To`G`ri chiziq tenglamalari



Yüklə 61,43 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü61,43 Kb.
#190901
  1   2   3   4   5
Tekislikdagi to`g`ri chiziq tenglamalari


Mavzu:Tekislikdagi to`g`ri chiziq tenglamalari
Reja:


1. To`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi.
2. To`g`ri chiziqning burchak koeffitsiyentli va boshlang`ich ordinatali tenglamasi.
3. To`g`ri chiziqning kesmalar bo`yicha tenglamasi.
4. Berilgan nuqtadan berilgan yo`nalish bo`yicha o`tadigan to`gri chiziq tenglamasi.
5. Ikki nuqtadan o`tuvchi to`g`ri chiziq tenglamasi.
6. Ikkita to`g`ri chiziqning perpendikulyarlik sharti.
7. Ikkita to`g`ri chiziq orasidagi burchak .
8. Berilgan nuqtadan berilgan to`g`ri chiziqqacha bo`lgan masofa.
1-§. To`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi.

Agar tekislikda ixtiyoriy dekart koordinatalar sistemasi olingan bo`lsa, u holda X va Y o`zgaruvchi koordinatalarga nisbatan birinchi darajali har qanday Ax+By+C=0 (1) tenglama koordinatalar sistemasida to`g`ri chiziqni aniqlaydi, bu yerda A va B lar bir vaqtda nolga teng emas. Teskari tasdiq ham o`rinli: dekart koordinata sistemasida har qanday to`g`ri chiziq (1) ko`rinishida birinchi darajali tenglama orqali tasvirlanishi mumkin.


(1) tenglama to`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi deyiladi. (1) tenglamaning xususiy hollarini quyidagi jadvalda keltiramiz.




Koeffitsentlarning qiymatlari

To`g`ri chiziq tenglamasi

To`g`ri chiziq holati

1

C=0

Ax+By=0

To`g`ri chiziq koordinata boshidan o`tadi.

2

A=0

y=b bu yerda

To`g`ri chiziq Ox o`qqa parallel.

3

B=0

x=a bu yerda

To`g`ri chiziq Oy o`qqa parallel.

4

A=C=0

y=0

To`g`ri chiziq Ox o`q bilan ustma-ust tushadi.

5

B=C=0

x=0

To`g`ri chiziq Oy o`q bilan ustma-ust tushadi.

2-§.To`g`ri chiziqning burchak koeffitsiyentli va boshlang`ich ordinatali tenglamasi.


To`g`ri chiziqning Ox o`qqa og`ish burchagi deb, absissalar o`qini berilgan to`g`ri chiziq bilan ustma –ust tushishi uchun musbat yo`nalishda burish kerak bo`lgan eng kichik burchakka aytiladi.
Istalgan to`g`ri chiziqning yo`nalishi uning burchak koeffitsenti k bilan xarakterlanadi, u to`g`ri chiziqning Ox o`qqa og`ish burchagi y ning tangensi kabi aniqlanadi, ya`ni
k=tgy
Ox o`qqa perpendikulyar bo`lgan to`gri chiziq bundan istisno, chunki uning burchak koeffitsenti yo`q.
Burchak koeffitsenti k bo`lgan va Oy o`qni ordinatasi (boshlang`ich ordinata) k ga teng bo`lgan nuqtada kesib o`tadigan to`g`ri chiziqning tenglamasi ushbu ko`rinishda bo`ladi (5-chizma): y=kx+b.
Umumiy tenglamasi Ax+By+C=0 bilan berilgan to`g`ri chiziqning burchak koeffitsenti y ning x orqali ifodasida x oldidagi koeffitsent kabi topiladi: .
Ikkita nuqtasi A(xA;yA) va B(xB;yB) bilan berilgan to`g`ri chiziqning burchak koeffitsenti k ushbu formula bo`yicha hisoblanadi:
(2)

Yüklə 61,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin