbiylar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar va
fuqorolik ishlari bo‘yicha davolarini ko‘rib hal qilgan.
Ruhoniy tabaqalarning ishlarini esa Shayx ul-islom ко‘rib hal qilgan.
Buxoro shahrini boshqarish mirshablarga yuklatilgan. Buxoro shaxri
2 qismga bo‘lingan bo‘lib, har birida 6 tadan mirshablik hududlari bo‘lgan,
ularga o ‘nboshi rahbarlik qilgan, uning huzurida esa 100 taga shabgardi
bo‘lgan. Mirshablar jamoat tartibini saqlash, osoyishtalikni ta'minlash,
qamoqlarda tartib intizom o'matish va mahkumlarni itoatda saqlashni
amalga oshirganlar.
Beklik va amaldorliklarda bu vakolatlar yasovulboshiga yuklatilgan.
Yasovulboshi huzurida 10-20 tagacha navkar xizmat qilgan.
146
Buxoro amirligida Rossiya protektorati davrida huquqning asosiy
manbai
sifatida shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi yashaydigan
hududlarda odat huquqi normalari saqlanib qolingan.
Vujudga kelgan yangi ijtimoiy munosabatni tartibga solish uchun esa
ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ular 1868-yil 23-iyuldagi "Sulh”,
1873-yil sentabrdagi "Do‘stlik” haqidagi shartnoma, "Buxoro xonligida
vino ishlab chiqarish haqidagi qoidalar" (1893-y), "Buxoro xonligidagi
oltin sanoati haqidagi qaror" (1896-y) "Buxoro xonligida kuchli quvvatli
ichimliklami sotish qoidalari" (1889-y, iyun), "Buxoro xonligida kuchli
quvvatli ichimliklami sotish joylarini, ularning turlari va soni hamda yangi
savdo joylarini tashkil qilish tartibini belgilash haqidagi qoidalar" va
boshqalar edi.
Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi o'rtasida imzolangan "Sulx"
(1873-y, avgust) shartnomasiga ko‘ra, xonlik Rossiyaning vassaliga
aylandi. Shartnomaga ko‘ra, xonlik va Rossiya o'rtasidagi
munosabatlarni
amalga oshirish va xalq hukumati faoliyatini nazorat qilish uchun 7
kishidan iborat Kengash tashkil etilgan. Kengash a'zolarining 4 tasi chor
hukumati vakillaridan 3 tasi xivaliklardan (xon, mextar, devonbegi) dan
iborat bo‘lib, uning raisi rasman xon bo‘lsada, qabul qilingan qarorlar
Turkiston general-gubematori tomonidan tasdiqlanishi belgilangan edi.
1874-yilda Amudaryo okmgini Amudaryo bo‘limiga aylantirilishi
munosabati bilan Kengashga barham berildi. Amudaryo bo‘limiga harbiy
boshliq boshchilik qiladigan bo‘ldi. U Rossiya bilan Xiva xonligi
o ‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish vakolatiga ega bo‘lgan.
1887-yildagi Nizomga ko‘ra, Amudaryo bo‘limi boshlig‘i harbiy
gubernatorga bo‘ysunadigan bo‘ldi. U Amudaryo bo‘limidagi chor
qo‘shinlariga rahbarlik qilardi.
Xonl ikda davlat boshlig‘i rasman xon bo Tib, u mamlaktni
amaldorlariga tayangan holda boshqargan. Markaziy boshqaruv idoralariga
mansabdorlami lavozimga tayinlash va vazifasidan
ozod qilishni General-
gubematoming roziligi bilan uning yorlig‘iga ko‘ra amlga oshirgan.
Xondan keyingi mansabdor Mextar bo‘lib, u davlat xazinasiga boshchilik
qilgan, davlat daromad va xarajatlarining hisobga olishga rahbarlik qilgan.
Shimoliy qism aholisini boshqargan. U
Dostları ilə paylaş: