Tog’ jinslari


TOG JINSLARINING INJENER GEOLOGIK TASNIFI



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2022
ölçüsü81,5 Kb.
#75424
1   2   3   4   5
чукинди тог жинслари деформацияси

TOG JINSLARINING INJENER GEOLOGIK TASNIFI

Tog jinslari mineral tarkibi va petrografik xususiyatlarini aniklashda injenerlik geologiyasi fani mineralogiya fanining usullaridan keng foydalanadi va mineralogik tarkibiga karab jinslarning injenerlik geologiyasiga ta`lukli klassifikatsiyasini ishlab chikadi, gruntlarning petrografik xususiyatlarini, jumladan struktura va tekisturasini urganadi. Injenerlik geodinamikasi gelogik protsess va xodisalarni urganishda dinamik geologiya usullaridan keng foydalanadi, bu protsesslarning xosil bulishi sababini aniklab, kurilish ob`yektlariga kanday ta`sir kursatishini oldindan belgilab beradi. Geologik protsesslarning sodir bulishi, rivojlanish dinamikasi joylarning geomorfologik tuzilishiga boglik. Joylarning past —balandoligi jinslarning tarkibi turli geologik protsesslarning vujudga kelishida muxim rol uynadi.


Injenerlik geologiyasi matematika, nazariy mexanika, fizika va ximiya fanlari bilan uzviy boglangan va ularning yutuklaridan keng foydalanadi.
Tog jinslarining injener —geologik axamiyati.
Kurilish maydonlarida xar xil tog jinslari ishlatiladi. Injenerlik —geologik karta tuzilayotganda bu tog jinslari gruppalashtiriladi. Tog jinslari gruppalariga karab inshoot kuriladigan uchastkaning injenerlik-geologik sharoiti baxolanadi. Xozirgi paytda tog jinslarining F.P.Sovarenskiy tuzgan umumiy injenerlik-geologik klassifikatsiyasidan keng foydalanilmokda. Keyingi paytda bu klassifikatsiya boshka olimlar tomonidan tuldirildi va unga uzgarishlar kiritildi.
Bu klassifikatsiyani tuzishda tog jinslarining kuyidagi xossalari asos kilib olingan:
1. Birinchi galda asosiy fizik xossalar: tashki sharoit ta`sirida jinslarning zichlanishi, masalan, tsementlanish, boglanish, kattiklik va boshkalar.
2. Jinslarning suvga munosabati, suv utkazuvchanligi, suv sigimi, gilli jinslarning konsesgentsiya (namlangan) xolati, suvda eruchanligi va xokazo.
3. Mexanikafiy xossalari: sikilishdagi mustaxkamligi, kattikligi, ya`ni shaxtalarda kazilma boyliklar kazila yotganida jinslarning karshilishi xamda koyalardagi turgunligi va xokazo.
Yukori kayd etilgan belgilarni xisobga olib F.P.Savernskiy tog jismlarini beshta asosiy gruppaga buladi.
A gruppa —uta kattik —koya tog jnslari, kattik koya tog («Skalno`e») jinslari. Ular uzidan suv utkazmaydi, suv shimimaydi, amalda deyarli sikilmaydi. Bu tog jinslari mustaxkam bulib, mustaxkamlik chegarasi 20 MPa dan oshik, tik koya kurinishida buladi. Suvda erimaydi yoki biroz eriydi.
Bu gruppaga massiv kristallik, magmatik va metamofik tog jinslari, tsementlashgan chukindi: koglomerat, kumtosh, dolomit va oxaktoshlar kiradi.
B gruppa —kattik —yarim koya tog jinslari. Nisbatan kattik va kompakt jinslar («poluskalno`e»). Injenerlik —geologik (kurilish) kursatkichlari A gruppanikiga nisbatan pastrok. Yomon sikiladi, mustaxkamlik chegarasi 5...50 MPa. Uzidan
suvni juda yomon utkazadi. Suvda xar xil eriydi. Kazilgan (otkos) koyaning turgunligi xuddi A gruppa tog jinslari kabi. Bu gruppaga chukindi tog jinslari, suvda eriydigan gips, angidrid, osh tuzi, kuchsiz tsementlangan tog jinslari, gilli slanetslar, kremniyli slanetslar, kremney va tog jinslari —opokalar, kremniyli gillar, karbonatli tog jinsi —gilli oxak toshlar, bur, chiganokli oxak toshlar, oxakli tuflar, organik tog jinslaridan toshkumir, yonuvchi slanetslar, muz bilan tsementlangan grunt (jins) li kiradi.
V gruppa —zarrachalari boglangan (gilli) tog jinslaridir, ular suvni yomon utkazadi, amalda suv utkazmaydiganlari xam bor. Namlanuvchan, bosim ta`sirida sikiluvchan, namligi uzgarishi bilan xajmi xam uzgaradi. Mustaxkamligi va kattikligi namlik darajasiga boglik. Kiyaligi, balandligi zarrachalarning boglanishiga va karshilik kuchiga boglik. Kuruk xolatda kesilgan koyalar tik tura oladi, suv ta`sirida ba`zilari chukadi.
Bu gruppaga gillar, kumok, kumlok tuproklar, lyoss va lyossimon tog jinslari kiradi.
G gruppa —zarrachalari boglanmagan tog jinslaridir. Bu gruppaga kiradigan tog jinslari sikilmaydi, ammo govak kumlar sikiladi. Kiyaliklarida 30 —burchak xosil kiladi, suvni yaxshi utkazadi. Kiyalik shakli tugri chizikdan iborat.
Bu gruppaga yirik parchalar va kumli tsementlashmagan tog jinslari, valunlar, shagal, kumlar, dolomedlar uni kiradi.
D gruppa. Maxsus tog jinslari.
D gruppa tog jinslariga torf, tuzli jinslar, suvli juda mayda kumlar (plo`vuno`), suniy xosil bulgan tog jinslari, ya`ni madaniy shaxar katlamlari, kurulish materiallari koldiklari, tugonlar va dambalar kurishda ishlatilgan tog jinslari kiradi.
Litosfera katlimini xosil etgin bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan tabiiy birikmalar tog jinslari deb yuritiladi. Tog jinslari polimineral (kup mineralli) va monomineral (bir mineralli) bulishi mumkin. Polimineral tog jinslari ikki va undan kup minerallardan, monomineral tog jinslari esa bir mineraldan iborat buladi. Kup mineralli tog jinslariga granit, bazalt, lyoss va boshkalar misol bulib, ularning tarkibi kvarts ortoklaz, plagioklaz va slyuda minerallaridan iborat. Monomineral tog jinslariga oxaktosh, gps va marmar misol bula oladi. Ular xar xil giologik protsesslar ta`siri ostida xosil buladi. Bu faktorlarning birinchi xili yer osti protsessi, ular ichki yoki endongen faktorli deb, ikkinchi xili esa litosferaning sirtki katlamlari protsessor, ular tashki yoki ekzogen protsessorlar deb ataladi. Ekzogen protsessi asosan kuyosh energiyasi xisobiga yuzaga keladi. Endogen protsessiga, masalan, vulkon xodisalari, tog xosil bulishini vujudga keltiruvchi kuchlar va boshkalar kiradi, ekzogen kuchlarga kuyosh energiyasi, shamol, suv va boshkalar kiradi.
Endogen faktorli magmaning sovushi natijasida xosil buladigan tog jinslarining, masalan, granitli, porfirlar va boshkalarni vujudga keltiradi. Bu tog jinslarining xosil bulishi magma va unda sodir buladigan protsesslar bilan boglikligi sababli ular magmatik yoki otkindi tog jinslari deb ataladi. Boshka tog jinslarining xammasi magmatik tog jinslaridan ma`lum fizik —geologik xldisalar natijasida xosil buladi.
Ekzogen faktorli ta`sirida tog jinslari parchalanadi, tarkibi va tuzilishi uzgaradi. Bularning natijasida chukindi tog jinslari —kumlar, kum toshlar, loylar, oxak toshlar va boshkalar xosil buladi. Nixoyat, to jinslari suyuklangan magamaga yondoshishi va, shuningdek, litosferaning chukur kavatlarida joylashganlariga yukori bosim, yukori temperatura ta`sir etishi natijasida ularning tuzilishi va tarkibi kisman uzgaradi. Bu xodisa ularning ichiga kirib kolgan ximiyaviy moddalar ta`sirida, ularni tashkil etuvchi elementlarning kaytadan gruppalanishiga olib keladi. Bunday jinslar metomorfik tog jinslari deb ataladi. Ularga gneyslar, rogoviklar, slanetslar va boshkalar kiradi.
Chukindi tog jinslari yer yuzida azaldan mavjud bulgan tog jinslarining yemirilishi va ularning yigilishidan xosil buladi. Bu tog jinslari kuruklikda xam, suv xavzalarinig tubida xam tuplanadi. Yerning pusti yukorida aytilgan uch xil tog jinslaridan tashkil topgan bulib, ammo uning massasini 95% magmatik va metomorfik tog jinslari tashkil kiladi. Chukindi tog jinslari yer yuzasida eng kup tarkalgan.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin