Toksikologiya asoslari doc


-BOB  ZAHARLI O’SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

9-BOB 
ZAHARLI O’SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH 
Zaharli o’simliklardan zaharlanish xollari zaharli xayvonlardan zararlanishga 
qaraganda ancha ko’proq uchraydi. O’simliklarning mevasi, ildizi, urug`i, poyasi va 
boshqa qismlari zaharli bo’lishi mumkin. O’simlik zaharlari odam organizmiga 
asosan og`iz orqali tushadi, shuning uchun ham toksik gastroenterit birinchi navbatda 
rivojlanadi. Zaharlar oshqozon va ichakning shilliq qavatiga qo’zg`atuvchi ta`sir 
ko’rsatishi oqibatida qorinda og`riq, ko’ngil aynash, qusish, ich ketish alomatlari 
kuzatiladi. Patomorfologik belgilar oshqozon va ichak devoriga qon quyilishi 
ko’rinishida (gemorragik gastrit, enterit) yuzaga chiqadi. Ko’pchilik o’simlik 
zaharlari qonga ingichka ichakning quyi bo’limlarida so’riladi. 
Dalada qishda qolib ketgan yoki ko’karib chiqqan kartoshka tarkibida solanin 
alkoloidi ko’pligi sababli yaqqol dispeptik o’zgarishlarni chaqiradi. SHunga o’xshash 
ko’rinishlar ovqatga ham oq no’xot, shuningdek xom yong`oq ishlatilganda ham 
kuzatiladi. Zaharli changlarga ega o’simliklardan yig`ilgan asalari asali ham toksik 
bo’lishi mumkin. Bunday asalni istemol qilganlarning tana harorati oshadi, qusadi va 
ichi ketadi, allergik toshmalar toshishadi .
Nerv tizimining shikastlanishi ko’pchilik zaharli o’simliklardan zararlanishda 
etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Markaziy nerv tizimi funktsiyasining buzilishi 
atropinga o’xshagan sindromlar (yurak o’ynashi, og`iz qurishi, kuz qorachig`ining 
kengayishi, so’lak ajralishini to’xtashi, bronxlarning bo’shashishi, ichak tonusi va 
qisqarishining kamayishi, terni chiqmay qo’yishi) yuzaga chiqadi. Intoksikatsion 
psixoz karaxtlik va koma bilan birgalikda kuzatiladi.
Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgan o’simliklar (misol uchun angishvona gul) 
yurak o’tkazuvchanligi va ritmining buzilishiga olib keladi. 
Ayrim o’simliklar tarkibida «jigar zaharlari» bo’lib, jigar funktsiyasini ishdan 
chiqaradi. Bunday bemorlarda jigarning kattalashishi kuzatilib, teri sarg`ayadi, 
gemorragik toshmalar toshadi. Zaharli o’simliklar orasida zaharli qo’ziqorinlar 
alohida ahamiyatga ega, ular jigar va buyrakka zaharli ta`sir ko’rsatadi. 
Qichitqi o’t toksik dermatitni chaqiradi, shunday bo’lsada ayrim xollardan 
tashqari bunday ko’rinishdagi zararlanish ishsiz yo’qoladi. 
O’simlik zaharlaridan o’tkir zaharlanishda ekzogen toksikozga qarshi kurash 
usullari qo’llaniladi. Birinchi navbatda, o’z vaqtida organizmning ekstren 
detoksikatsiyasi, simptomatik terapiyasi o’tkazilishi lozim.
Og`iz orqali zaharlanganda kasalxonaga borguncha oshqozonni zont orqali 
yuvish va oshqozonga 80-100mg aktivlangan ko’mirning suv bilan yuborish katta 
ahamitga ega, chunki ko’pchilik o’simlik zaharlari sorbtsiyalanish xususiyatiga ega. 
YUrak zaharlari bilan zaharlanganda (ritm va o’tkazuvchanlikning yaqqol 
buzilishlarida) 
gemosorbtsiya 
elektrostimulyatsiya 
bilan 
birgalikda 
ishlatiladi.Gemosorbtsiya barcha og`ir zaharlanishlarda qo’llanilishi shart, chunki 
bunday zaharlar yirik yoki og`ir molekulali bo’lib, biologik muhitdan sorbent 
yordamida yaxshi tozalanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


59 
Simptomatik davo choralari a`zolar funktsiyasini ta`minlab turishga asoslangan 
bo’lib, ayrim hollarda antidot terapiyasi ham ishlatiladi. 
O’simlik zaharlari bilan zaharlanganda 1-2 stakan osh tuzi qo’shilgan iliq suv 
(0,5 choy qoshiq osh tuzi 1 stakan suvda eritiladi) va qayt qilinadi. Bu muolaja 3-4 
marta qaytariladi. Sorbent sifatida 8%-100gr qotgan non yoki karbolen (4-5 tabletka) 
ishlatish mumkin. Keyin ichni suruvchi ingliz tuzi eritmasi ( 30 gramm magniy sulfat 
100ml suvda eritilib) beriladi. 
O’simlik zaharlari bilan o’tkir zaharlanishni oldini olish uchun quyidagi 
qoidalarga amal qilish kerak: notanish o’simlik va qo’ziqorinlarni, dalada qolib 
ketgan kartoshka, don, loviya, no’xotlarni ovqatga ishlatmaslik, uyda vrach ruxsatisiz 
o’simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalarni ishlatmaslik, vrach buyurgan 
dori vositalarining miqdorini o’zboshimchalik bilan oshirmaslik, bolalarga qo’ziqorin 
va rezavorlarni terishga ruxsat bermaslik, odam o’z sog`ligini «ajoyib o’simliklar»ni 
davo sifatida ishlatadigan tabiblarga ishonmasliklari zarur.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin