Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Klinik 
manzarasi. 
Uglerod 
oksidining 
havodagi 
kontsentratsiyasi, 
ekspozitsiyasi va organizmning xususiyatlariga qarab zaharlanish engil, o’rta, og`ir 
hamda atipik shakllarda bo’ladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


33 
simptomlari kuzatilib turadi. 
Og`ir darajadagi zaharlanishda kishi uzoq muddat — 10 soatcha es-hushini, 
atrofdagi vaziyatni anglamay qoladi, koma holati rivojlanadi. Zararlangan kishilar 
tekshirib ko’rilganda ularning yonoqlarida, ko’krak va sonlarining ichki yuzasida 
pushti rangli dog`lar aniqlanadi. Puls tezlashadi, bir daqiqada 100—120 zarbni 
tashkil qiladi, arterial bosim keskin pasayib ketadi. Nafas olish ritmi buziladi. Tana 
harorati ko’tarilib ketadi, 38—40
0
S ni tashkil qiladi. Mushaklar taranglashib, qo’l-
oyoqlar rigidligi paydo bo’ladi, pay reflekslari ortadi. Vaqti-vaqti bilan tonik-klonik 
tortishishlar kuzatilib turadi. 
Agar zararlangan odamga o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatilmasa. falajlanish 
bosqichi boshlanadi: kuz qorachig`i kengayib, korneal reflekslar keskin pasayib 
ketadi. Kuz qorachigi yorug`likni sezmay qoladi, arefleksiya holati rivojlanadi- Nafas 
markazining falajlanishi kuzatiladi. Bunday hollarda zaharlanishning qanday 
kechishini va uning oqibatini oldindan aytish qiyin bo’ladi. Zaharlangan kishining 
tuzalib ketishi uning qancha vaqt komatoz holatda bo’lishiga va uning nechog`li 
chuqurligiga bog`liq bo’ladi. Komatoz holat bir kunga yaqin davom etsa. unda 
yomon oqibatlarni kutish mumkin. 
Ijobiy hollarda, zaharlangan kishi komatoz holatdan chiqarib olinsa, u uzoq 
vaqt behush holatda bo’ladi, retrograd amneziya kuzatiladi. Turli xildagi asoratlar: 
turli darajadagi o’pka shishlari, zotiljam, yurak va qon-tomir etishmovchiliklari 
(miokardda diffuz va o’choqli o’zgarishlar paydo bo’ladi), taxikardiya, aritmiyalar, 
gipotenziya holati) rivojlanadi, oeq-qo’llarning parezi va falajlanishi kuzatilishi 
mumkin. Ba`zan nevritlar paydo bo’ladi, o’z-o’zidan siyib yuborish, yorug`likni 
sezishni buzilishi kuzatiladi. Ko’pincha teri qavatlarida trofik o’zgarishlar; yotoq 
yaralar, mahalliy shishlar, ekzema, gemorragik toshmalar kuzatiladi. Psixoz 
ko’rinishidagi asoratlardan maniakal holat, alahlash, gallyutsinatsiyalar va xotiraning 
buzilishi kuzatilishi mumkin. 
O’z vaqtida tibbiy muolajalar o’tkazilsa. zararlangan odam 2—3 haftadan 
so’ng to’liq tuzalib ketadi, agar asorat qo’shilgan bo’lsa. tuzalish uzoqroq muddatga 
cho’ziladi. 
Uglerod oksididan surunkali zaharlanish ishlab chiqarish sharoitlarida 
kuzatiladi. A.I.CHerkes, K.N.Karpenko va M.O.Maksimenkolar itlarda tajriba 
o’tkazib shunday xulosaga kelishdiki, agar itlar kam kontsentratsiyadagi uglerod 
oksididan uzoq muddat (1—2 yil ichida) nafas oldirilsa, ularda aytarli o’zgarishlar 
ro’y bermaydi. Qoni tekshirib ko’rilganda. qon tarkibida eritrotsitlar, normoblastlar 
va retikulotsitlar miqdori ko’paygani aniklangan. Bu o’zgarishlarni organizmdagi 
kislorod tishmovchiligiga bo’lgan kompensator reaktsiya deb hisoblash mumkin. 
Levi, Tron, Kovnatskiy, Grodzenskiy, Koton va boshqalar o’tkazgan tajribadan
shu narsa aniqlandiki, odam uzoq vaqt uglerod oksididan nafas olsa, surunkali 
zaharlanish ro’y berar ekan. Bunda markaziy nerv tizimi, endokrin tizim (buyrak usti 
bezi) faoliyatida keskin o’zgarishlar ro’y beradi. Surunkali zaharlanishda; bosh 
og`rishi, bosh aylanishi, tez charchash alomatlari paydo bo’ladi, jizzakilik kuzatiladi. 
YUrak sohasida og`riqlar paydo bo’ladi, taxikardiya kuzatiladi, ishtaxa pasayadi, 
odam oriqlab ketadi, soch to’kilishi mumkin. Uglerod oksidi bilan zaharlanganda 
www.ziyouz.com kutubxonasi


34 
qon tarkibida karboksigemoglobin miqdori 10—20% ni tashkil qiladi, gemoglobin va 
eritrotsitlar miqdori ko’payishi aniqlanadi. Anemizatsiya rivojlangan bo’lsa, ya`ni 
gemoglobin va eritrotsitlar miqdori kamayib ketsa, organizmda neyrovegetativ va 
trofik o’zgarishlar paydo bo’lishidan darak beradi. Zaharlanishning og`ir darajasida 
kishilarda toksik entsefalopatiya, infarkt holatlari, hushdan ketish, qon tomirlar 
trombozi va boshqa alomatlar rivojlanishi kuzatiladi. Bunday bemorlar statsionar 
sharoitida uzoq muddat davolanadilar. 
Uglerod oksidi bilan zaharlanganlar murdasi yorib ko’rilganda teri qavatlari, 
murda dog`lari, ichki a`zolar va qon pushti rangda bo’ladi. Bunga sabab, 
karboksigemoglobin pushti yoki olcha-qizil rangda bo’lishidir. Tashhisni aniqlash 
uchun qon tarkibidagi karboksigemoglobin miqdori aniqlanadi. 
Ichki a`zolar tekshirib ko’rilganda ularning to’laqonligi aniqlanadi, plevra, 
endokard, epikard va boshqa joylarda nuktali qon quyilishlar kuzatiladi. O’pkada 
o’rtacha shish paydo bo’lganligi aniqlanadi. YUrak kengaygan, miokard 
bo’shashgan, yurak bo’shliklarida qizil qon quyqalarini ko’rish mumkin. Bosh 
miyada ham to’laqonlilik va uning shishi, miya moddasida va pardalarida nuqtali qon 
quyilishlar aniqlanadi. Po’stloq osti tugunlarida ham qon quyilishlar va nekrozli 
o’choqlar bo’lishi kuzatiladi- CHo’zilib ketgan komatoz holatlarda qon tarkibida 
karboksigemoglobin 
aniqlanmasligi 
mumkin. 
YUqorida 
ko’rsatib 
o’tilgan 
o’zgarishlardan tashqari, yana zotiljam o’choqlari, o’pka shishi, yotoq yaralar, teri 
shishi, tomirlar trombozi va emboliyasi. miyada degenerativ va nekrobiotik 
o’zgarishlar aniqlanadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin