Qishloq xo‘jalik inshootlari - silos chuqurlari, minoralar, uzumzor ta-
yanchlari, molxona maxsus buyumlari, issiqxona karkaslari M200-M300
betonlardan tayyorlanadi.
Gidrotexnik inshootlar qurilishida temirbeton plitalar, to‘sinlar,
qobiqlar, yuqori diametfdagi quvurlar, svaylar va shu kabilar ishlatiladi.
Ular M 200-M 500 o g ^ ^ b eto n d a n arm aturalangan holda ishlatiladi.
Konstruksiyalarga suv o ‘tkazmaslik va sovuqqa chidamlilik bo‘yicha
yuqori talablar qo‘yiladi.
Gidromelioratsiya qurilishida temirbetondan suv ta’rmoqi va kollektor
tizimi quvurlari, yig‘ma quduq, kanal qoplama plitalari, sug‘orish lotoklari
va shu kabilar tayyorlanadi. Bosimsiz quvurlar kanalizatsiya va kollektor
tarmoqlarida ishlatiladi, diametri 300-1200 mm. Ular M300 betondan
tayyorlanadi hamda suv o ‘tkazmaslik va korroziyaga chidamlilik talablari
qo‘yiladi. Yuqori bosimda (W 6-W 12) ishlaydigan quvurlar avvaldan
taranglangan armaturalar va to ‘rlar bilan armaturalanadi. Ular yuqori
bosim ostida ishlaydigan suv uzatish tizimlari ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: