Tog'rayhon o'simligi dorivor hususiyatlari va umumiy tasnifi


Mahsulotning tashqi ko‘rinishi



Yüklə 115 Kb.
səhifə2/4
tarix21.06.2022
ölçüsü115 Kb.
#61956
1   2   3   4
Tog\'rayhon Azizbek

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot barg va gullar aralashmalaridan tashkil topgan. Bargi kisqa bandli, cho‘ziq tuxumsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali, yoki bilinarbilinmas tishsimon, ustki tomoni to‘q yashil, pastki tomoni esa kulrang-yashil, uzunligi 1-4 sm. Gul oldi bargchalari tuxumsimon bo‘lib, to ‘q binafsha rangga bo‘yalgan. Gullari mayda, och qizil, gulkosachasi qo‘ng‘iroqsimon, besh tishli, og‘izchasida oq tuklar bo‘ladi, gultojisi 2 ta, changchilari 4 ta, urug’chilari 4 ta, yuqoriga joylashgan. Barg ham da gulkosachabargida efir moyli bezlar bor.
XIDF ga ko‘ra mahsulotning namligi 13%, umumiy kuli 10%, qoraygan va qo‘ng’ir rangli o‘simlik bo’lakchalari 7%, poya va yon shoxlar bo’lakchalari 40%, organik aralashmalar 1%, mineral aralashmalar 1% hamda qirqib maydalangan mahsulot uchun teshigining diametri 7 mmli elakdan o‘tmaydigan yirik qismlar 10% dan va teshigining diametri 0,5 mmli elakdan o‘tadigan mayda qism lar 10% dan ko‘p bo’masligi kerak. Mahsulotning o‘ziga xos xushbo‘y hidi va achchiqroq o‘tkir mazasi bor. Bargining rangi va oʻsimlik shakliga qarab oq rayhon, osh rayhon, sada rayhon, qora rayhon, hoji rayhon kabi xillarga boʻlinadi. Ularning 300 dan ortiq navi bor.
Mavzuning dolzarbligi

Ilmiy tibbiyotda uning qiyg’os gullagan davrida o’rib olingan yer ustki qismi oshqozon-ichak kasalliklarida va balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. U yurak kasalliklarida, terlatuvchi va shamollashga qarshi, shuningdek, tomoq chayishda ishlatiladigan vositalar turkumiga kiradi. Tog’rayhonning suyuq shirasidan ham foydalanishga ruxsat etilgan. Bundan tashqari tog‘rayhondan tayyorlangan preparatlar ichak atoniyasi (ichakning bo‘shashishi, zaiflanishi) kasalligida hamda ishtaha ochuvchi va ovq at hazm qi lish j aray onini yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. Efir moyi esa tish og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladi. Ushbu o’simlik xalq tabobatida keng ko’lamda ishlatiladi. Tarkibi:

tarkibida timol va uning izomeri karvakrol, flavonoidlar va oshlovchi moddalar caqlaydigan kamida 0,2% bo‘lgan efir moylari saqlaydi.


Yüklə 115 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin