TOK MANBALARI Tok manbai haqida tushuncha O'tkazgichga ulangan lampochka yonib turishi uchun o'tkazgichda nuntazam elektr tokini hosil qilib turuvchi manba, ya'ni tok manbai bo'lishi zarur.
Tok manbaida elektrostatik tabiatiga ega bo'lmagan kuchlar ish bajarib, musbat va manfiy zaryadli zarralarni bir-biridan ajratadi. Ajratilgan qarama-qarshi ishorali zarralar tok manbaining qutb-larida to'planadi va elektr maydonni hosil qiladi. Tok manbalarida musbat va manfiy zaryadli zarralarni ajratish jarayonida mexanik, kimyoviy va boshqa turdagi energiyalar elektr energiyaga aylanadi. 29-rasmda tasvirlangan elektrofor mashina ham tok tnanbaidir. Unda mexauik energiya elektr energiyaga aylanadi. Elektrofor mashina disklari aylantirilganda musbat va manfiy zaryadli zarralar ajralib, qutblarda, ya'ni sharchalarda qarama-qarshi ishorali zaryadlar to'planadi.
Agar o'tkazgich ichida elektr maydon o'zgarmas bo'lsa, o'tkazgichning ko'ndalang kesimidan teng vaqtlar ichida o'tgan zaryad miqdori bir xil bo'lib, o'tkazgich orqali o'zgarmas tok oqadi.
Zaryadli zarralarning o'zgarmas me'yordagi oqimi o'zgarmas tok deb ataladi. O'zgarmas tok manbai deb, musbat va manfiy qutbga ega bo'lgan va o'zgarmas tokni hosil qiladigan manbaga aytiladi. Elektr toki manbalari xilma-xildir. Hozircha biz o'zgarmas tok manbalarining tuzilishi va ishlashi bilan tanishamiz.
Galvanik element Elektron soat, televizor va avtoulov pulti kabi asboblarda elektr manbai sifatida galvanik elementlardan foydalaniladi.
Ularnmg barchasida kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.
Galvanik elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Eng sodda galvanik element bu sulfat kislotaning suvdagi eritmasiga botirilgan rux (Zn) va mis (Cu) plastinkalaridan iborat bo'lgan qurilmadir (31-rasm). Rux va kislotaning o'zaro kimyoviy reaksiyasida rux plastinka erib, musbat zaryadli ionlarini eritmaga beradi va o'zi manfiy zaryadlanadi, musbat ionlar esa mis plastinkada to'planadi.
Zaryadlangan plastinkalar orasida elektr may-don hosil bo'ladi. Agar mis va rux qoplamalari, ya'ni galvanik element qutblari o'tkazgich orqali lampochkaga ulansa, o'tkazgichdan tok o'tadi va lampochka yonadi.
Bunday eng sodda galvanik elementni italiyalik olim Alessandro Voltakashf etgan. Shuning uchun u volta galvanik elementi deb ham yuritiladi