Toksikologiya asoslari doc


Zaharlovchi modda bug`larining zichligi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Zaharlovchi modda bug`larining zichligi
bir litr bug` yoki gazning bir litr 
havoga nisbati bilan belgilanadi. Masalan, fosgen bug`ining zichligi 3,5 ga teng. 
Demaq uning bug`i havodan 3.5 barobar og`ir. Bug`lari past zichlikka ega bo’lgan 
zaharlovchi moddalar va gazlar atmosferada tezda tarkalib ketadi, YUqori 
zichlikka ega bo’lgan zaharlovchi moddalarning bug`i uzoq, vaqt shamol 
tegmaydigan joylarda. chuqurliklarda, jarliklarda boshqa erlarda saqlanib qoladi va 
kishilarning zararlanishiga olib keladi. 
Suyuq zaharlovchi moddalarning solishtirma og`inrligi
suv xavzalarining 
zararlanish darajasini baXolashda katta ahamiyatga ega. YUqori nisbiy og`irlikka ega 
bo’lgan zaharlovchi moddalar uzoq, vaqt ichida suv xavzalarining eng pastki 
qatlamlarida saqlanib turadi.
Gidrolitik turgunliligi
zaharlovchi moddalarning nam joylarda va emgir 
yog`ayotgan vaqtlarda uzoq, vaqt saqlanib kolishini ta`minlaydi. Bundan tashqari, 
zaharlovchi moddalarniig gidrolizlanmasligi yoki gidroliz reaktsiyalariga turg`unligi, 
zararlangan joy, inshoatlar, degazatsiya qilishni qiyinlashtiradi.
 
Zaharlovchi moddalarning molekulasida boradigan o’zgarishlar zaharlovchi 
moddalarning zaharlilik xossasini qisman yoki to’liq yo’qolishi bilan namoyon 
bo’ladi. SHuning uchun zaharlovchi moddalarni degazatsiya qilishda qo’llaniladigan 
moddalar kuchli oksidlovchi va asliga qaytaruvchi xossalarga ega. Keng tarqalgan 
kuchli oksidlovchi xossaga ega bo’lgan degazatorlarga xlorli ohaq,mono-
dixloraminlar kiradi. Bu vositalar qo’llanilganda oksidslanish reaktsiyasidan tashqari, 
YAna zaharlovchi moddalarning xlorlanish reaktsiyalari ro’y beradi, natijada 
zaharlovchi moddalar neytral holatga o’tadi. 
2-BOB 
TOKSIK MODDALARNING ORGANIZMGA TUSHISH YO’LLARI

Toksik moddalar organizmga 3 yo’l: 
1. Pereral (og`iz orqali) 
2. Ingalyatsion (nafas yo’llari orqali) 
3. Perkutan (teri orqali) tushadi. 
Ko’pgina xollarda toksik moddalar organizmga og`iz orqali tushadi. Ayrim 
yog`da eruvchi birikmalar (fenol, tsianidlar) og`iz bo’shlig`ining o’zidayoq qonga 
so’riladi.
Oshqozon shirasining kislotaligi birga yaqin bo’lib, noionlashgan holdagi 
kislotalar oson so’riladi, noionlashgan asoslar , morfin, noksiron qondan oshqozonga 
tushadi va ionlashgan shaklda ichakka boradi. Oshqozondagi zaharli moddalar ovqat 
massalariga birikishi mumkin. Bu holda shilliq qavatlarning zaharlar bilan aloqasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


15 
qiyinlashadi. Bundan tashqari so’rilish tezligi shilliq qavatning qon aylanish tezligiga, 
oshqozon harakatiga va shira hosil qilishiga bog`liq.
Zaharli moddalarning so’rilishi asosan ingichka ichakda boradi. (RX 7,0-8,5) 
Ayrim og`ir metallar ichak epiteliyasini zaharlaydi, shuning uchun ham so’rish 
jarayoni buziladi.
Tabiiy birikmalarga yaqin bo’lgan ikmyoviy birikmalar ingichka ichak shilliq 
qavatida pinotsitoz (aktiv transport) yo’li bilan so’riladi. 
Ayrim birikmalar, misol uchun gemoliyik zahar (uksus ejeisiyasi)oshqozon 
devorlari kapillyarlarida eritrotsitlarni parchalab. Maxalliy reaksiyalar, ya`ni 
trombogemorrgagik sindromlar sababli bo’ladi. 
Ichakda yog`da eruvchi moddalar diorfuz yo’li bilan ham yaxshi so’riladi, 
elektrolitlarning so’rilishi esa ionlashgan holatiga bog`liq (atropin, xinin, anilin, 
amidopirin yaxshi so’riladi). 
Og`iz orqali zaharlanishda oshqozon ichak yo’lida zaharli moddalarning 
ushlanib qolishi toksik moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va oshqozon-
ichakning funktsional holatiga bog`liq bo’lib, oshqozon-ichak yo’llarini yaxshilab 
yuvishni talab qiladi. 
Zaharli moddalarning nafas olish tizimi orqali so’rilishi organizmga juda tezlik 
bilan boradi. Bu tezlik o’pka alveolalarining yuzasi juda kengligi tufayli (100-150m
2

dir. Alveola membranasi juda yupqaligi, o’tkir kapillyarlarda qon oqimining tezligi 
va zaharlarning ushlab qolinishi sharoitining yo’qligi sabab bo’ladi. 
Uchuvchi birikmalarning so’rilishi yuqori nafas yo’llarida boshlansada, 
o’pkada 
to’liq 
so’riladi. 
Ko’pchilik 
uchuvchi 
noelektrolitlar, 
uglevodlar, 
spirtlar,efirlar oddiy qonunga asosan gradient kontsentratsiya kamaygan yo’nalishda 
so’riladi. Zaharlarning organizmga tushish tezligi zaharning fizik-kimyoviy 
xususiyatlariga bog`liq bo’lib, organizmning fiziologik holati kam ahamiyatga ega. 
Ayrim bug` va gazlar (vodorod xlorid, vodorod ftorid, oltingugurt gazlari, 
noorganik kislota gazlari) nafas olish yo’llarining o’zidayoq o’zgarishlarga uchraydi. 
Bundan tashqari ular alveolyar membranalarni shikastlashi tufayli, bar`er va transport 
vazifasini ishdan chiqaradi va toksik o’pka shishishiga olib keladi.
Ko’pchilik sanoat korxonalarida hosil bo’ladigan aerozollar (chang, tutun, tuman) 
zarrachalar yig`indisini hosil qiladi (ko’mir changi, silikat changi). Ular nafas 
yo’llarida tushib qoladi va tashqariga chiqariladi. YUqori nafas yo’llarida 80-90% 10 
mikrometrgacha bo’lgan chang zarrachalari ushlanib qolinadi, alveolalarga 1-2 mkm 
va undan yirik zarrachalarning 70-80% tushadi. 
O’pkaning o’z-o’zini zaharlardan tozalash jarayonida alveola makrafaglari va 
limfatik tizim katta rol o’ynaydi. Lekin metall aerozollari qon oqimiga yoki limfaga 
tezda so’rilishi oqibatida ular oqsillar bilan kompleks hosil qiladi va tana haroratini 
oshishi zaharlarning rezorbtiv ta`siri ekanligini ma`lum qiladi. 
Toksik 
moddalarning 
teri 
orqali 
o’tish 
asosan 
sanoat 
sharoitida 
kuzatilib,epidermis orqali, soch follikulalari orqali va yog` bezlari chiqish yo’llari 
orqali bo’lishi. mumkin: 
Epidermis lipoproteinli bar`er vazifasini bajarib, turli yog`da eruvchi gaz va 
organik moddalarning ma`lum qismi ushlanib qolinadi. Ammo ikkinchi bosqichda bu 
www.ziyouz.com kutubxonasi


16 
birikmalar dermadan qonga o’tadi. Agar bu moddalar yuqori toksik modda (aromatik 
nitratlangan va xlorlangan uglevodlar, metallorganik moddalar) bo’lsa o’tkir teri 
orqali zaharlanishi alomatlari yuzaga chiqadi. 
Ko’pchilik metall tuzlari, asosan simob, talliy yog` kislotalari at teri yog`lari 
bilan birikib, ular epidermisning himoya qavatidan o’tadi. 
Terining mexanik jarohatlari (shilinishi, yaralar), termik va kimyoviy kuyishlar
toksik moddalarning organizmga tushishini tezlashtiradi. 
Zaharlovchi moddalar qo’llash usuliga, ularning fizik va kimyoviy 
toksikologik xossalariga qarab ta`sir qiladi. Bu moddalarning ba`zilari nafas yo’llari 
orqali tushsa, ba`zilari boshqa yo’llar bilan organizmga tushadi. 
Zaharlovchi moddalar ko’pincha bug` va aerozol holida nafas yo’llariga 
tushadi. Havo yo’llariga tushgan zaharlovchi modda shilliq pardalarda to’xtab kolishi 
natijasida qisman o’pka alveolalari orqaln qonga so’riladi. Agar o’pka alveolalari 
yoyib qo’yilsa, uning yuzasi taxminan 90—100 m
2
yuzaga tarqaladi, shuning uchun u 
nafas orqali zararlanish klinikasida birinchi o’rinni egallaydi, ya`ni zararlanish 
klinikasi tezda rivojlanadi. 
Ba`zi bir zaharlovchi moddalar organizmga tushgach nafas yo’llari shilliq 
pardalariga va o’pka to’qimalaridagi intraretseptorlarga maxalliy ta`sir ko’rsatishi 
mumkin. Reflektor yo’l bilan ta`sir qilganda organizmga umumiy ta`sir qilishi 
kuzatiladi. O’pka sezuvchi nerv oxirlariga juda boy refleksog`en zona bo’lib 
xisoblanadi. SHuning uchun patologik reflekslar zaharlovchi moddalar ta`sirida 
o’pkada paydo bo’lishi mumkin. 
Zaharlovchi moddalar bilan nafas yo’llari orqali zararlanish 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin