O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“INFOKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING ELEKTR TA’MINOTI”
fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:
Dasturiy injinering ta’lim yo‘nalishi
314-20-guruh
Orifjonov Shohjaxon Rustam ogli
talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: o’qituvchi. Sapayev Mamatkarim
Toshkent 2022
Mavzu: To‘g‘rilagichlar. Bir fazali to‘g‘rilash sxemalari. Stabilizatorlar va ularning turlari.
Reja:
Kirish
Bir taktli to’g’irlash sxemalari
Bir taktli uch fazali to’g’irlash sxemala
Kompyuterlar elektr ta’minoti manbalaridagi boshqarish va himoyalash sxemalari.
Asosiy qism
To’g’irlagichlar va ularning turlari
To’g’irlagichlar va ularning fazalari
Integral mikrosxemali kuchlanish stablizatorlari.
Uch taktli to’g’irlagichlar
Impulsli kuchlanish stablizatori.
Tayanch iboralar: to‘g‘rilangan kuchlanishning stabilligi, to‘g‘rilangan kuchlanish pulьsatsiyasi, to‘g‘rilagichlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi, bir fazali yarim davrli to‘g‘rilash, transformator ikkilamchi zanjiridan nolinchi chiqish chiqarilgan ikki taktli to‘g‘rilash, Stabilizatorlar, kompensatsion stabilizatorlar, integral mikrosxemali kuchlanish stabilizatorlari, implusli kuchlanish stabilizatorlari.
Respublikamizda elektr energiyasi 50 Gts chastotali o’zgaruvchan tokda tarqatiladi, bu bilan birga telekommunikatsiya apparaturalarining ko’p qismi turli nominallardagi o’zgarmas tok bilan ta’minlanishi sababli o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka o’zgartirish zarurati tug’iladi. Buning uchun elektr mashinalarni ishlatish mumkin, lekin ularning aylanuvchan qismlari shovqin hosil qiladi, maxsus fundamentlarni talab qiladi va qator kamchiliklarga ega. Quvvatli kuchli ventillar yaratilgandan so’ng elektr mashinalardan statik to’g’rilash qurilmalariga, ya’ni to’g’rilagichlarga o’tildi.
To’g’rilagich deb o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokga aylantiruvchi qurilmaga aytiladi. Ishlatish jarayonida to’g’rilagichlar quyidagi qator texnik talablarga javob berishi kerak:
talab qilinadigan kuchlanish va quvvat;
to’g’rilangan kuchlanish pulsatsiyasining ruxsat etiladigan darajasi;
xavfsiz xizmat ko’rsatish;
qulaylik va boshqarish ishonchliligi;
yuqori FIK;
to’g’rilangan kuchlanishning stabilligi;
yuqori kuvvat koeffitsienti;
o’ta yuqori toklardan va ortiqcha kuchlanishlardan ishonchli va tezkor himoya;
texnik ishlatishning past narxi;
10) qurilmaning kichik gabaritlarga va og’irlikga ega bo’lishi.
Umumiy ko’rinishda to’g’rilagich 4 ta asosiy qismlardan iborat bo’ladi (2.1−rasm).
Transformator quyidagi vazifalarni bajaradi:
O’zgaruvchan tok tarmog’i kuchlanishini to’g’rilovchi element kirishida talab qilinadigan qiymatga o’zgartiradi.
To’g’rilagich ishchi zanjirlarini va yuklamani ta’minlash tarmog’idan va boshqa iste’molchilardan galvanik (elektr) ajratadi, ya’ni ularni mustaqil qiladi..
3. Ko’pincha telekommunikatsiya aparaturalari talab qiladigan to’g’rilagich bir qutbini erga ulash imkoniyatini beradi. Ba’zan to’g’rilagich transformatori fazalar sonini oshirish uchun ishlatiladi. Buning uchun ikkilamchi cho’lg’amlar soni birlamchi cho’lg’amlar soniga nisbatan ikki martaga oshiriladi. Bu to’g’rilangan kuchlanish pulsatsiyasi chastotasini oshirish va pulsatsiyani kamaytirish maqsadida qilinadi. Bundan tashqari transformatorning ikkilamchi tomonidagi yulduz sxemada ulangandagi faza cho’lg’amlarining umumiy nuqtasi ko’pincha to’g’rilagichning yuklama ulanadigan chiqish qutbi bo’lib xizmat qiladi.
2.1−rasm. Bir kanalli to’g’rilagichning tuzilish sxemasi
Ventillar bir tamonlama o’tkazuvchanlikka ega va o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka o’zgartirishni amalga oshiradi. To’g’rilagichda ularning soni to’g’rilash sxemasiga bog’liq bo’ladi. To’g’rilagichning har bir fazasi kamida bitta ventil zvenosiga ega bo’ladi. Lekin ko’p hollarda talab qilinadigan tok va kuchlanish qiymatini olish uchun har bir ventil zvenosida bir necha ventillar bo’lishi mumkin. Ventillar ketma-ket, parallel va murakkab guruhlarda ulanishi mumkin.
To’g’rilagichdan keyin kuchlanish yoki tok pulslanuvchan bo’ladi. Uni o’zgarmas va o’zgaruvchan tashkil etuvchilardan iborat deb tasavvur qilish mumkin. Telekommunikatsiya apparaturalari pulslanuvchan o’zgarmas tok bilan ta’minlanganda aloqa signallarini uzatishda jiddiy halaqitlar yuzaga kelishi mumkin. Bunga ruxsat etilmaydi va pulsatsiyani kamaytirish choralari ko’riladi. Buning uchun ventillar va ta’minlanadigan apparaturalar orasiga silliqlovchi filtr qo’yiladi. To’g’rilagichning chiqish kuchlanishi 10...15 foizga o’zgarishi mumkin bo’lgan ta’minot o’zgaruvchan kuchlanish qiymatiga bog’liq. Telekommunikatsiya apparaturalarida ko’pincha bunday sezilarli tebranishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun zamonaviy to’g’rilagichlarda filtrdan keyin tok va kuchlanish stabilizatorlari qo’yiladi. Bu zvenodan tashqari to’g’rilash qurilmasida kommutatsiyalash apparaturasi, himoyalash zanjiri va boshqalar bo’lishi mumkin.
To’g’rilagichlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo’ladi. Boshqarilmaydigan to’g’rilagich chiqish kuchlanishini boshqarish imkoniyatini bermaydi. U hamisha U0=K·U2 munosabat orqali aniqlanadi ( bu erda U0– chiqishdagi o’zgarmas tok kuchlanishi, U2–to’g’rilagich kirishidagi o’zgaruvchan tok kuchlanishi, K–to’g’rilash sxemasining doimiy koeffitsienti).
Agar bunday to’g’rilagichda chiqish kuchlanishini o’zgartirish kerak bo’lsa, kirishdagi kuchlanishni o’zgartirishga to’g’ri keladi. Boshqariladigan to’g’ri–lagichlarda yuklamadagi o’zgarmas tok kuchlanishini to’g’rilagich ishlashi jarayonida to’g’rilagich ish rejimiga ta’sir qilgan holda o’zgartirish mumkin.
To’g’rilash qurilmasini quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:
to’g’rilash sxemasi bo’yichabir fazali va ko’p fazali, bitta yarim davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli );
quvvat bo’yichakichik quvvatli (100 Vt gacha), o’rta quvvatli (5 kVt gacha), katta quvvatli (5 kVt dan yuqori);
to’g’rilangan tok chastotasi bo’yichasanoat chastotasi (50Gts), oshirilgan chastotali (400 yoki 1000Gts), yuqori chastotali (1000Gts dan yuqori);
kuchlanish bo’yichakichik kuchlanishli (250 V gacha), o’rta kuchlanishli (1000 V gacha), yuqori kuchlanishli (1000 V dan yuqori);
ish yuklamasining rejimi bo’yichauzoq vaqtli, impulsli, qisqa vaqtli;
to’g’rilagichga yuklamaning reaktsiyasi bo’yichaaktiv, induktiv va sig’im reaktsiyali.
Dostları ilə paylaş: |