Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Klinik manzarasi
. Zaharlanish klinikasida quyidagi davrlar tafovut qilinadi: 
mastlik-o’zni soxta bardam tutish yoki yashirin davr (1—2 kun davom etadi), 
zaharlanishning asosiy belgilarini namoyon bo’lishi va tuzalishdan iborat. 
Zaharlanishlar darajasiga qarab engil, o’rtacha og`irlikdagi oftalmik va og`ir 
generallashgan turlarga farqlanadi.
Zaharlanishning engil darajasida yashirin davrdan so’ng umumiy darmonsizlik, 
ko’ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, bosh og`rishi va qorin sohasida og`riq paydo 
bo’lishi bilan ifodalanadi. Ko’pincha yuqorida ko’rsatilgan alomatlarga ko’rishning 
buzilishi qo’shiladi Bunda zararlanganlar «kuz oldida tuman paydo bo’lishidan» 
shikoyat qiladilar. Bu belgilar 2—3 kundan so’ng xech qanday iz qoldirmasdan o’tib 
ketadi. 
O’rta darajadagi zaharlanishda yuqorida ko’rsatilgan klinik simptomlar kuchli 
darajada rivojlangan bo’ladi, lekin ko’rishning buzilishi asta-sekin rivojlanib boradi. 
Ba`zan shunday hollar ro’y beradiki, kechqurun metanol ichgan kishi ertalab 
turganda xech narsani ko’rmaydigan bo’lib qoladi, bir-ikki kundan so’ng ko’rish 
qobiliyati asta-sekin tiklana boshlaydi Bu bosqich barqaror xususiyatga ega emas, 
tuzalishdan bir necha kun o’tgach ko’rish yana yomonlashadi. Kuz oftalmoskopiya 
qilinganda zaharlanishning boshlang`ich davrida kuz to’r pardasining va ko’rish 
nervining shishi kuzatiladi, kuz venalari kengayib, qon quyilishlar aniqlanadi. Ba`zan 
ko’rish nervining nevriti qayd etiladi.
Og`ir zaharlanishda klinik simptomlar yashirin davrsiz tezda yuzaga chiqadi. 
Birdaniga darmonsizlik, ko’ngil aynishi, qayt qilish, qorin sohasida kuchli og`riq 
paydo bo’ladi. Keyinchalik uyquchanlik, hushdan ketish kuzatiladi. Nafas olishning 
buzilishi tufayli gipoksiya holati paydo bo’ladi, tsianoz kuzatiladi, yurak-tomirlar 
etishmovchiligi paydo bo’ladi. Tana harorati pasayib, sovuq ter bosadi. Ayrim 
hollarda kuchli qo’zg`alishlar bilan birga klonik talvasalar yuzaga keladi.
Zaharlanganlar tekshirib ko’rilganda kuz qorachig`i kengaygan bo’ladi, 
yorug`likka sezgirlik yo’qoladi. Tananing ko’karagan yoki qizargani aniqlanadi. 
Nafas olish, uning soni va chuqurligi o’zgarib, boshqacha bo’lib qoladi, hansirash 
paydo bo’ladi . Puls zarbi daqiqasiga 100—120 ni tashkil qiladi. YUrak auskultatsiya 
qilinganda tonlarining bo’g`iq bo’lib qolganligi aniqlanadi. Sistolik bosim 80 mm 
simob ustunini tashkil qiladi. Beixtiyor siyib quyish va ich ketishi kuzatiladi- Kollaps 
holati rivojlanishi tufayli o’lim yuz berishi mumkin. 
Davosi
. Metanolning ziddi-zahari yo’q. Og`iz orqali zaharlanish yuz berganda 
tezlik bilan me`dadan zaharni chiqarib tashlashga harakat qilish kerak SHuning 
uchun zaharlanganlarni bir necha marta qayt qilishga majbur qilish zarur. Iloji bo’lsa 
me`da zond orqali toza suv bilan yoki 1—2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan 
yuviladi. Bir necha vaqtdan so’ng shilliq qavatlar ajratgan metanolni chiqarib 
tashlash uchun me`dani qayta yuvish lozim bo’ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


48 
Metanol oksidlanishida, etil spirti oksidlovchi fermentlar (katalazalar, alkogol-
degidrogenazalar) ishtirokida o’tganda va metanol oksidlanishi natijasida hosil 
bo’lgan mahsulotlar metanol molekulasiga qaraganda ko’proq toksik ta`sirga ega 
ekanligini hisobga olgan holda zaharga qarshi ziddi-zahar sifatida etil spirti 
qo’llaniladi. Etil spirti metanol bilan fermentlar uchun raqobat reaktsiyasiga kirishadi 
va buning natijasida metanolning oksidlanishini to’xtatishga erishiladi.
Zaharlanishlarga davo qilishda etil spirtining 30% li eritmasi (40% li 
eritmasiga qaraganda yaxshi so’riladi) 100 ml dan beriladi, keyinchalik har 2-4 
soatda 50-100 ml dan berib turiladi. Engil mastlik belgisi etil spirtining etarli 
darajadagi miqdori bo’lnb hisoblanadi.
Og`ir zaharlanishlarda va etil spirtini ichirishning imkoniyati bo’lmaganda 5% 
li etil spirti 5% li glyukoza eritmasiga aralashtirilgan holda venaga tomchilab
yuboriladi (har bir kg tana vazniga 1 ml toza etil spirti hisobida olinadi). 
Zaharlangan 
kishilarga 
osoyishtalik 
yaratilishi, 
kerak 
bo’lganda 
oksigenoterapiya, yurak-tomir vositalarn, transfuzion terapiya o’tkaziladi. Atsidozga 
davo qilish uchun ko’p miqdorda suyuqlik ichiriladi, venaga tomchilab natriy 
gidrokarbonatning 3—4% li eritmasi (birinchi sutkalarda 1—2 litrgacha, siydikdagi 
rN va qondagi bikarbonatlarni nazorat qilgan holda) yuboriladi.
Vitaminlar o’rnini to’ldirish uchun katta miqdorda (V1 — 5 ml 5% li eritmasi
S — 10—20 ml 5% ertmasi, V6 — 2 ml 1 % li eritmasi, RR - 4 ml 1% li eritmasi 
sutkasiga) vitaminlar yuboriladi. Glutamin kislota ichishga 1 g dan sutkasiga 3—6 
mahal buyuriladi yoki 1% li glutamin kislota eritmasi venaga 500—1000 ml dan 
tomchilab yuboriladi. PrTBnizolon 60—120 mg dan venaga yuboriladi.
Ko’rish yomonlashganda yoki karlik holati rivojlanganda degidratatsion 
terapiya o’tkaziladi, venaga 20 ml 40% li glyukoza eritmasi, 20 ml 0,25% li novokain 
eritmasi yuboriladi, lyumbal punktsiyalar har 3—4 kunda o’tkazib turiladi. Bunda 
10—15 ml qilganda likvor suyuqligi chiqariladi. Og`ir koma holati rivojlanganda 
siydik xaydovchi vositalar buyurish lozim Arterial bosim pasayganda yurak-tomir 
vositalari (strofantin, kordiamin, metazon va boshqalar) beriladi. Iloji boricha 
gemodializ, peritoneal dializ va gemosorbtsiya qilinadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin