Tog' jinslarini maydalovchi qattiq qotishmali instrumentlar bilan skvajinalarni burg'ilash



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə10/15
tarix22.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#147239
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
TOG` JINSLARINI HOSIL QILUVChI MINЕRALLAR

Burg’ilash turi

Togjinsi xususiyati

Izoh

Rotorli burg’ilash

Yumshoq tog’ jinslari

Chuqurligi 5000 m gacha,
tik qiya yoki gorizontal
burg’ilash imkoniyati

Botiriluvchi bolg’ali burg’ilash

Qattiq va darzdor jinslar
(ohaktosh, granit va
boshqalar

Chuqurligi 4000 m gacha, burg’ilash imkoniyati

Shnekli burg’ilash

Gil, gilli qum, graviy va shu kabilar

Chuqurligi bir necha o’n
metrgacha burg’ilash
imkoniyati

Karotaj

Barcha turdagi gruntlar

Tog’ jinslarini analiz qilish, qiya burg’ilash imkoniyati

Zarbli burg’ilash

Qattiq jinslar: qumtosh, ohaktosh, slanets toshlari

Chuqurligi 100 metrgacha burg’ilash imkoniyati

Rotorli sharoshkali burg’ilash

Qattiq jinslar (f=6-18)

Qazish diametri 400 mm va chuqurligi 40 m gacha burg’ilash imkoniyati

O’zbekiston konchilik sanoatida ochiq usulda qazib olinadigan yirik karyerlar mavjud.
Bu karyerlarda burg’ilovchi dastgoh sifatida sharoshkali aylanma burg’ilash
dastgohlaridan foydalanish har tomonlama samaradordir. Chunki mazkur konlarda tog’ jinslari qoyali va yarim qoyali, mustahkamligi esa f= 10-18 ga teng.



  1. Yordamchi burg'ilash instrumentlari

Quduqlarni burg‘ilash uchun xizmat qiladigan burg‘ilash asboblari texnilogik asboblar deb ataladi.


Ular qatoriga jinslarni parchalaovchi asbob, kolonkaviy quvur, o‘tgichlar, burg‘ilash quvurlari va ularni tutashtirish elementlari, og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvurlari (UBT), kengaytirg‘ich, kernuzg‘ich va burg‘ilash salniklari kiradi.
Aniq ketma – ketlikda tutashtirilgan texnologik burg‘ilash asboblari burg‘ilash snaryadi deb ataladi. Burg‘ilash snaryadining tarkibi burg‘ilash turi va quduqning ahamiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Tog‘ jinslarni parchalash, kernni qabul qilish va saqlash uchun ko‘zda tutilgan burg‘ilash snaryadinig bir qismi kolonkaviy yig‘ma deb ataladi.
Tog‘ jinslarini parchalash uchun ishlatiladigan kesgich meteriallar turiga qarab kolonkaviy burg‘ilashning quyidagi turlari mavjud: qattiq qotishmali va olmosli. Kolonkaviy burg‘ilash turiga qarab turli kolonkaviy yig‘malar ishlatiladi (rasm).
Kolonkaviy burg‘ilashda ishlatiladigan burg‘ilash koronkalari kolonkaviy quvur bilan ulash uchun rezbaga ega bo‘lgan po‘lat halqadan tashkil topgan. Koronkaning ustki qismida yuvish suyuqligi o‘tishi uchun ariqchalar qilingan; ichki yuzasi konus qilib ishlangan bo‘ladi. Kolonkaviy burg‘ilashda asosan qattiq qotishmali va olmosli koronkalar ishlatiladi. Qattiq qotishmali koronkalarda ularning korpusiga qattiq qotishmalardan kesgichlar mahkamlangan bo‘ladi, olmosli koronkalrda esa olmoslar matritsa yordamida koronka korpusiga yopishtirilgan bo‘ladi.




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin