3 oylik go`dak tug`ilgandan so`ng og`iz va burun bo`shlig`I o`rtasida bitmaganligi , nuqson tilcha va yumshoq va qattiq tanglayga hamda alveolyar o’siqda xam labda aniqlandi. Burun qanotlari yassilashgan, so`rish va yutish buzilganligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Savollar:
To`gri diagnoz qo`ying
Qanday davo usuli qo`llaniladi.
Javob:
Yuqori lab va tanglayni kesib o’tuvchi tugma nuqsoni.
Bola stomatolog-xirurg, stomatology-ortodont, pediatr, logoped, otorinolaringolog, nevropatolog kuzatuvi ostida bo`lishi kerak.
12-yosh alveolopastika va 16 yosh rinoplastika operasiyalari va doimiy kuzatuvda bo’lish.
1 oylik chaqaloqning onasi bolasida yuqori lab sohasida nuqson borligiga shikoyat bilanmurojaat qildi . Ko`ruv vaqtida yuqori labning filtrning yarmigacha bitmaganligi aniqlandii.
Savollar:
Birlamchi diagnoz qo`ying
Davo rejasini tuzing
Javob:
Yuqori labning bir tomonlama tug’ma II b darajali kemtigi.
2. Chaqaloqni pediatr, bolalar yuz-jag’ jarroxi, ortodont, nevropatolog kurigiga yuborish va kuzatuv ostiga olish// 6 oylik muddatda Limberg buyicha xeyloplastika operasiyasini o”tkazish rejalashtirildi.