Toksikologiya asoslari doc


-Dimetilaminofenol-gidroxlorid



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

4-Dimetilaminofenol-gidroxlorid
(4-DAMF) — bir qator davlatlarda 
tsianidlarning ziddi-zahari sifatida ishlatib kelinmoqda. Preparat 15% li eritma holida 
ampulalarda chiqariladi.
Tarkibida oltingugurt saqlovchi moddalar tsianid kislota bilan birikib, oz 
zaharli rodanid birikmasini hosil qiladi. O’tgan asrning 90- yillarida tsianidlar bilan 
zaharlanganlarga tiosulfat eritmasini ziddi-zahar sifatida birinchi bo’lib S. Lang 
tavsiya etgan. Organizmga natriy tiosulfat eritmasi yuborilganda o’zidan oltingugurt 
ajratadi va tsianidlar bilan birikadi. Bu reaktsiya tezlik bilan jigar xo’jayralarida, 
buyrak va bosh miyada o’tadi. Reaktsiya rodinaza fermenti ishtirokida 
boradi:Ampulalarda chiqariladigan 30% li 10-20 ml tiosulfat eritmasi venaga 
yuborish uchun ishlatiladi. 
Keyingi vaqtlarda vitamin Vts tsianidlarning ziddi-zahari sifatida qo’llanilib 
kelinmoqda. Ushbu vitaminning ikki turi ma`lum; birinchisi gidroksokobalamin (bu 
erda kobalt atomi ON-guruhi bilan bog`langan), ikkinchisi tsiankobalamin (kobalt 
atomi tsian guruh bilan bog`langan). Ko’rinib turibdiki, ziddi-zahar sifatida faqat 
gidroksokobalaminni ishlatish mumkin, chunki vitamin tarkibidagi gidroqsil guruh 
o’rniga SM-guruhi kelib bog`lanadi, buning natijasida zaharsiz kompleks birikmani 
hosil qiladi.
TSianidlarning ziddi-zahari sifatida etilendian tetraatsetatning ikki kobaltli tuzi
ishlatilishi mumkin. Bu modda faol holatda tsianidlar guruhini o’ziga biriktirib olib, 
kompleksonlar hosil qiladi: 
Odatda etilendian tetraatsetatning ikki kobaltli tuzi preparatining 4-5 mg
odam gavdasining har bir kilogramm og`irligiga hisoblab 1E li eritma holida 10-20 
ml dan venaga asta-sekin yuboriladi. Venaga yuborilganda bo’gilish, o’pka shishi, 
gipertenziya holati va boshqa asoratlar rivojlanishi mumkin. 
Qisman metgemoglobin hosil kiluvchi ziddi-zaharlardan biri bo’lgan metilen 
ko’ki hozirgi vaqtda ham ishlatiladi. Organizmga kiritilgan metilen to’qimalardagi 
ikki atom. vodorodni o’ziga biriktira olish xususiyatiga ega. Bunda rangsiz 
leykobirlik hosil bo’ladi. Keyinchalik vodorodning ikki atomi kislorod bilan birikib 
vodorod peroksid hosil qilib,tezda katalaza fermenti bilan parchalanadi. Bunda 
metilen ko’ki vodorod aktseptori vazifasini bajaradi. 
Organizmga yuborilgan metilen ko’ki ikki xil ta`sir ko’rsatadi. Agar kam 
miqdorda yuborilsa (10—20) metgemoglobindan oksigemoglobin hosil bo’ladi. Uni 
shu xossasini e`tiborga olgan holda, zaharlangan kishilarni davolashda foydalanish 
mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


30 
Snmptomatik davolash. Og`ir zaharlanish hollarida simptomatik vositalar keng 
qo’llaniladi. Davolash va boshqa tadbirlar zaharlanish darajasi, gipertenziv sindrom 
dinamikasi va darajasi, a`zolar (yurak va boshqalar) va tizimlar holatiga ko’ra bir 
necha yo’nalishda olib boriladi. 
Nafas markazini faollashtirish uchun 1 ml tsititon eritmasi yoki 1% li lobelii 
gidroxlorid eritmasining 1 ml si glyukoza yoki izotonik eritmalarga qo’shilgan holda 
venaga yuboriladi. Arterial bosim pasayib ketganda venaga 0.5—1 ml dan strofantin, 
kordiamin, kofein yuboriladi, Puls kamayib ketganda 0,1 % li atropin eritmasi 1 ml. 
dan teri ostiga yuboriladi. Puls tezlashgan vaqtda atropin yuborish tavsiya etilmaydi. 
Metgemoglobin hosil qiluvchi ziddi-zaharlar yuborilgandan so’ng kislorod 
ingalyatsiyasi o’tkazish yaxshi natija beradi. 
Zaharlanish sababli kelib chiqqan talvasalar simptomatikasida mushaklar 
orasiga 1 gr. natriy tiopental eritmasi yuboriladi yoki 2% li xloralgidrat eritmasining 
10 ml. ho’qna (klizma) qilinadi. Og`ir hollarda miorelaksantlar bilan efir-kislorod 
narkozi beriladi. 
Xlortsiandan zaharlanganda tezda kuz va og`iz shilliq pardasi 2% li natriy 
gidrokarbonat eritmasi bilan yuviladi, kuzga og`riqsizlantiradigan dori-darmonlar 
quyiladi. Agar zaharlovchi modda organizmga me`da-ichak yo’li orqali tushgan 
bo’lsa, u holda zudlik bilan me`da margantsovka eritmasi (1 : 1000) yoki 3% li natriy 
gidrokarbonat eritmasi bilan yuviladi 
— zararlanmagan joylarda bo’lganda «og`izdan-og`izga», «og`izdan-burunga» 
yoki asboblar yordamida sun`iy nafas oldiriladi. 
— yurak faoliyati susayib qolganda 1 ml 0,06% li korglyukon eritmasi, 0,5 ml 
0,05% li strofantin eritmasi, analeptiklardan 1-2 ml 1,5% li etimizol eritmasi yoki 2 
ml kordiamin eritmasi va boshqalar mushaklar orasiga yuboriladi. 
SHifokor ko’rsatadigan birinchi va malakali tibbiy yordam tibbiy kechiktirib 
bo’lmaydigan tadbirlar: 
— zaharlanganlarga ziddi-zaharlar bilan davo qilish uchun 20—50 ml 30% li 
natriy sulfat eritmasi va glyukoza eritmasi venaga yuboriladi; 
— nafas olish buzilganda analeptiklardan 2—3 ml 1,5% li etimizol eritmasi, 1 
ml tsititon eritmasi yoki 2 ml kordiamin eritmasi venaga yuboriladi; 
— nafas olish jarayoni buzilganda «og`izdan-og`izga», «og`izdan-burunga» 
yoki asboblar yordamida sun`iy nafas oldiriladi; 
— yurak faoliyati susayib ketganda yurak glikozidlaridan 1 ml 0,05% li 
strofantin eritmasi, 1 ml 0,06% li korglikon eritmasi yoki 1 ml 0,025% li digoksin 
eritmasi venaga, analeptiklardan 1—2 ml kordiamin teri ostiga yuboriladi. Kollaps 
holati rivojlanganda 1 ml 0,1% li adrenalin eritmasi 1 ml 5% li efTBrin, 2 ml 0,2% li 
noradrenalin eritmasi bilan teri ostiga yuboriladi; 
— puls juda sekinlashib ketganda atropin yuborilmaydi; 
— antibiotiklar qo’llanilmaydi; 
— infuzion terapiya vaqtincha o’tkazilmaydi; 
— desensibilizatsiya qiluvchi preparatlardan dimTBrol, suprastin, tsimetidin va 
boshqalar davolash maqsadida vaqtincha buyurilmaydi; 
— vitaminlar vaqtincha buyurilmaydi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


31 
Kechiktirib bo’lmaydigan tadbirlar kerak bo’lganda zararlanganlarga ziddi-
zaharlar bilan (natriy tiosulfat, glyukoza, vitamin V
6
) davolash ishlari qaytadan 
o’tkaziladi; 
— yurak-qon tomirlar faoliyatini yaxshilovchi vositalar hamda analeptiklardan 
va boshqa vositalardan simptomatik davolash ishlarini olib borish uchun 
foydalaniladi; 
I— reanimatsiya tadbirlaridan: nafas olish to’xtashi yoki buzilishi ro’y 
berganda tezlik bilan sun`iy nafas oldirish kerak buning uchun avval og`iz bo’shligi, 
halqum surgich yordamida suyuqliklardan tozalanadi va 5 shaklli yutqin naycha yoki 
nafas oluvchi naycha TD-1 yordamida yoki bo’lmasa asboblar bilan nafas oldiriladi; 
— yurak faoliyati buzilganda yurak glikozidlari, analeptiklar va boshqa dori-
darmonlardan foydalaniladi, yurak to’xtab qolganida yurak ko’krak qafasi ustidan 
yoki ochiq usulda massaj qilinadi Uglerod oksidi organizmga faqat nafas yo’llari 
bilan tushadi va chiqib ketadi. Uglerod oksidi shunday xususiyatga egaki, uning 
gemoglobinga yaqinligi kislorodning gemoglobinga yaqinligiga qaraganda 250—300 
marta ortiqdir. SHu sababli atmosfera havosiga uglerod oksidi salgina aralashganda 
ham gemoglobinning bir qismi karboksigemoglobinga aylanadi. Karboksigemoglobin 
kislorod bilan reaktsiyaga kirisha olmaydi, shuningdek sekinlik bilan parchalanish 
xususiyatiga ega. 
Uglerod 
oksidning 
zaharlash 
xususiyati 
uning 
havo 
tarkibidagi 
kontsentratsiyasiga, kishini qancha vaqt zaharli havodan nafas olganligiga, 
zaharlangan joyda jismoniy ish bajarganligiga bog`liq bo’ladi. Jismoniy ish 
bajarilayotgan vaqtda o’pka ventilyatsiyasi kuchayadi. Masalan, o’pka ventilyatsiyasi 
tinch holatda 5 l/min ni, me`yordagi jismoniy ish bajarilgan vaqtda 20 l/min ni, og`ir 
jismoniy ish bajarilgan vaqtda 30 l/min ni tashkil etadi (18- rasm). 
Uglerod oksidining ish zonasi havosida yo’l quyiladigan eng katta 
kontsentratsiyasi 0,002% (0,03 mg/l hajmi) ga teng. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin