5
bosqichida aniq namoyon bo’ladi va organizmning turli a`zo va tizimlarining to’la
tiklanishi yoki halokati bilan tugaydi.
Demak, umumiy toksik samara zaharning spetsifik toksik ta`siri va nospetsifik
kompensator-himoya reaktsiyasi natijasida yuzaga chiqadi.
Zaharnig organizm bilan o’zaro munosabatlarini o’rganishda toksikodinamika
va toksikokinetika jarayonlarini tushunish zarur hisoblanadi. Toksikodinamika
deganda zaharning organizmning turli to’zilmasi va funktsiyasiga ta`siri, spetsifik
ta`sir mexanizmlari, ma`lum bir hujayra yoki to’zilmalarning, ularning funktsiyalari
zararlanishi tushuniladi. Toksikokinetika esa zaharning organizmga tushishi,
tarqalishi, biotransformatsiyasi va organizmdan chiqarilishini ko’rsatib beradi.
Zaharli moddalarning organizmda tarqalishi 3 asosiy omilga : atrof, vaqt va
kontsentratsiyaga bog`liq bo’ladi.
1.Atrof omili – organizmga zaharning tushishi va tarqalish yo’nalishi bo’lib,
zaharning miqdori - to’qima massasi birligida a`zodagi qon hajmiga bog`liq bo’ladi.
Zaharning vaqt birligidagi maksimal miqdori odatda o’pka, buyrak, jigar,
yurak, bosh miyada to’planadi. Toksik jarayon zaharning miqdori bilangina emas,
balki zaharda bo’ladigan retseptorlarning sezgirligi bilan ham o’lchanadi. Ayniqsa
orqaga qaytmaydigan jarayonlarni chaqiradigan toksik moddalar, misol uchun
to’qimaning kislota va ishqorlar tufayli kimyoviy quyish juda havflidir.
Funktsional o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan moddalar, misol uchun narkoz,
ancha havfsiz xisoblanadi, chunki bu jarayonlar orqaga qaytadi.
2.Vaqt omili deb organizmga zaharning tushishi va undan chiqib ketish tezligi
ya`ni vaqt oralig`ida zaharning ta`siri va toksik effektini belgilab beradi.
3.Qontsentratsion omil zaharning biologik muhitda, shu jumladan qondagi
kontsentratsiyasini aniqlab beradi.
Zahar kontsentratsiyasini vaqt davomida o’rganish qonda toksik moddaning
maksimal kontsentratsiyasin aniqlash – rezorbtsiya davri, zaharning organizmdan
chiqib, to’liq tozalanishi – eliminatsiya davrini aniqlash imkonini beradi.
XIX asr boshlarida ilmiy kimyoning yuzaga kelishi bilan kimyoviy
moddalarning biologik ta`siri uslublari kashf etildi. Zaharli o’simliklardan alkaloidlar
– zahar tashuvchilarini ajratib olish usullari yaratildi. 1803-yili - ko’knoridan morfin,
1818-yili kuchaladan sprixnin, 1820-yili xinin daraxtidan xinin, 1828-yili tamakidan
nikotin va 1831-yili belladonadan atropin ajratib olindi. YUqori toksik sintetik
moddalar yaratildi. Sanoatda, qishloq xo’jaligida, tibbiyotda va boshqa soxalarda
kimyoviy moddalardan foydalanish oshib borish bilan ularning inson hayotiga va
sog`lig`iga havf solish imkoniyati oshib bordi. Oxirgi o’n yilliklarda kuzatilgan
o’tkir va surunkali zaharlanishlarning sababi atrof muhitga ta`sir qiladigan turli
kimyoviy preparatlarning (5 milliondan ortiq) keng ishlatilishi oqibati ekanligi xech
kimga sir emas, 60 mingdan ortiq preparatlar esa oziq moddalarga qo’shimcha
sifatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: