Toksikologiya asoslari doc


KIRISH. TOKSIKOLOGIYA FANINING ASOSIY YO’NALISHLARI



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

KIRISH. TOKSIKOLOGIYA FANINING ASOSIY YO’NALISHLARI. 
TOKSIKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH TARIXI. 
Toksikologiya fani o’tkir va surunkali zaharlanishlarni o’rganib,bir qator tabiiy 
fanlar, umumiy va organik kimyo, biokimyo, fiziologiya, immunologiya, genetika 
kabi fanlarni jalb qilgan holda keng qamrovli masalalarni echadi. Toksikologiyada 
tajribalar asosan hayvonlarda o’tkaziladi. Aniq rejalangan, texnik mukammal 
tajribalar organizmga tushgan zaharlarning organizm, tizim, a`zo, hujayra va 
molekulyar darajadagi ta`sirlarining nozik mexanizmlarini aniqlash maqsadida 
o’tkaziladi. 
Hozirgi kunda toksikologiyada 3 asosiy yo’nalish: nazariy (tajriba ), profilaktik 
(gigienik) va klinik yo’nalishlar qo’llaniladi.
Nazariy toksikologiya organizm va zaharlarning o’zaro munosabatlari asosiy 
qonuniyatlari, ularning toksiko-kinetik va toksikodinamik xususiyatlarini o’rganadi. 
Profilaktik (gigienik) toksikologiya kimyoviy moddalarning havflilik darajasini 
aniqlashga, shuningdek odamni kimyoviy moddalarning zaharli ta`siridan himoya 
qilish yo’llarini ishlab chiqishga bag`ishlangan. Profilaktik toksikologiya ekologik 
yo’nalishga ham ega bo’lib, kommunal toksikologiyani(atmosfera, suv, to’proq), 
oziq-ovqat toksikologiyasi, sanoat, qishloq xo’jaligi va maishiy toksikologiyani ham 
o’z ichiga oladi. Klinik toksikologiya odamga kimyoviy moddalarning toksik ta`siri 
tufayli kelib chiqadigan kasalliklarni o’rganadi. SHuningdek klinik toksikologik 
kimyoviy moddalar toksik miqdorining bir martalik ta`siri natijasidagi o’tkir 
zaharlanishlarni, zaharli moddalarning uzoq vaqt davomida ko’p marotabalik 
ta`sirlarini ham o’rganadi. Narkologik toksikologiya odamning bir qator zaharli 
moddalar, shu jumladan narkotik moddalarga qaram bo’lib qolish sabablarini 
o’rganadi. Dorilar toksikologiyasi esa dori vositalarining organizmga zararli va 
nojo’ya ta`sirini, dorilardan zaharlanishning oldini olish choralari va davolash 
usullarini o’rganadi. 
Toksikologiyaning klinik yo’nalishiga odam organizmiga implantatsiya 
qilinadigan sintetik materiallarning (tomir protezlari, yurakning sun`iy klapani, sun`iy 
bo’g`imlar) biologik ta`sirlari ta`limoti ham kiradi. 
Toksikologiyaning maxsus bo’limlari odam va hayvonlarning o’ziga xos 
sharoitlarda zaharli moddalar bilan zararlanishini o’rganadi. Bular harbiy, 
aviakosmik, sud va boshqa toksikologiya bo’limlari bo’lib, ular nazariy, klinik va 
gigienik yo’nalishli elementlarni o’z ichiga qamrab oladi. 
Klinik toksikologiya doimo «tabiiy laboratoriya» sharoitida ishlaydi, chunki 
nazorat qilinayotgan tajriba juda noyob hisoblanadi. Odam organizmiga zaharning 
ta`siri boshqa kasalliklar, olib borilayotgan davolash, zaharga sezgirlikning asta-sekin 
kamayishi, zararli odatlar (alkogolizm, chekish), bemorning yoshi, klimatik sharoitlar 
va ijtimoiy muhit tufayli o’zgarishi mumkin. Umumiy toksikologiyaning kimyoviy 
moddalarning zararliligi
Klinik toksikologiyaning asosiy vazifalariga tashhis, davolash va profilaktika 
kiradi. Tashhis vazifasiga zaharlanish hollarida klinik va laboratoriyaviy tashhis 
usullarini ishlab chiqish, olingan natijalarni qayta tahlil qilish kiradi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Davolash vazifasi esa zaharlanishda kompleks davolash usullaridan keng 
foydalanishdan iborat.
Profilaktik vazifa zaharlanish sabablari epidemiologiyasini o’rganish va 
ularning oldini olishdan iborat. 
Klinik toksikologiyaning asosiy uslubi. 
Zaharlanishning klinik alomatlarini qo’shimcha asbob-uskunalar usulida 
nazorat qilishga asoslatgan. 
Toksikologik kimyo o’ziga xos usul xisoblanib biologik muhitlarda (qon, 
siydik, limfa, orqa miya suyuqligi va boshqalarda) toksik modda kontsentratsiyasini 
aniqlashga asoslangan. 
O’ziga xos bo’lmagan usullarga esa yurak qon-tomir tizimining (EKG, 
reografiya), Markaziy nerv tizimining (EEG) va boshqa tizimlarning instrumental 
(asbob-uskunalar yordamidagi) tashhislari kiradi. 
Kimyoviy birikmalar odam organizmiga doimo ta`sir qiluvchi tashqi muhit 
omillaridan xisoblanadi. Tashqi muhitning kimyoviy muhiti va organizmning 
kimyoviy tarkibi doimo o’zaro teng munosabatda bo’lib, bu tenglikning buzilishi 
gomeostazning patologik o’zgarishlariga sababchi bo’ladi. 
Kimyoviy moddalar davo vositasi va zahar sifatida ishlatilishi qadimgi 
davrlardan insoniyatga ma`lum. 
Qadimgi 
Rim 
tarixida 
zaharli 
moddalardan 
g`arazli 
maqsadlarda 
foydalanganlar qonun doirasida jazolanganlar. 
O’rta asrlarda keng tarqalgan zaharlardan biri margimush (mishyak) bo’lib, 
minglab odamlar hayotiga zomin bo’lgan. Mishyak bilan o’tkir yallig`lanish klinikasi 
o’sha paytlarda keng tarqalgan ichak infektsiyalari (vabo, qorin tifi) klinikasiga 
o’xshash bo’lganligi tufayli ham bu zaharlanishlar aniqlanmay qolgan.
Zaharlanish yoki intoksikatsiya deb tirik organizm va zaharning o’zaro 
munosabatlari natijasida rivojlanadigan patologik jarayonga aytiladi. Zahar bo’lib 
zaruriy hayot funktsiyalarining buzilishiga olib keladigan va organizm hayotiga havf 
soladigan har qanday kimyoviy birikma xizmat qilishi mumkin. O’zbekiston 
Respublikasida zaharlanish terminologiyasi deganda asosan tashqaridan tushadigan 
zaharlar tufayli yuzaga keladigan intoksikatsiya tushuniladi. 
Patogenetik aspektda o’tkir zaharlanish organizmga begona kimyoviy 
birikmaning toksik miqdorsi tushishi tufayli rivojlanadigan kimyoviy shikast deb 
qarash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu patogen reaktsiya o’tkir zaharlanishning ilk 
klinik bosqichi – toksikogen bosqichida, qachonki toksik agent organizmda alohida 
membranalar, oqsillar va boshqa retseptorlar funktsiyalarining buzilishiga bog`liq 
holda yuzaga chiqqanda namoyon bo’ladi.
Bir paytning o’zida zaharli moddalar ishga tushiradigan omil tufayli, 
gomeostaz buzilishini yo’qotishga qaratilgan adaptatsiya reaktsiyasi rivojlanadi. Bu 
gipofizar-adrenal («stress») reaktsiya, lizosom reaktsiya, qon tomir reaktsiyasi, qon 
ivish tizimi reaktsiyasi va boshqalar kimyoviy shikastning somatogen samarasi 
bo’lib, «himoya» reaktsiyasining boshlanganligini bildiradi. Toksik agentning 
parchalanishi yoki organizmdan chiqarib tashlanishi o’tkir zaharlanishning II klinik 
www.ziyouz.com kutubxonasi



bosqichida aniq namoyon bo’ladi va organizmning turli a`zo va tizimlarining to’la 
tiklanishi yoki halokati bilan tugaydi. 
Demak, umumiy toksik samara zaharning spetsifik toksik ta`siri va nospetsifik 
kompensator-himoya reaktsiyasi natijasida yuzaga chiqadi. 
Zaharnig organizm bilan o’zaro munosabatlarini o’rganishda toksikodinamika 
va toksikokinetika jarayonlarini tushunish zarur hisoblanadi. Toksikodinamika 
deganda zaharning organizmning turli to’zilmasi va funktsiyasiga ta`siri, spetsifik 
ta`sir mexanizmlari, ma`lum bir hujayra yoki to’zilmalarning, ularning funktsiyalari 
zararlanishi tushuniladi. Toksikokinetika esa zaharning organizmga tushishi, 
tarqalishi, biotransformatsiyasi va organizmdan chiqarilishini ko’rsatib beradi. 
Zaharli moddalarning organizmda tarqalishi 3 asosiy omilga : atrof, vaqt va 
kontsentratsiyaga bog`liq bo’ladi. 
1.Atrof omili – organizmga zaharning tushishi va tarqalish yo’nalishi bo’lib, 
zaharning miqdori - to’qima massasi birligida a`zodagi qon hajmiga bog`liq bo’ladi. 
Zaharning vaqt birligidagi maksimal miqdori odatda o’pka, buyrak, jigar, 
yurak, bosh miyada to’planadi. Toksik jarayon zaharning miqdori bilangina emas, 
balki zaharda bo’ladigan retseptorlarning sezgirligi bilan ham o’lchanadi. Ayniqsa 
orqaga qaytmaydigan jarayonlarni chaqiradigan toksik moddalar, misol uchun 
to’qimaning kislota va ishqorlar tufayli kimyoviy quyish juda havflidir. 
Funktsional o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan moddalar, misol uchun narkoz, 
ancha havfsiz xisoblanadi, chunki bu jarayonlar orqaga qaytadi. 
2.Vaqt omili deb organizmga zaharning tushishi va undan chiqib ketish tezligi 
ya`ni vaqt oralig`ida zaharning ta`siri va toksik effektini belgilab beradi.
3.Qontsentratsion omil zaharning biologik muhitda, shu jumladan qondagi 
kontsentratsiyasini aniqlab beradi. 
Zahar kontsentratsiyasini vaqt davomida o’rganish qonda toksik moddaning 
maksimal kontsentratsiyasin aniqlash – rezorbtsiya davri, zaharning organizmdan 
chiqib, to’liq tozalanishi – eliminatsiya davrini aniqlash imkonini beradi.
XIX asr boshlarida ilmiy kimyoning yuzaga kelishi bilan kimyoviy 
moddalarning biologik ta`siri uslublari kashf etildi. Zaharli o’simliklardan alkaloidlar 
– zahar tashuvchilarini ajratib olish usullari yaratildi. 1803-yili - ko’knoridan morfin, 
1818-yili kuchaladan sprixnin, 1820-yili xinin daraxtidan xinin, 1828-yili tamakidan 
nikotin va 1831-yili belladonadan atropin ajratib olindi. YUqori toksik sintetik 
moddalar yaratildi. Sanoatda, qishloq xo’jaligida, tibbiyotda va boshqa soxalarda 
kimyoviy moddalardan foydalanish oshib borish bilan ularning inson hayotiga va 
sog`lig`iga havf solish imkoniyati oshib bordi. Oxirgi o’n yilliklarda kuzatilgan 
o’tkir va surunkali zaharlanishlarning sababi atrof muhitga ta`sir qiladigan turli 
kimyoviy preparatlarning (5 milliondan ortiq) keng ishlatilishi oqibati ekanligi xech 
kimga sir emas, 60 mingdan ortiq preparatlar esa oziq moddalarga qo’shimcha
sifatida ishlatiladi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin