Toksikologiya asoslari doc


CHidams nz zaharlovc hi moddalar



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

CHidams nz zaharlovc hi moddalar
— bu moddalar ham suyuqlik holida 
bo’lib, qaynash harorati juda past bo’ladi. Zararli xossasini ochiq joylarda bir necha 
daqiqagacha saqlaydi. SHuning uchun asosan havoni zararlash maqsadida 
qo’llaniladi. Bu moddalar qo’llanilganda tez bug`lanib, zaharli modda aralashgan 
bulut hosil bo’ladi, bunday bulutlar shamolda ko’chib, ba`zan 10—15 km gacha etib 
boradi. Harakatlanish yo’llarida binolar ichiga kiradi, kuchalar, xovlilar, podvallar, 
jarlik va shamol kam tegadigan boshqa joylarda turib qoladi va kishilarni zararlaydi.
Zaharlovchi moddalarga shunday moddalar kiradiki, ular faqat yuqori toksik 
xususiyatga ega bo’lmay, balki ommaviy zarar etkazuvchi sifatida ishlatishga imkon 
beradigan bir qator fizik va kimyoviy xossalarga ham ega bo’ladi. 
Qaynash va erish harorati zaharlovchi
moddannng ta`rifida asosiy o’rin 
egallaydi. Ka
y
nash harorati zaharlovchi moddaning uchuvchanligiga bevosita bog`liq 
Kupchilik zaharlovchi moddalar suyuqlik holatida bo’ladi, bu suyuqliklarning 
qaynash haroratiga qarab shartli ravishda past haroratda qaynaydigan va yuqori 
haroratda qaynaydigan moddalarga bo’lish mumkin. Past haroratda qaynaydigan 
zaharlovchi moddalar tez bug`lanadi va havoda yuqori kontsentratsiyayi tashkil 
qiladi, lekin ular ishlatilgan joyida qisqa vaqt saqlanib qoladi. YUqori haroratda 
qaynaydigan zaharlovchi moddalar ishlatilganda ular juda sekin bug`lanadi, 
ishlatilgan joylarida uzoq muddatgacha saqlanishi tufayli zararlash xususiyati kuchli 
bo’ladi. 
Zaharlovchi moddaning uchuvchanligi
. Bu ma`lum haroratdagi va havo 
bosimidagi zaharlovchi moddaning havodagi to’yingan maksimal miqdoridir. 
Zaharlovchi modda bug`lari bilan havoni to’yintirishga maxsus sharoitlardagina 
erishish mumkin, shuning uchun jang maydonida zaharlovchi modda qo’llanilganda 
ularning havodagi kontsentratsiyasi uchuvchanligiga qaraganda ancha past bo’ladi. 
Odatda, uchuvchanlik 1 litr havoda milligramm xisobida (mg/l) ulchanadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


14 
Zaharlovchi moddalarning uchuvchanligi, uning qaynash harorati va bug`larining 
qattiqligiga bog`liq, shuning uchun qaynash harorati past bo’lgan moddalar tez 
bug`lanib ketadi, yuqori haroratda qaynaydigan moddalar sekinlik bilan bug`lanadi. 
Bu ko’rsatkichlar zaharlovchi moddalar ko’llanilgan joyda turgunligi yoki 
bekarorligini ko’rsatadi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin